Get Mystery Box with random crypto!

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov T
Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov
Kanal manzili: @talabayoshlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 39.71K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz!
- Ta'lim yangiliklari;
- Talabalar muammolari;
- Abituriyentlarga tavsiyalar.
🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot
Reklama xizmati: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 25

2021-12-22 13:28:08 2021-2022 o'quv yili uchun to'lov-kontraktini to'lamagan talabalar diqqatiga!

Agarda siz to'lov-kontraktingizni to'lamagan bo'lsangiz yoki biror tanishingiz to'lamagan bo'lsa, Ipoteka banki Talim kreditlarini taklif qiladi.

Ta'lim uchun ajratilgan kreditlar 14 foizdan boshlanadi:
1-kurslar uchun 11 yil muddatga;
2-kurslar uchun 10 yil muddatga;
3-kurslar uchun 9 yil muddatga;
4-kurslar uchun 8 yil muddatga.

Kredit olish uchun siz quyidagi hujjatlarni taqdi qilishingiz kerak:
* O'qish joyingizdan ma'lumotnoma;
* Shaxsiy pasportingiz;
* Kafil bo'luvchi shaxsning pasporti;
* To'lov-kontrakt shartnomasi.
Bog'lanish uchun telefonlar: +99897760202, +998974496864

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
6.6K views10:28
Ochish/sharhlash
2021-12-22 12:22:22
Andijon davlat tibbiyot institutining "Shifokorlar" jamoasi "Talabalar teatr studiyalari" finalidagi ishtirokini boshladi. Ular sahnada "G'aflat" spektaklini ijro etishmoqda!

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
4.2K viewsedited  09:22
Ochish/sharhlash
2021-12-22 12:22:22
"Talabalar teatr studiyalari" festivali finalida TTA Urganch filialining "Ko'zmunchoq" jamoasining "Ko'chki" spektakli boʻlib oʻtmoqda.

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
3.9K viewsedited  09:22
Ochish/sharhlash
2021-12-22 08:33:35
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti teatr zalida "Talabalar teatr studiyalari" festivali final bosqichi boshlandi!

Finaldagi ilk ishtirokni Chirchiq davlat pedagogika institutining "Nihol" talabalar teatr jamoasi Usmon Azimning "Kunduzsiz kechalar" spektakli bilan boshladi.

Final bosqichi bugun 15:00 gacha, ertaga esa 10:00 dan 15:00 ga qadar davom etadi. Barchangizni OʻzDSMI oʻquv teatr zaliga taklif qilamiz.

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
4.3K viewsedited  05:33
Ochish/sharhlash
2021-12-22 07:29:07
Bugun 22-dekabr "Xalqaro Energetiklar kuni"!!!

Shu munosabat bilan shu sohada tahsil olayotgan barcha talaba-yoshlarni, ustoz-domlalarimizni kasb bayramlari bilan muborakbod etaman!

Kasbiy va ilmiy faoliyatingizda omad va zafarlar yor bo'lsin. Oilangizni fayzu-baraka, tinchlik, osoyishtalik aslo tark etmasin. Energetika sohasini rivojlantirish yo'lida mehnat qilishdan aslo charchamang. Kasb bayramingiz muborak bo'lsin!!!

Eng asosiysi, svetimiz umuman oʻchmasin, elektr toki yetib bormagan joylarga tezroq yetib borsin. Shuni unutmang-ki, bu ishlarni qilish barchasi siz aziz talabalarni qoʻlida...

Hurmat bilan TDTU Elektr energetika fakulteti magistranti Izzatxo'ja Asomiddinov
4.1K views04:29
Ochish/sharhlash
2021-12-21 17:57:06 "Talabalar teatr studiyalari" festivalining o'tgan yilgi finalida o'zim boshlovchi bo'lgandim. Juda zo'r bo'ladi, kelishni tavsiya qilaman, o'zim ham boraman Xudo xohlasa, lekin bu safar tomoshabin sifatida!

Nima deb o'ylaysiz, bu yilgi g'oliblik kimga nasib etar ekan?
2.5K views14:57
Ochish/sharhlash
2021-12-21 17:56:39
Barcha talaba-yoshlarni "Talabalar teatr studiyalari" hamda "Ma'rifat maydoni" ko'rik-tanlovlari finaliga taklif qilamiz!

Vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan 22-25-dekabr kunlari "Talabalar festivali" tashkil etiladi. Festival ertaga O'zDSMI teatr zalida 09:30 da “Talabalar teatr studiyalari” final bosqichi bilan boshlanadi.

Final bosqichida quyidagi jamoalar o'zaro bellashadilar:
ADTI “Shifokorlar” jamoasi
FarJSTI "Nastarin" jamoasi
QarMII "Nihol" jamoasi
TTA Urganch filiali “Ko‘zmunchoq” jamoasi
TDPU "Ziyo" jamoasi
CHDPI "Nihol" jamoasi

"Ma'rifat maydoni" tanlovi final bosqichi ham ertaga O'zbekiston davlat konservatoriyasida 09:30 da start oladi.
Finalda bellashadigan jamoalar:
Namangan davlat universiteti
Toshkent davlat pedagogika universiteti
Samarqand davlat universiteti
Urganch davlat universiteti
Andijon tibbiyot instituti
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Barcha jamoalarga final bosqichlarida omad tilaymiz!
Izzatxo'ja Asomiddinov
2.2K views14:56
Ochish/sharhlash
2021-12-21 12:53:29
«Taqiq emas, taklif bo‘lishi kerak» - Toshqulov OTMdagi forma masalasi haqida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ta’lim muassasalarida talabalar, jumladan, qizlarning forma erkinligiga munosabati haqidagi savolga javob berib, qizlarning kiyinishi borasida ularga avvalo taqiq emas, taklif berilishi kerakligini ta’kidladi.
https://kun.uz/uz/34017294

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
4.0K views09:53
Ochish/sharhlash
2021-12-20 19:52:23 Prezident farmoni bilan 2022-yilda qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi:

barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar):
* 3-yanvar - dushanba;
* 22-mart - seshanba;
* 23-mart - chorshanba;
* 11-iyul - dushanba;
* 2-sentyabr - juma.

olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:
* 4-yanvar - seshanba;
* 4-may - chorshanba;
* 5-may - payshanba;
* 12-iyul - seshanba;
* 3-sentyabr - shanba;
* 31-dekabr - shanba.

Shuningdek, 2022-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari qoʻyidagi tartibda koʻchirildi:
* 8-yanvar - shanba kunidan 4-yanvar - seshanba kuniga;
* 7-may - shanba kunidan 4-may - chorshanba kuniga;
* 14-may - shanba kunidan 5-may - payshanba kuniga;
* 16-iyul - shanba kunidan 12-iyul - seshanba kuniga.

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
3.2K viewsedited  16:52
Ochish/sharhlash
2021-12-19 09:39:21 Alphasoft IT kompaniyasi sotuv menejerlarini erkin grafik asosida ishga taklif qiladi!

Agar o'qishdan bo'sh vaqtlaringizda ishlab, qo'shimcha daromad qilishni istasangiz bu siz uchun qulay imkoniyat. Kompaniyamiz va ish haqida quyidagi videoda batafsil tushuntirib o'tganman, iltimos videoni to'liq diqqat bilan ko'ring, ishga qabul qilish suhbati shu video asosida bo'ladi.
Videoni ko'rish:



Xodimlarga qoʻyiladigan talablar:
* Yosh chegarasi: 18-25;
* Ish grafigi: erkin, moslashuvchan;
* Talab qilinadi: sotish qobiliyati, masʼuliyatli va farosatli boʻlish;
* Maosh: sotuvga qarab chiqariladi (videoda tushuntirilgan);
* POS sistema haqida tushunchasi bo'lishi kerak (videoda aytganman)

Ishga Toshkentda vaqtinchalik yoki doimiy yashaydiganlar suhbat asosida qabul qilinadi. Talabalar ham murojaat qilishi mumkin. Ish qidirayotgan do'stlaringiz e'lonni yuborib qo'yishni unutmang.

Murojaat uchun: @alphasoftstudy
Telefon: +99894-6125653
Videoni ko'rmaganlar ovora bo'lib yozmanglar! Chunki ish haqida hammaga alohida tushuntirilmaydi, shu videoda barchasi tushuntirilgan.
Videoni ko'rish:




Ishga kiruvchilar uchun guruh:
https://t.me/+coNxFJu6AHozYTJi
3.2K viewsedited  06:39
Ochish/sharhlash