Get Mystery Box with random crypto!

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov T
Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov
Kanal manzili: @talabayoshlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 39.71K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz!
- Ta'lim yangiliklari;
- Talabalar muammolari;
- Abituriyentlarga tavsiyalar.
🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot
Reklama xizmati: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 31

2021-02-13 20:22:48
Rasululloh xavfli gap aytgandilar...

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
8.3K views17:22
Ochish/sharhlash
2021-02-13 14:20:59O'zgacha logika...

​​Xizmat mashinasi — Captiva'si 60 yoshli fuqaroning o‘limiga sabab bo'lgan (urib yuborgan) Koson tumani hokimi Asrol Boyqarayev mana bu videoda aytishicha, yangi Captiva sotib olsa, 262 millionga tushar ekan. Eskisini ta’mirlatishga esa 276 million so‘m (!) ketarkan.

Shuning uchun eski Captiva'ni 220 millionga sotib, unga 42 million qo‘shib, yangisini olib qo‘ya qolsa, ekisini ta’mirlatishga sarflaydigan puldan 14 million yutar ekan. Matematikani qarang, kuchliligini...

Birinchidan, eski Captiva'ni ta’mirlatishga 276 million ketarkan, nahotki...?! Ishonish qiyin-ku, mayli, shuncha ketarkan, deb turaylik.

Ikkinchidan, eski Captiva'ni ta’mirlatishning o‘ziga 276 million ketsa, hokimbuva uni kimga 220 millionga sotmoqchi? Qaysi ahmoq pachoq Captiva'ni 220 millionga sotib olib, uni yana hokim buvam aytganlaridek, 276 millionga ta’mirlatadi? 496 millionga tushib ketadi-yu

Men tushunmadimmi yoki haqiqatda shunaqami...
Xojakorsin kanali

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
8.3K views11:20
Ochish/sharhlash
2021-02-13 09:51:32
#erkinfikr #siznimadeysiz
Bepulga o'rganilgan narsani qadri bo'lmaydi...

Agar siz biror narsani bepulga o'rgansangiz, u narsani siz uchun qadri bo'lmaydi. Chunki, siz u uchun hech narsa sarflamagansiz, pulingiz ketmagan va o'rganishni istamaysiz, agar pulga o'rgansangiz, pulingiz ketganidan astoydil o'rganishni boshlaysiz.

Oddiy misol tarzida, maktab ta'lim tizimini olsak, u hamma uchun bepul lekin, har kim ham undan samarali foydalanmaydi.Repititorlik kursi bo'lsa, astoydil o'rganishga kirishadi, chunki, unga pul sarflab qo'ygan.

- Agar biror narsani o'rganmoqchi bo'lsangiz, ozgina bo'lsa ham pul sarflab o'rganing, shunda siz uni Yaxshi o'rganasiz va natija siz kutgandan ham zo'r bo'ladi.

Xo'sh sizning fikringiz qanday?

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
7.2K views06:51
Ochish/sharhlash
2021-02-13 05:15:00
Xalqaro kitob hadya qilish kuni

Kitob - bu insoniyatning qadim tarix mobaynida yaratgan eng buyuk mo‘jizasi va ixtirosidir, u insonni aqlan yetuk darajaga erishishiga va ma’naviy kamolotga yetishida yordam beradi.

14-fevral Xalqaro kitob hadya qilish kuni
- International Book Giving Day minnesotalik maktab kutubxonachisi Emmi Brodmur tomonidan ta'sis etilgan.

Bu kunda yaqinlaringizga kitob ulashish esa eng foydali va manfaatli sovg'a bo'ladi. Keling bu bayramni birgalikda nishonlaymiz.

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
9.2K views02:15
Ochish/sharhlash
2021-02-12 21:58:50 Najot ta'limdan SMM kursi bo'yicha grant yutib oldim degandimda ko'pchilik SMM o'zi nima ekanligini so'ragan edi.

Kechagi darsda SMM Pro kursimizdagi barchaga zamonaviy kasblar bo'lib berildi va har bir kasb bo'yicha prezentatsiya tayyorlab, gapirib berish vazifasi berildi.
Menga 13-raqamda SMM menejer kasbi tushdi. Vazifani tayyorlab gapirib berdim, endi sizlarga ham ulashaman.
Slaydni ko'rib, aslida SMM nima ekanligi haqida biroz bo'lsa-da tushunish mumkin.

@Izzatkhoja
6.3K views18:58
Ochish/sharhlash
2021-02-11 22:06:41
«Zakovat» intellektual klubi nodavlat notijorat tashkilot sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tdi

Klub faoliyatining asosiy maqsadi yoshlarning bilimga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, intellektual sog‘lom raqobatni yuzaga keltirish, yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va rivojlantirish, respublikaning turli hududlaridagi zakovatli yoshlar uchun fikr almashish imkoniyatini yaratish, ta’lim muassasalarida intellektual to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va takomillashtirish, professional va havaskor bilimdonlar ishtirokida intellektual loyihalarni amalga oshirishdan iboratdir.

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
8.7K viewsedited  19:06
Ochish/sharhlash
2021-02-11 14:37:56 ​#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Ish yuritishda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tiladi

Hukumat qarori bilan Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Quyidagilarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta’minlanadi:
● shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar, ID-kartalar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hamda chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalari;
● ish qog‘ozlari, turli blanklar;
● mamlakatimizdagi joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e’lonlar.

Bundan tashqari, markaziy, mahalliy bosma va elektron OAV, internet saytlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyati to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkaziladi.

2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyoti to‘liq joriy qilinadi.

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
9.1K views11:37
Ochish/sharhlash
2021-02-11 14:35:44 Kuni kecha Davlatimiz rahbari boshchiligida o'tkazilgan selektorda vazirlarni poytaxtda emas boshqa viloyat hududlarida bo'lishi aytildi.

Shu munosabat bilan madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bugun Namangangajo'nab ketdilar.

Ertaga bo'lishi rejalashtirilgan Press klub vazir ishtirok etmaganligi uchun qoldirildi. Mavzu yuzasidan yangilik bo'lsa sahifamiz orqali xabar beramiz...

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
6.4K viewsedited  11:35
Ochish/sharhlash
2021-02-10 20:11:36
“Yoshlar press klubi”da Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan uchrashuv

Madaniyat sohasida yoshlarga qanday imkoniyatlar yaratilmoqda? Ijod va san’at yo‘nalishidagi iste’dodlar ochiq maydonga, keng sahnaga chiqa olishlari uchun nimalar qilinmoqda?

Shu va sizni qiziqtirgan savollarga Madaniyat vaziri va vazirlikning mas’ul xodimlaridan batafsil javob olamiz.
Ko‘rsatuv 12-fevral 15:00 da “Yoshlar ittifoqi” markaziy binosida suratga olinadi.

Ushbu mavzuga qiziqqan barcha bloger, jurnalist hamda savol va muammolari bor yoshlarni taklif qilamiz!

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
7.4K viewsedited  17:11
Ochish/sharhlash