Get Mystery Box with random crypto!

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov T
Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov
Kanal manzili: @talabayoshlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 39.71K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz!
- Ta'lim yangiliklari;
- Talabalar muammolari;
- Abituriyentlarga tavsiyalar.
🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot
Reklama xizmati: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 28

2021-12-09 15:22:12 #rektor_stipendiyasi
Talabalarga “Rektor stipendiyasi” joriy qilindi

Iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlashga e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida “Rektor stipendiyasi” tanlovini o'tkazilishini e'lon qilamiz.

Talabalarga “Rektor stipendiyasi”ni tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:
a’lo o‘qish (umumiy baholar sonidan 25% 4 bo'lishi mumkin, 2020-2021-o'quv yilida faqat 5 baho bo'lishi lozim) va ilmiy ishlarda ishtirok etish;
umumta’lim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy ishlar) ishlari bilan uyg‘unlashtirish;
yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
kamida ikkita e’lon qilingan ishlar ya'ni maqola (tezislar bundan mustasno) mavjudligi;
davlat tilini va bitta xorijiy chet tilni bilish talab qilinadi;
tillarni, axborot texnologiyalarini, O‘zbekiston tarixini bilish bo‘yicha talab darajalarini tegishli kafedralar belgilaydi.

“Rektor stipendiyasi” talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun quyidagilarni topshiradilar:
*sinov daftarchasidan ko‘chirma;
*dekanat, kafedra tavsiyanomasi;
*ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi;
*rahbarning fikr-mulohazalari;
*ilmiy (ijodiy) ishga taqriz;
*ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari.

Barcha hujjatlar bir nusxada taqdim qilinadi. Tanlovda bakalavrning 2,3,4-kurs talabalari, magistratura bo'limidan 2-kurs magistrantlari ishtirok etishi mumkin. Stipendiya har bir fakultetdan 1 nafar g'olib talaba beriladi.

Hujjatlar 2021-yil 15-dekabr kuniga qadar "Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish" bo'limida qabul qilinadi. Kechikkan va talabga javob bermaydigan hujjatlar qabul qilinmaydi.

P.S.: OTMlar ichida birinchilar qatorida Toshkent Moliya institutida "Rektor stipendiyasi" joriy qilinibdi. Bu postni chiqarishimizdan maqsad boshqa OTMlarga TMIni o'rnak qilib ko'rsatish va ularda ham shunday stipendiyalar joriy qilish taklifini berishdir. Bu talabalarga yanada yaxshi o'qish uchun motivatsiya bo'ladi.
Izzatxo'ja Asomiddinov

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
7.7K viewsedited  12:22
Ochish/sharhlash
2021-12-09 10:51:51
#Biz_korrupsiyaga_qarshimiz
BMT Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” sifatida e’lon qilingan. 2004-yildan e’tiboran ushbu sana munosabati bilan butun dunyoda turli anjumanlar, davra suhbatlari va muhokamalar tashkil etiladi.

Korrupsiyashaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir.

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
7.0K views07:51
Ochish/sharhlash
2021-12-08 16:37:05
#Forum_2021
Volontyor yoshlar kerak!

“O‘zbekiston yoshlar Forumi-2021” haftaligi doirasidagi loyihalarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tajribali volontyor yoshlarni oʻz safiga qoʻshilishni taklif etadi!

Hududlarda o‘tkaziladigan loyihalarda volontyor boʻlmoqchi boʻlsangiz @VolontyorForumBot orqali roʻyxatdan oʻting.

Respublika miqyosidagi loyihalarda volontyorlik qilmoqchi boʻlsangiz @ForumVolontyoriBot orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Respublika loyihalari uchun roʻyxatdan oʻtishda aynan qaysi hududda va qaysi loyihada volontyorlik qilmoqchisiz? kabi savollarga eʼtiborli boʻlib javob berishingiz lozim.

