Get Mystery Box with random crypto!

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov T
Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov
Kanal manzili: @talabayoshlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 39.71K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz!
- Ta'lim yangiliklari;
- Talabalar muammolari;
- Abituriyentlarga tavsiyalar.
🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot
Reklama xizmati: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 29

2021-12-06 06:32:13 #Prezident_stipendiyasi
Prezident stipendiyasiga qanday ega bo’lish mumkin???
Batafsil o'qish: https://teletype.in/@talabayoshlar/LxBsMan1s

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
10.0K viewsedited  03:32
Ochish/sharhlash
2021-02-21 20:47:55
#MendirmanJaloliddin 2-qism (21.02.21)

Filmning 1-qismi premyerasidan so'ng, menimcha barcha qolgan qismlarini ham intiqib kuta boshladi.

Bugungi qismi ham o'ziga xos emotsiyalari bilan yodimizda qoldi. Ortiga qaytayotgan elchilarga hujum va jang sahnasida 7 kishi aqlni ishlatib tahminan 50ga yaqin otliqni yengdi. Yana bir diqqatimni tortgan joyi to'yga tayyorgarlik maslahati bo'ldi. O'ziga xos dabdabali to'ylarimiz o'sha davrlarda ham bo'lgan ekan, ayniqsa "og'zidan olov purkaydigan ajdaho" deganini ko'rib Mahallada duv-duv gap filmini esladim. Ikki kundoshning "kosa tagida nimkosa" so'zlashuviga shunchaki gap yo'q. Ma'nosini tushungan bo'lsangiz so'z qudratiga tan berasiz.
@Izzatkhoja

TalabaYoshlar sahifasiga a'zo bo'ling
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
5.4K views17:47
Ochish/sharhlash
2021-02-21 17:06:48
#MendirmanJaloliddin

Bugun soat 20:30 da MilliyTV telekanalida "Mendirman Jaloliddin" tarixiy serialining 2-qismi namoyish etiladi!

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
6.1K views14:06
Ochish/sharhlash
2021-02-19 22:20:34 #xushxabar
Juma namozi talabalar darsga kechikmasligi uchun 5 daqiqa vaqtliroq boshlanadi!

Bugun Toshkent davlat texnika universitetidagi holat diqqatimiz markazida bo'ldi. Aytganimizdek universitetda talabalar va imom xatib bilan uchrashuv bo'lgan.

Bu universitetga eng yaqin masjid Mirza G'olib jom'e masjidi bo'lib, deyarli O'zMU va TDTUning aksariyat talabalari, ustozlari juma namoziga shu masjidga borishadi. Bugun mikrafonda ma'ruza vaqti domla juma namozini talabalar darsda kech qolmasliklari uchun 5 daqiqa oldinroq o'qiymiz, deb aytibdi. Masha'Alloh eshitib juda xursand bo'ldim, endi talabalar juma namozini ado etib, darslariga ham kechikmay borishlari mumkin. Ancha oldin boshqa bir masjidda ham aynan talabalar, maktab o'quvchilari kechikmasdan darsga yetib borishlari uchun juma namozini 5 daqiqa oldin o'qiymiz deb domla aytgandilar. Alloh davomli qilsin. Eshitib ko'zimga yosh keldi. Ana shunaqa Alloh barcha narsaga qodir zot, ustozlarimiz kechiksak darsga kiritmaydi deb menga yozishgandi, gaplari samimiy ekan Alloh bu muammoni ham bir zumda oson qilib qo'ydi.

Men talabalarga jumaga boring deyman, chunki birinchidan bu farz, ikkinchidan domlaning ma'ruzasini eshitib oq-qora, harom-halolni yanada yaxshiroq tushunamiz. Alloh barchamizning ham dunyoviy, ham diniy ilmimizni ziyoda qilsin, Amiyn!
O'zMU va TDTU talabalariga yuborib qo'ying, endi jumaga borishsa darsga kechikishmaydi!

