Get Mystery Box with random crypto!

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov T
Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov
Kanal manzili: @talabayoshlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 39.71K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz!
- Ta'lim yangiliklari;
- Talabalar muammolari;
- Abituriyentlarga tavsiyalar.
🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot
Reklama xizmati: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 30

2021-02-16 11:28:50 #yiltalabasi2020 #taqdirlash
Bugun Samarqand shahri “Yoshlar markazi”da Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yil talabasi” Respublika tanlovi g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tanlovning birinchi bosqichida jami 7000 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etib, jami 427 ta hujjat respublika bosqichiga saralandi. Yakunda tashkiliy qo‘mitaning xulosaga ko‘ra 21 nafar talaba g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Bundan tashqari 14 nafar talaba lauriyat va 6 nafar talaba faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.
Tanlovda g‘olib bo‘lgani iqtidorli talabalar pul mablag‘i, maxsus diplom va plaketkasi bilan mukofotlanadi.

Tanlovning “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominasiyasi bo‘yicha:
Po‘latov Ma’rufjon Davlatbek o‘g‘li ADTI talabasi ;
Qurbonov Nuriddin Panji o‘g‘li FarJSTI talabasi ;
Shayxislomov Nursulton Zamon o‘g‘li CHDPI talabasi;

“Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi” nominasiyasi bo‘yicha:
Axmadaliyeva Nilufar Qobuljon qizi MRDI talabasi;
Qayumov Abdumalik Abdukamol o‘g‘li JizPI talabasi;
Ne’matov Qosimbek Komiljon o‘g‘li QarMII talabasi;

“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominasiyasi bo‘yicha:
Abdurashidov Abdurauf Abdurashid o‘g‘li ADTI talabasi;
Qaxxarova Madina Muzaffarovna TDIU talabasi;
Raxmonberdiyev Islombek Hayrulla o‘g‘li FarPI talabasi;

“Yilning eng faol sportchi talabasi” nominasiyasi bo‘yicha:
Darmenbayeva Klara Azatbay qizi QorDU ralabasi:
Shoxnazarov Umarbek Shavkat o‘g‘li TerDU talabasi;
Taylonov Odil Kamol o‘g‘li SamDAQI talabasi;

“Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominasiyasi bo‘yicha:
Avezov Mirzo Ulug‘bek Komiljon o‘g‘li O'zDSMI talabasi;
Yo‘ldoshev Sarvar O‘ktamboy o‘g‘li UrDU talabasi;
Allamuratov Azizbek Sultanbekovich O'zDSMI NF talabasi;

“Yilning eng faol bloger talabasi” nominasiyasi bo‘yicha:
Karimov Umid Komilovich QarMII talabasi;
Ergashaliyev Shaxzod Muzaffar o‘g‘li NamDU talabasi;
Rajabov Eliyor Xoliyorovich ToshDO'TAU talabasi;

“Yilning eng namunali tadbirkor talabasi” nominasiyasi bo‘yicha;
Mirvaliyeva Moxinur Doniyor qizi TMI talabasi;
Usmonova Dilnoza Hamraqulovna TDAU talabasi;
Eshquvvatova Nodira Abdullayevna SamISI talabasi.

Tanlov laureatlari:
Abdusalimova Dinora Shovkat qizi MRDI talabasi;
Tashtemirova Farangiz Shodi qizi MRDI talabasi va biriktirilgan mas'ul;
Komilova Mushtariy Ramz qizi TDPU talabasi va biriktirilgan mas’ul;
Gadoyboyeva Nigora Soibjon qizi TATU talabasi va biriktirilgan mas’ul;
Abdixakimov Islombek Baxodir o‘g‘li TDYU talabasi va biriktirilgan mas’ul;
To‘xtamurodova Hilola Mashrabjon qizi TTYeSI talabasi va biriktirilgan mas’ul;
Ravshanova Gulhayo Azamatovna NavDPI talabasi va biriktirilgan mas’ul;
Husenov Xurshid Xizmat o‘g‘li NDKI talabasi va biriktirilgan mas’ul;
Gʻulomov Jasurbek Jo‘raxon o‘g‘li ADU talabasi va biriktirilgan mas’ul;
Aslonov Shaxram Sherzod o‘g‘li SamDChTI talabasi;
Usmanova Nurinisso Olimovna SamDU talabasi;
Mirzaraximov Xasanjon Gulomjon o‘g‘li FarPI talabasi va biriktirilgan mas’ul;
Latipov Adilbek Polatbayevich QorDU talabasi va biriktirilgan mas’ul;
Raxmatov Dilmurod Rustam o‘g‘li O'zMU JF talabasi va biriktirilgan mas’ul.