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
7.2K viewsedited  13:37
Ochish/sharhlash
2021-12-08 11:10:14
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

@TalabaYoshlar jamoasi nomidan barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi bilan tabriklaymiz. Tinchligimiz va farovonligimiz abadiy bo'lsin!

Maxsus ishlangan videoroligimiz haqidagi fikrlaringizni kommentariyada kutib qolamiz. Siz uchun qonun oʻzi nima?

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
6.1K viewsedited  08:10
Ochish/sharhlash
2021-12-07 19:12:32 Kursdoshlar Telegram guruhida eng ko'p yoziladigan xabarlar...

Bollar, bugun oraliq ekan. Kimda ortiqcha daftar bor, pulini beraman;
Yo'lda ushlanib qoldim, domlaga yo'lda kelyapti deb tur, NB qo'ymasin;
Oxirgi paradan gruppavoy ketsak nima deysizlar, Ulug'ni tug'ilgan kuni bugun, nishonlashga boramiz deymiz...
Dars qaysi auditoriyada edi? Aytvoringlar...
Bollar bugun men borolmayman, qishloqdagilar Toshkentga kelgan, ubu narsa deb Nb qo'ydirmanglar...

Kursdosh do'stlarga yuborib qo'ying. Kommentlarda davom ettiramiz...

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
10.9K views16:12
Ochish/sharhlash
2021-12-07 17:25:24
Talabalar turar joylari bo'yicha masalalar juda aktual. Davlat tomonidan ijara pulining ma'lum bir qismi to'lab berilishi yo'lga qo'yilgan edi. Orangizda ushbu xizmatdan foydalangan yoshlar bormi? Jarayon haqida fikr-mulohazalaringiz kerak, takliflaringiz ham shu jumladan.

Fikr-mulohaza va takliflaringizni mana bu post kommentiga yozib qoldiring.

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
7.0K views14:25
Ochish/sharhlash
2021-12-07 11:21:13
#ishga_taklif #sotuv_menejeri
Xalqaro Alphasoft kompaniyasi SOTUV MENEJERI lavozimiga ishga taklif qiladi.

Xodimlarga qoʻyiladigan talablar:
* Yosh chegarasi: 18-25;
* Ish grafigi: erkin, moslashuvchan;
* Talab qilinadi: sotish qobiliyati, masʼuliyatli va farosatli boʻlish;
* Maosh: sotuvga qarab, taxminan 200$ dan boshlanadi;

Ishga Toshkentda vaqtinchalik yoki doimiy yashaydiganlar suhbat asosida qabul qilinadi. Talabalar ham murojaat qilishi mumkin. Ish qidirayotgan do'stlaringiz e'lonni yuborib qo'yishni unutmang.

Murojaat uchun: @alphasoftstudy
Telefon: +99894-6125653

Ishga kiruvchilar uchun guruh:
https://t.me/+coNxFJu6AHozYTJi
8.8K viewsedited  08:21
Ochish/sharhlash
2021-12-07 10:04:52 #qish_faslida_perevod
Ko'pchilik qish faslida ham o'qishni ko'chirsa bo'ladimi deb so'ramoqda. Bugun bu haqida batafsil ma'lumotlarni beramiz

Bahrogi semestr uchun "perevodda" o'qishni ko'chirish uchun 2021-yilning 20-dekabridan 2022-yilning 25-yanvar kuniga qadar (oʻsha kuni ham) hujjatlaringizni hududiy ishchi guruhlari yoki onlayn tarzda transfer.edu.uz va transfer.dtm.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin bo'ladi

Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qaroriga muvofiq talabalar oʻquv yilining oʻrtasida faqat quyidagi uzrli sabablarga koʻra oʻqishini koʻchirish toʻgʻrisida ariza topshirishlari mumkin:
talaba bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan koʻchib oʻtganda;
talabaning turmush oʻrtogʻi yoki ota-onasi harbiy xizmat oʻtash joyini oʻzgartirganda;
talabaning ota-onasi (turmush oʻrtogʻi) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

Ushbu sabablardan boshqa holatlarda talabalar umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Boshqacha aytganda yuqoridagi 3 ta sabab boʻlmasa, oʻquv yilining oʻrtasida oʻqishni koʻchirib boʻlmaydi.