P.S: Bu barcha masjidlarda vaqtli o'qiladi degani emas, faqatgina Mirza G'olib jom'e masjidida shunday.
@Izzatkhoja

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
9.0K viewsedited  19:20
Ochish/sharhlash
2021-02-19 21:32:09
#madhiyamizfaxrimiz
Indoneziyaning eng taniqli va mashhur "Gunadarma" talabalar xori O‘zbekiston davlat madhiyasini jonli ijro etishdi.

Yurtingiz madhiyasining boshqa yurt vakillari tomonidan ijro etilishi o'zgacha faxr bag'ishlaydi, to'g'rimi? Yurtimiz tinchligiga ko'z tegmasin! Madhiyamiz doim dunyo arenalarida yangrayversin!

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
7.4K viewsedited  18:32
Ochish/sharhlash
2021-02-19 19:09:10 Toshkent davlat texnika universiteti talabalari va imom xatib ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Talabalardan quyidagicha savollar bo'lgan:
Juma namoziga chiqqan kunimiz darsga biroz kechikamiz, lekin o'qituvchilar darsga kiritmaydi. Biror joyda namozni qo'yib darsga kirish kerak deb qat'iy belgilanganmi?
Imom: Yo'q bunaqa joyi yo'q, hech kim taqiq ham qo'yolmaydi.

Soqol qo'yish sunnat, lekin institut tomonidan mumkinmas. Shuni nimadir qilsak bo'ladimi?
Savolga dekan va yoshlar yetakchisi javob berishgan, lekin aniq javob bo'lmagan.

Dekan imomdan "Siz nima deysiz? Dars vaqti namoz o'qishi kerakmi yoki darsda o'tirish kerakmi?"
Imom: Men bunga hech narsa deyolmayman, hech qanday fatvo ham berolmayman.

Soqolga ta'qiq borligini, ro'molga esa hech qanday ta'qiq yo'qligini aytib o'tishgan. (Tushunadigan o'qituvchilar tomonidan soqolli talabalarga ta'qiq qo'yilmagan)

Juma namozi vaqtidagi murabbiylik soatini olib tashlashni iltimos qilishgan, lekin prorektor "yo'q bizga murabbiylik soati kerak, barcha yangiliklar aytiladi" deb javob bergan.

Talabalardan biri "yuqori qavatdan talabalar o'zimiz pul ajratib namozxonalar tashkil qilaylik" deb taklif bergan. Prorektor "bu mening qo'limda emas" deb javob bergan.


Bu dolzarb muammo, izlagan imkonini topadi albatta. Lekin shu o'rinda soqol va hijobni shunchaki boshqa maqsadda niqob qilayotganlar ham bor. Soqol qo'yib oladi, tanaffusda sigaret tutatadi, hijob o'rab olib, tor shim kiyib yuradi. Besh qo'l barobar emas, lekin dilimizdagini bilguvchi faqatgina Allohdir.

Men doim ta'kidlayman, islomni bilgan, amal qilgan odam pora ham olmaydi, Alloh doim ko'rib turishini his qiladi va gunohlardan tiyiladi.
Ham dunyoviy ham diniy faoliyatni teng olib borish kerak, chunki ular qushning ikki qanoti kabidir, bir qanot bo'lmasa qush ucha olmaydi, xuddi shu kabi insonlarni ham yashashidan ma'no bo'lmaydi. Ilm olish, halolda rizq topish uchun mehnat qilish ham aslida ibodatdir.
@Izzatkhoja

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
7.4K viewsedited  16:09
Ochish/sharhlash
2021-02-19 10:40:24
Bugun internetda tarqalgan xabar yuzasidan Toshkent davlat texnika universiteti Mashinasozlik fakulteti dekan muovini Bahrom Ibragimov bilan bog'lanib, yuqoridagi xabarga aniqlik kiritdim.

Hozirda barcha OTMlarda imom xatiblar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Bugun soat 14:00da Mashinasozlik fakulteti talabalari bilan Hazrati Imom jom'e masjidi imom xatibi ishtirokida uchrashuv tashkil etiladi. Unda namoz o'qish, soqol qo'yish hamda hijob o'rashning tartib-qoidalari, nima mumkin-u nima mumkin emasligi shariat hukmi bo'yicha imom xatiblar tomonidan batafsil tushuntiriladi. Bunday uchrashuvlar barcha OTMlarda reja-grafik asosida tashkil etib kelinmoqda.