Faxriy yorliq bilan taqdirlangan talabalar:
Kuvatova Gulbonu Murodullayevna O'zMU talabasi va biriktirilgan mas’ul;
Kamildjanov Muxammadjon Ne’matdjonovich BuxDU talabasi va biriktirilgan mas’ul;
Bo‘ronov Nozim Mustafaqulovich O'zDJTU talabasi va biriktirilgan mas’ul;
Niyazova Nozimabegim Feruzbekovna TDSI talabasi va biriktirilgan mas’ul;
Ibrohimova Dilnoz Botirovna BuxDTI talabasi va biriktirilgan mas’ul;
Imomova Dildora Shuxrat qizi JizPI va biriktirilgan mas’ul.

TalabaYoshlar sahifasiga a'zo bo'ling
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
9.2K views08:28
Ochish/sharhlash
2021-02-16 11:28:44
6.2K views08:28
Ochish/sharhlash
2021-02-16 10:27:04O‘zbekistonga nechta elektromobil olib kelingan?

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda O‘zbekistonga xorijdan 131 ta elektromobil import qilingan.
2018-yilda – 13 ta
2019-yilda – 39 ta
2020-yilda – 131 ta

O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?
Xitoy – 92 ta
Koreya Respublikasi – 13 ta
Gruziya – 7 ta
AQSH – 7 ta
Germaniya – 5 ta
Boshqa davlatlardan – 7 ta

Ma’lumot o‘rnida, 2020-yilda import qilingan elektromobillar uchun 2,9 million AQSH dollari sarflangan.
Manba

Sahifamizga a'zo bo'lish uchun:
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
6.3K views07:27
Ochish/sharhlash
2021-02-16 07:46:16
Yashash uchun yaxshi qoidalar:

• Hamma narsa uchun minnatdor boʻling.
• Mehribon boʻling.
• Foydali boʻling.
• Kuchli boʻling.
• Sevuvchi boʻling.
• Hurmatli boʻling.
• Hech qachon qoʻrqmang.
• Xavfsiz boʻling.
• Baxtli boʻling.
• Sogʻlom boʻling.
• Sadoqatli boʻling.
• Ishonchli boʻling.
• Kamtar boʻling.
• @TalabaYoshlar sahifasiga a'zo bo'ling.

Sahifamizga a'zo bo'lish uchun:
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
6.9K viewsedited  04:46
Ochish/sharhlash
2021-02-15 12:34:05
Vazirlar Mahkamasining “International School of Finance and Technology (ISFT) universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari:
xalqaro buxgalteriya hisobi va audit, biznes boshqaruvi, moliyaviy tahlil, moliyaviy risk boshqaruvi hamda boshqa sohalarda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
yetakchi xorijiy oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan keng hamkorlikni amalga oshirish;
O‘zbekistondagi korxonalar xodimlarining malakasini oshirish, xorijning ilg‘or ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilish;
ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish.


Universitet Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Salor” shaharcha fuqarolar yig‘ini, Oliygoh ko‘chasi, 2-uy manzilida tashkil etiladi.

TalabaYoshlar sahifasiga a'zo bo'ling
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
7.0K viewsedited  09:34
Ochish/sharhlash
2021-02-14 22:50:39
#MendirmanJaloliddin 1-qism (14.02.2021)

Mahmud Yalavach: Jaloliddin, o'zingizga o'xshagan arslon ovlabsiz, tasanno...
Jaloliddin: Adashasiz, agar u menga o'xshaganida qafasga tushmagan bo'lar edi!

Bugun premyera, 1-qismni ko'rdik. Filmga shaxsan men maksimum ball berdim. Serialni ko'rib o'zbek bo'lganimizdan faxrlanib ketdim. O'zbek kinosida yangi davr boshlanganidan, aktyorlarimiz xalqaro maydonlarga chiqayotganidan juda xursandman. Endi yosh ukalarimiz, men Jumong yoki Jangbogoman deb emas, men Jaloliddinman deb ulg'ayishadi, tariximizni kitobdan o'qib emas, filmlar orqali tasavvur qilib o'rganishadi.
Bu hali boshlanishi va bu ishlarni davomli bo'lishini Allohdan so'rab duo qilamiz.