Fuqarolar uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish boʻyicha hududiy ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);
pasport nusxasi;
yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Oʻqishni qayta tiklash boʻyicha (koʻchirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil boʻlganligidan qatʼiy nazar bevosita muayyan OTMga taqdim etiladi.

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
7.9K viewsedited  07:04
Ochish/sharhlash
2021-12-07 09:08:31
#Xivaga_ketamiz #hissiyot
18-19-dekabr kunlari Xivada Yoshlar forumi tashkil etilishi haqida xabar bergandim.
O'qimaganlar bu yerni bosing

Mana shu forum uchun tajribali videomontaj ustasi, qadrdonim Mirafzal Ozodov hissiyotga to'la videorolik tayyorladi. O'ylaymanki, Xivadagi forumga borish yoki bormaslik masalasida ikkilanib turganlar uchun bu video ajoyib qo'llanma bo'ladi. Bu videoni ko'rib, Xivaga borishdan oldin u yerdagi adrenalinni his qila olasiz.

Aytishlariga qaraganda forumga qabul yakunlanishiga 3 kun qolibdi. Joylar soni esa borgan sari tugab bormoqda. Shunday ekan o'z joyingizni band qilishga shoshiling.

Ro'yxatdan o'tish uchun @leaderyouthforum profiliga "ILEADER" so'zini yuboring!

Qani kettik Xivaga, kim menga sherik bo'lmoqchi? Ham sayohat qilamiz, ham bilim va ko'nikmalarimiz oshiramiz.
6.1K views06:08
Ochish/sharhlash
2021-12-06 19:50:47 «O‘zbekiston yoshlari forumi-2021» doirasida yoshlarforumi.uz platformasi orqali takliflar yig'ilmoqda. Shu takliflar ichidan eng asosiylariga ovoz berishingizni so'rayman. Bu millatimiz va ta'lim tizimimizni rivojlantirish uchun xizmat qiladi, insha'Alloh!

Ustozim "Osmondagi bolalar" loyihasi va "Najot Taʼlim" markazi sasoschisi Temurbek Adhamov "Xususiy ta'lim muassasalarida internet narxini arzonlashtirish bo'yicha" juda o'rinli taklif beribdilar. Haqiqatda sifatli va tezkor internet muammosi juda og'riqli mavzu. Shu taklifga ovoz bering, nasib qilsa bizda ham "uchar internet" bo'ladi.
Ovoz berish uchun: https://yoshlarforumi.uz/uz/idea/item/0421637

Huquqshunos Zafarbek Solijonov esa "Oliy ta'lim muassasalarida daftardan (konspektdan) voz kechish" haqidagi taklifni beribdilar. Bu taklif bir necha bor berilgan bo'lsa-da, hali-hanuz o'z yechimini topmagan. Balki shu safar konspektdan butkul voz kecharmiz.
Taklifni qo'llab-quvvatlash: https://yoshlarforumi.uz/uz/idea/item/04211581

Masofa ta'lim kanali jamoasi "O'qishga kirishdagi imtiyozlarni qaytadan ko'rib chiqish" taklifini berishibdi. Bu ham qaysidir ma'noda to'g'ri, hozirda imtiyozlar juda ko'payib ketdi.
Taklifni «podderjka» qilish: https://yoshlarforumi.uz/uz/idea/item/0421942

P.S.: Men o'zim hali takliflarimni yozib qoldirishga ulgurmadim, anchadan beri o'ylab yurgan takliflarim bor. Tez orada yozib qoldiraman, o'sha vaqtda meni ham taklifimga ham bosib, qo'llavorasizlar.

Izzatxo'ja Asomiddinov
6.7K views16:50
Ochish/sharhlash