P.S: Bu uchrashuvlardan maqsad menimcha nimanidir cheklash yoki taqiqlash emas, balki diniy me'yorlarga amal qilgan holda bajarish, noto'g'ri yo'llarga kirib ketmaslik bo'yicha talaba-yoshlarga tushunchalar berishdir. Shuning uchun bundan xabarlarni noto'g'ri tushunmaslikni so'rab qolardim. Juma ayyomi barchangizga muborak bo'lsin!
@Izzatkhoja
6.7K views07:40
Ochish/sharhlash
2021-02-18 22:41:25
«Xudoga shukr, oldinlari azonni eshitarmidik? Qanday quloqqa yoqimli!» – ta’kidladi davlat rahbari

Namangan shahridagi xonadonlardan birida mehmon bo‘lgan prezident xonadon ahli bilan muloqot qilayotgan chog‘da shu yaqin atrofdagi masjidda azon yangradi.

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
7.1K views19:41
Ochish/sharhlash
2021-02-17 22:41:00Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi rasmiy sahifalariga obunachilar majburiy jalb qilinmoqdami?

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda edu.uz sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga aʼzolikni koʻpaytirish boʻyicha OTMlarga alohida kunlar belgilangani haqidagi NamDU xodimi yozgan xabar tarqaldi. NamDU rasmiy kanali ham o'z navbatida vazirlik kanalini rejaga ko'ra 17-fevral kuni targ'ibot qilgan (rasm pastda berilgan).

Vazir Abduqodir Toshqulov rektorlar bilan zoom orqali o'tkazgan majlisida bu masalaga to'xtalib o'tgandilar, ya'ni ma'lumotlarni blogerlardan oldin yoritish, talabalar va ularning ota-onalari asosli ma'lumotlarni tezkor tarzda vazirlik rasmiy sahifalaridan olishlari kerakligini aytgandilar. Vazirlik sahifalarini har kuni reja-grafik asosida OTM sahifalarida targ'ibotini olib borish ta'kidlangan. Bu vazifa berilgani rost, lekin menimcha avval vazirlik sayti va sahifalari faoliyatini qayta ko'rib chiqish kerak.

Ma'lumotlarni qanchalik sir saqlashga harakat qilishmasin baribir u tarqaladi. Deylik bu yilgi nomdor stipendiya sohiblari ro'yxati nega vazirlik sahifasida @talabayoshlar sahifasidan roppa-rosa 25 soat kech e'lon qilindi? E'lon qilinganda ham umumiy ro'yxat emas, shunchaki nechta talaba stipendiant bo'lgani haqida ma'lumot berilgan xolos. Aslini olganda necha kishi stipendiant bo'lishi 1 yil oldin aniq bo'lgan, ya'ni kvota e'lon qilingan edi. Bu kvotani ham @talabayoshlar sahifasi edu.uz'dan oldin e'lon qilgan! Bu shunchaki dengizdan tomchi, ijtimoiy tarmoqda oliy ta'lim tizimini yoritib boruvchi @talabayoshlar kabi tezkor kanallar ko'plab topiladi.

Vazirlik matbuot xizmatida atigi 3 kishi faoliyat olib boradi: matbuot kotibi (hozir kimligi noma'lum, ma'lumotlarga ko'ra Farhod Babashev vazifasidan ozod qilingan), sahifalarga ma'lumot joylaydigan mutaxassis va fotograf. Menimcha 3 kishi ancha kamlik qiladi.
Vazirlik matbuot bo'limi aslida OTM sahifalarini ham nazorat qilishi shart, Respublikada 132 ta OTMdan 40tasida hatto telegram sahifasi yo'q. Borlarida ham aksariyatida keraksiz bo'lgan hisobotlar berib boriladi. Yaxshi faoliyat olib boradiganlari umumiy hisobda 30% ham chiqmasa kerak.