Mayli bosh rolni turk aktyori o'ynasin, mayli filmni turk kinokompaniyasi olsin, asosiysi, bu film o'zbek sarkardasi, madaniyati va tarixi haqida!
O'zbek xalqi uchun juda xursandman, mendirman Jaloliddin!
@Izzatkhoja

TalabaYoshlar sahifasiga a'zo bo'ling
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
8.3K viewsedited  19:50
Ochish/sharhlash
2021-02-14 18:23:35
Bugun soat 20:30da “Milliy” telekanalida «Mendirman Jaloliddin» seriali namoyishi boshlanadi

TalabaYoshlar sahifasiga a'zo bo'ling
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
8.0K viewsedited  15:23
Ochish/sharhlash
2021-02-14 15:53:31 ​ Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti talabalari OTM rahbariyatidan norozi Hozir institut talabalaridan murojaatlar kelib tushdi, quyidagi skrinshotlar pediatriya fakulteti starostalar guruhidan olingan va unda fakultet dekani Ш.Байрам va zamdekan Мавлянов…
8.5K viewsedited  12:53
Ochish/sharhlash
2021-02-14 07:42:28
14-fevral siz uchun qanday kun?

korrespondent.uz sahifasi aholi orasida so'rovnoma o'tkazdi, javoblarni eshitib na kulishni, na yig'lashni bilasiz...

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
8.5K views04:42
Ochish/sharhlash
2021-02-13 23:26:19Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti talabalari OTM rahbariyatidan norozi

Hozir institut talabalaridan murojaatlar kelib tushdi, quyidagi skrinshotlar pediatriya fakulteti starostalar guruhidan olingan va unda fakultet dekani Ш.Байрам va zamdekan Мавлянов Санжар tomonlaridan talabalarga yakshanba kuni imtihonga kelishlari kerakligi ta'kidlangan. Ma'lumot berishlaricha, Qoraqalpog'iston tibbiyot institutining barcha fakultet talabalariga yakshanba kuni imtihon qo'yilgan.

Talabalarning aytishicha, imtihonlar ham belgilangan jadval bo'yicha bo'lmas ekan. Rasmda o'rtada turgan skrinshotda qaysidir guruh starostasi Алишер Мустафаев 19:00da ham auditoriyada imtihon boshlanishini kutib o'tirishgani haqida yozgan (balki ular kechgi ta'lim shaklida o'qiydi deb yaxshi gumon qilamiz). Bundan tashqari imtihon shakli ya'ni og'zaki, yozma yoki test ekanligi ham imtihon boshlangach aytilar ekan. Qisqacha aytganda imtihonlar jadvali "bir tiyinga qimmat" qog'oz ekan...

Tartib bo'lmagan joyda rivojlanish bo'lmaydi, agar tartib o'rnatishga Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti rektori yoki rahbariyat vakillarining imkoniyati yetmasa, marhamat joyligini bo'shatib qo'yishsin.

Shaxsan men, 14-fevral kuni ish yoki o'qish deb e'lon qilingan Prezident farmonini ko'rmadim, chunki bunday qarorning o'zi yo'q. OTM professor-o'qituvchilarini ham yakshanba kuni imtihon olish uchun ishga chaqirish mehnat qonunchiligiga to'g'ri kelmaydi. Bunday holat istisno tarzida bo'lsa, xodimlarga 2 barobar ko'p haq to'lansagina mumkin.
Yakshanba dam olish kuni, talabalar ham, OTM xodimlari ham boshqa ishlarini shu kunga rejalaydilar. Dam olish har bir fuqaroning qonuniy huquqi.

P. S: Menga murojaat qilgan talabalarni izlamang, agar ularga bosim o'tkazilsa bu masala yanada jiddiy tus oladi. Hozircha muammoni vazirlik mas'ullariga yuboraman va OTM rasmiylaridan munosabat kutaman!
@Izzatkhoja

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
10.2K views20:26
Ochish/sharhlash