Get Mystery Box with random crypto!

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov T
Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov
Kanal manzili: @talabayoshlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 41.54K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz!
- Ta'lim yangiliklari;
- Talabalar muammolari;
- Abituriyentlarga tavsiyalar.
🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot
Reklama xizmati: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 32

2021-02-01 05:34:16
Xayrli tong, do'stlar!
Vaqtning o'tishini qarang, yaqindagina 2021-yil kirib kelgandi, bugun esa fevral oyining ilk kuni...

2021-yil fevral oyida:
4ta dushanba, 4ta seshanba, 4ta chorshanba, 4ta payshanba, 4ta juma, 4ta shanba va 4ta yakshanba bor. Bunaqasi kamdan-kam bo'ladi.

Boshlangan hafta, oy barchamizga xayrli bo'lsin, sessiyadan korrupsiya kabi gunoh ishlarga yaqin yo'lamay, o'z bilimimiz bilan qiyinchiliklarsiz o'tish barchaga nasib qilsin!
@Izzatkhoja

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
7.1K views02:34
Ochish/sharhlash
2021-01-31 23:19:05
Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarida "Korzinka.uz" supermarketlar tarmog‘i tomonidan sovg‘a kuponlari o‘ynalayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Mazkur xabar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.

Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
6.6K viewsedited  20:19
Ochish/sharhlash
2021-01-31 09:00:44 ​​ Ta’lim oluvchilarga o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:

telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
• telefonni stol ustiga qo‘yish;
• musiqa, shu jumladan naushniklar orqali tinglash;
• surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish (o‘yinlar bilan shug‘ullanish), tasvir (matn, rasm, videoyozuv va fotosuratlar) ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
• suratga olish va video tasvirga tushirish;
• telefon (GPRS, Bluetooth, Internet va shu kabilar) orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.


O‘quvchilarga mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi, yaqin qarindoshlari, maktab rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga ruxsat etiladi.

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
8.6K viewsedited  06:00
Ochish/sharhlash
2021-01-30 16:43:15 ​​O‘zbekistonda koronavirusning yangi turi “britancha shtamm”i qayd etildi

10 yoshli poytaxtlik fuqaro Sh. (qiz bola) oila a’zolari bilan birgalikda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga safar qilib, 2021-yilning 23-yanvar kuni Toshkentga qaytgan.

O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, xalqaro aeroportda fuqarodan ekspress usulida test olinganda, unda musbat natija qayd qilingan. Shundan so‘ng, bemor zudlik bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tez yordam mashinasida olib kelingan. Shifoxonada o‘sha kunning o‘zida funksional-klinik tekshiruvlardan o‘tkazildi va unga “COVID-19”ning simptomsiz kechishi tashxisi qo‘yildi.

Yurtdoshlarimizdan zarurat bo‘lmaganda chet el safarlariga vaqtincha chiqmay turishlarini so‘raymiz.

Aziz yurtdoshlar! O‘zingiz va yaqinlaringizni asrang! Salomatligingiz o‘z qo‘lingizda!

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
9.5K viewsedited  13:43
Ochish/sharhlash
2021-01-29 22:53:16
Bugun 30-yanvar O‘zbekiston Respublikasining 1-prezidenti Islom Karimovning tavallud kunlari.
Oxiratlari obod bo‘lsin...

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
13.5K viewsedited  19:53
Ochish/sharhlash
2021-01-29 08:41:15
Tojirlar. Eshiting va yaqinlarga jo‘natib qo‘ying!

Kunlarning shohidur JUMA ayyomi,
Shu sabab ulug‘dir bu kunning nomi,
Ulug‘ zot bormikan Allohdan bo‘lak,
Musulmon ahliga juma muborak!


TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
9.1K viewsedited  05:41
Ochish/sharhlash
2021-01-29 04:55:59 Assalomu alaykum aziz va qadrli dindoshlar.
Muqaddas Islom dinimiz haqidagi bilimlarimizni yanada mustahkamlash, payg'ambarlar hayotlarini o'rganish maqsadida @Diniy_tafakkur kanalimizda "Din bilimdoni" tanlovining 4-mavsumiga start beramiz.

4-mavsum mavzusi: "Payg'ambarlar tarixi"
(Bu savol faqat "Payg'ambarlar tarixi" kitobidan tuziladi degani emas, qaysi manbadan tuzish ixtiyoriy, manba aniq bo'lsa bo'ldi)


Tanlov shartlari:
Payg'ambarlar tarixi, hayotiga oid test-savol tuzing va 4ta variant bilan birga to'g'ri javobi ko'rsatilgan holda, ism-familiyangizni yozib @DindanSavolBot manziliga yuboring (manbasini rasmga olib yuborish shart)

Siz yuborgan test @Diniy_tafakkur kanaliga joylanadi va kimning testi kamida 1000 kishi tomonidan ishlangan bo'lsa, o'sha ishtirokchilar 2-bosqichga o'tadi!
(Savolni kanal va guruhlarga tarqatish mumkin)


Qabul 22-fevralga qadar davom etadi.
2-bosqich savol-javob tarzida o'tadi, shartlar tez orada e'lon qilinadi!

G'olib "Hilol nashr" tomonidan chop etilgan ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining eng sara kitoblari bilan taqdirlanadi!
Maqsadimiz: Muqaddas dinimizni birgalikda ko'proq o'rganish!
Murojaat uchun: @DindanSavolBot

@Diniy_tafakkur sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/SIxXnLEgHUC5X5_4
12.0K viewsedited  01:55
Ochish/sharhlash
2021-01-28 21:41:49 Mana yana bir kunimiz yakunlandi.
Xo'sh bugun qanday savobli amal qildik? Kimni dilini og'ritdik? Qancha vaqtimiz behuda ketdi? O'zimizni bir taftish qilib ko'raylik. Gunohlarimizga kech bo'lmasidan tavba qilaylik.
Barchamizga tushimizda payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) va sahobayi ikromlarni ko'rish nasib qilsin.

Ko'rgim kelayotir sizni tushimda
Yusufxon Nurmatov & Xayrulla Hamidov


TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
7.4K viewsedited  18:41
Ochish/sharhlash
2021-01-28 18:22:03
Ey talaba xalqi, siz uchun yangiligimiz bor. Sessiyada ustozlaringiz konspekt so'rashyaptimi? Unda ushbu sayt orqali soniyalar ichida istalgan maʼlumotlarni qoʻlyozma shaklida keltirib "yaxshi" maqsadlarda foydalaning.

P.S.: Barcha talaba doʻstlaringizga ushbu postni yuboring, bir muammosini yechishga yordam bersangiz ajab emas.
LINK coo.by

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
9.8K viewsedited  15:22
Ochish/sharhlash
2021-01-28 08:35:52
Yo‘lovchilar diqqatiga!

Talabalar, ijtimoiy nafaqa, o‘quvchi (N, T, O‘, NM, TM, O‘M) turidagi imtiyozli transport kartalari bepul berilib, faqatgina tanlangan tarif uchun to‘lov amalga oshiriladi.

Talabaning elektron oylik yo‘l chiptasi uchun pasport nusxasi hamda muassasa tomonidan taqdim etilgan guvohnoma;
Ijtimoiy elektron oylik yo‘l chiptasi uchun pasport nusxasi hamda nafaqaga chiqganligi haqida hujjat;
O‘quvchining elektron oylik yo‘l chiptasi uchun, ushbu o‘quvchining ota onasining pasport nusxachi hamda o‘quvchining tug‘ilganligi haqida guvohnoma talab etiladi.


Transport kartalarini Toshkent shahridagi 70 ta transport kartalari sotish shahobchalaridan xarid qilishingiz mumkin.
"Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
8.7K viewsedited  05:35
Ochish/sharhlash