Vazirlik sahifasidagi videoroliklarning
aksariyatini vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi xodimlari tayyorlab beradi, lekin ular aslida o'zlariniki bo'lmagan shu qo'shimcha ishni qilib ham arzimagan 1.3 million oylik oladi (xodimlarning barchasi oliy ma'lumotli), vazirlik matbuot xizmati xodimlari esa kamida 5 million atrofida oylik olishsa kerak. Men bu yerda adolatni ko'rmayapman. Ishlayotganlar chetda qolib ketmoqda!

Qisqacha aytganda vazirimiz Toshqulovning fikrlariga qo'shilaman, oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimida aloqador barchani (talabalar, ota-onalar, abituriyentlar, kollej, litsey, texnikum o'quvchilarini) sahifaga jalb qilish zarur. Ammo ular buni majburiy tarzda qilinsin deb topshiriq berganlar deb o'ylamayman, bu "innovatsion g'oya" vazirlikdagi "sallasini olib kel desa, kallasini olib keladiganlar"dan chiqqan bo'lsa kerak. Avvalo vazirlik matbuot tizimini qayta yo'lga qo'yish kerak. Matbuot xizmati vakillari sonini oshirish lozim. Kerak bo'lsa biz kabi kuzatuvchisi ko'p bo'lgan, faol, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash tajribasiga ega talaba blogerlarni ishga olishsin.

Bir haftadan beri vazirimiz bilan aloqaga chiqishga urinaman, vazirga murojaat botiga yozdim, ammo u botga yozadiganlar kuniga 1000lab topiladi va vazirimiz jismonan ham bir o'zlari o'qib ulgurmaydilar. Telefon raqamlarini ham tanishlarimdan surishtiryapman, vazirimizga alohida aytiladigan takliflarim bor.

Sizlardan shu postni tarqatishingizni so'rayman
, balki vazirimizga yetib borsa, ular bilan uchrashishga muyassar bo'larman. Men aniq bilamanki, talabalarda barcha muammolar uchun optimal yechimlar bor va ta'lim tizimini isloh qilishda biz birga harakat qilishimiz zarur.
@Izzatkhoja

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
8.9K views19:41
Ochish/sharhlash
2021-02-17 07:13:21 Talabalar uchun GRANT dasturlar. Ishtirok eting va yaxshigina pul yutuqlarini ham qo'lga kiriting:

The international poster competition of Chaumont: posterlar tanlovida ishtirok eting va 3000 yevro yutib oling!
Batafsil o'qish

Ijtimoiy reklama roliklari uchun Выбери жизнь tanlovi: mokofot – 2 million 791 ming so’mgacha!
Batafsil o'qish

Imagine 2200 tanlovi: kelajak haqida hikoyalar uchun 3 000 AQSh dollarigacha pul mukofoti!
Batafsil o'qish

Tanlov: o’ziga xoslikni ifodalovchi rasm chizib, 1000 AQSh dollari yutib oling
Batafsil o'qish

Rasm chizishni yoqtirasizmi? Rasmlar to’plam kitobiga muqova chizing va 1421 AQSh dollari yutib oling!
Batafsil o'qish

Transversalities Project 2021: Fotosuratlar tanlovida ishtirok eting va 1500 yevro yutib oling!
Batafsil o'qish

Istanbul Photo Awards: yangiliklar aks etgan fotosuratlar tanlovida ishtirok eting va 6 000 AQSh dollari yutib oling!
Batafsil o'qish


Kanalimiz orqali berib borilayotgan aksariyat grantlarda ishtirok etish uchun ingliz tilini bilish shart. Agar siz dunyo tillaridan birini bilmasangiz hech qachon kech emas, bugunoq o'zingiz o'rganishni boshlang. YouTube tarmog'iga "Ingliz tilini 0 dan o'rganish" deb yozsangiz sizga bir dunyo tekin darslarni chiqarib beradi. Ingliz tilini bepul, mustaqil o'rganishimgiz mumkin.
Kelajakda afsuslanmaslik uchun bugun harakat qiling!
@Izzatkhoja

TalabaYoshlar sahifasiga a'zo bo'ling
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
10.0K viewsedited  04:13
Ochish/sharhlash