Get Mystery Box with random crypto!

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov T
Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov
Kanal manzili: @talabayoshlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 39.71K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz!
- Ta'lim yangiliklari;
- Talabalar muammolari;
- Abituriyentlarga tavsiyalar.
🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot
Reklama xizmati: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 27

2021-12-14 09:16:22
“Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi muddati o‘zgardi

Ko‘plab yoshlarning takliflarini inobatga olgan holda arizalarni qabul qilish muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi.

“O‘zbekiston yoshlari forumi” doirasida butun mamlakat bo‘ylab keng qamrovli loyihalar amalga oshirilmoqda. Tashkil etilayotgan loyihalarda tanlovga ariza yuborgan yoshlarning aksariyati qatnashayotganligi, qolaversa yoshlarga qulaylik yaratish maqsadida tanlovning saralash bosqichi 27-28-29–dekabr sanalariga ko‘chirilganligini ma’lum qilamiz.

@reg_tanlovbot telegram manzili orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan tanishib borishingiz mumkin.
E'tiboringizga "Yosh kitobxon" tanlovining yangi nizomini taqdim etamiz.

O‘ylaymizki bu vaqt yosh kitobxonlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun qo‘shimcha imkoniyat taqdim etadi.

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
5.8K views06:16
Ochish/sharhlash
2021-12-13 10:49:44 ​​ Turar joylarni ijaraga oluvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi

Daromad solig‘ini to‘lash talabalar zimmasiga yuklanganligi haqida tarqatilgan xabarlar yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Ko‘chmas mulk obyektlarini talabalarga ijaraga berishda daromad oluvchi mulk egasi bo‘lib, Soliq kodeksining 375-moddasiga muvofiq bunday daromad jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari hisoblanadi.

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarning majburiyati hisoblanib, natijada ijarada turuvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi (SK 85-moddasi).

Shuningdek, jismoniy shaxslar uy-joylarini talabalarga ijaraga berish faoliyati bo‘yicha olgan daromadlarini soliqdan ozod etish yuzasidan Soliq kodeksining 378-moddasiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi Qonun loyihasi O‘zR Oliy Majlisi tomonidan ko‘rib chiqilib, birinchi o‘qishda qabul qilingan va 2022-yil 1-yanvardan amaliyotga tatbiq etiladi.

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
4.1K viewsedited  07:49
Ochish/sharhlash
2021-12-12 14:59:36
#kun_mavzusi #diplom_kerakmi
Oliygohni bitirib diplomi bo'yicha ishlamayotgan tanishlarga yuboramiz

— Izzatxo'ja bir o'ylab qarasam san jurnalist, marketolog bo'lib ishlaysan-de, lekin Energetikani bitirgansan, saaaal haqiqatdan uzoqmasmi?
— Nima qilibdi, Mirafzal ham "avtodorojniy"ni bitirib, videomontajda ishlayabdiku...
— Ukang Ibratxo'ja-chi? Menejmentda o'qib turib, interyer dizayn bo'yicha ishlayapti...
— To'xta, to'xta! Bitta Yorqin o'zini sohasi IT bo'yicha ishlayotgan ekan (bekorga Xitoyda o'qimagan-da...).

Siz qayerda o'qiysiz va qaysi sohada ishlamoqchisiz? Ishqilib sizning diplomingiz ham meniki kabi chang bosib yotmaydimi...

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
5.9K viewsedited  11:59
Ochish/sharhlash
2021-12-12 08:50:25
O‘zbekistonda xotin-qizlarga gap otganlik uchun jarima belgilanishi mumkin

Ma’lum qilinishicha, qizlar va ayollarni ta’qib va zo‘ravonlik holatlaridan himoya qilish bo‘yicha qonunchilikka taklif kiritish va ta’qib ostida qolgan xotin-qizlarga ham himoya orderi berish tizimini joriy etish taklif etilmoqda.

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
7.7K views05:50
Ochish/sharhlash
2021-12-11 18:15:43
Talaba bo'lish siz uchun nimani anglatadi?

"Talabalik — oltin davrim" deb bekorga aytishmasa kerak? Siz uchun talabalik qanday davr, talaba deganda qanday inson ko'z oldingizga keladi?

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
6.6K views15:15
Ochish/sharhlash
2021-12-11 06:05:08
Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etildi
Yangi OTM Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida ochildi. Filial talabalari yangi institutda o‘qishini davom ettiradi. Institutga keyingi yildan magistrlar qabuli, 2023/24-yilgi qabuldan tayanch doktorantlar qabuli bo‘ladi.

Andijon davlat chet tillar instituti tashkil etiladi
Qarorga ko‘ra, institutga qabul 2022/23-yildan boshlanadi. Institut o‘quv dasturini tuzishda xalqaro reytinglarda dastlabki 1000talikka kiruvchi oliygohlar tajribasiga asoslaniladi.

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
6.6K views03:05
Ochish/sharhlash
2021-12-10 17:31:57
Qisqa metrajli film "RO'MOL"!

Tomosha qilganingizga achinmaysiz! Sarflagan MB va vaqtingizga rozi bo'lasiz. Bo'larkan-ku shunday roliklar tayyorlasa, ijodkorlardan Alloh rozi bo'lsin!

15 minutlik lavha orqali ta'lim tizimidagi aslida arzimas bo'lsa-da, lekin juda ko'pirtiriladigan muammo chiroyli tarzda, ma'no va mazmunga to'la qilib yoritilibdi. Maktablarda ro'molni yechtirib, unga qarshi kurashib, filmdagi Durdona kabi yosh talantlarni sindirib qo'ymayapmizmi?

P.S.: Bu postim orqali ro'mol o'rashni yoki formasiz o'qishga kelishni targ'ib qilish niyatim yo'q. Bu videoni meni juda ta'sirlantirgani uchun sizlarga ulashgim keldi. Xulosa har kimni o'zidan...
Izzatxo'ja Asomiddinov
4.7K views14:31
Ochish/sharhlash
2021-12-10 16:01:39
20-21-dekabr kunlari Congress Hall binosida Toshkent yoshlar forumi – 2021 boʻlib oʻtadi.

Forum doirasida yoshlar bilan vazirlik hamda idoralar rahbarlari, hukumat vakillari, olimlar, ekspertlar, sanʼat, madaniyat va sport namoyondalari, mediamakon vakillari uchrashadi.

20-dekabrda yoshlar forumining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Tadbirda qatnashish uchun quyidagi Telegram bot orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
6.1K views13:01
Ochish/sharhlash
2021-12-10 09:37:24
Talabalar ijara puli bo‘yicha imtiyozdan foydalanyaptimi?

Bugun.uz Toshkentda Talabalar shaharchasida kichik so‘rovnoma o‘tkazdi.

So'rovnomadan ko'rinadiki, talabalar ijara uchun o'rtacha 500 ming so'm atrofida pul to'laydi va bu summa ular harajatlarining 40-50 foizini tashkil qiladi.

Davlat tomonidan ijara pulining 50% qoplab berilishi imkoniyati haqida ko'pchilik eshitgan, xabari bor, lekin harakat qilib ko'rmagan. Aslida bu jarayon unchalik murakkab emas.

Ijara pulini qoplab berilishi uchun talabaga 3tagina hujjat yetarli:
1) Ijara shartnomasi;
2) Ma'lumotnoma:
3) Ariza-anketa.

Talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi haqida esa mazkur videoda batafsil tanishishingiz mumkin.
Videoni ko'rish

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
6.5K views06:37
Ochish/sharhlash
2021-12-09 18:10:09
#talabalar_taqdirlandi
“Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi” hisobidan iqtidorli talabalar rag'batlantirildi

Namangan davlat universitetining 174 nafar iqtidorli va faol talabalari 517 ming soʻm miqdorida pul mukofoti hamda ota-onalari nomiga universitet rektori tomonidan “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi. Ushbu xayrli ish uchun jami 98.100.000 soʻm miqdoridagi mablagʻ ajratildi

Shunigdek "Yil talabasi – 2021" ko'rik tanlovida g'olib bo'lgan 21 nafar talaba jami 29.937.000 so'm pul mukofoti va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Bu kabi rag'batlantirishlar boshqa OTMlarda ham tashkil qilinishini targ'ib qilib qolaman. Ha aytgancha, sizning OTMda "Yil talabasi – 2021" tanlovi o'tkazilib, yutuq pullari tushirib berildimi? Shu haqidagi fikrlaringizni kommentda yozib qoldiring.
Izzatxo'ja Asomiddinov

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
6.8K views15:10
Ochish/sharhlash