Get Mystery Box with random crypto!

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov T
Telegram kanalining logotibi talabayoshlar — Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov
Kanal manzili: @talabayoshlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 37.74K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz!
- Ta'lim yangiliklari;
- Talabalar muammolari;
- Abituriyentlarga tavsiyalar.
🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot
Reklama xizmati: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 24

2021-12-29 08:05:04 Oliy taʼlim tizimidagi islohotlar: 2021-yil natijalari va istiqboldagi rejalar
Batafsil o'qish

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
3.0K views05:05
Ochish/sharhlash
2021-12-29 07:03:12
Nodirbek Abdusattorov – tezkor shaxmatda jahon chempioni!

U 10-turda amaldagi jahon chempionini taslim qildi, so‘nggi, 13-turdan keyin g‘olib tay-brekda aniqlanadigan bo‘ldi va hal qiluvchi bahsda yana bir asosiy favorit Yan Nepomnyashiy mag‘lub etildi.

Mukofot jamg‘armasi 1 mln dollar bo‘lgan turnirda (rapid va blits) g‘olib shaxmatchi 60 ming dollarni qo‘lga kiritadi. U rapid yo‘nalishida jahon chempioni bo‘lgan eng yosh shaxmatchi sifatida tarixga kirdi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev eng yosh jahon chempioniga aylangan Nodirbek Abdusattorovga o‘zining eng samimiy tabriklarini yo‘llagan hamda uning ota-onasi va murabbiylariga minnatdorchilik bildirgan.

Nodirbek Abdusattorov 2004-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, 13 yoshida grossmeyster bo‘lgan. 2012-yilda o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘z yosh toifasida (8 yoshgacha) tengsiz bo‘lgandi.

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
3.9K viewsedited  04:03
Ochish/sharhlash
2021-12-28 19:52:03
Shaxmat bo'yicha 17 yashar o'zbek yigiti Nodirbek Abdusattorov "shaxmatning Messi"si hisoblangan Magnus Karlsenni turnir doirasida mag'lub etdi!

Sen esa haliyam PES, PubG o'ynab o'tiribsan, kamiga sevgi...


Nodirbekning keyingi raqibi 15 yoshli hindistonlik grossmeyster Gukesh Dommaraju! Hozircha hamyurtimiz 1-o'rinda bormoqda. Bugun jahon chempioni nomi aniq boʻladi!
Turnirni onlayn kuzatish

Hamyurtimizga omad tilaymiz, ilohim yuzi yorugʻ boʻlsin!

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
2.3K viewsedited  16:52
Ochish/sharhlash
2021-12-28 18:25:29
17 yoshli grossmeysterimiz 5 karra jahon chempioni Magnus Karlsenni magʻlubiyatga uchratdi

Polshaning Varshava shahrida shaxmatning blits va rapid yoʻnalishi boʻyicha boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 17 yoshli hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen ustidan gʻalabaga erishdi!

Barakalla, Nodirbek! Ota-onangga ming rahmat! Butun dunyo endi bu haqda bong urmoqda, nasib qilsa Jahon chempionligi sari oz qoldi!

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
3.4K viewsedited  15:25
Ochish/sharhlash
2021-12-28 16:16:36 Bilimingizni sinab ko'ring!
LEV TOLSTOY jumbog‘i

Mashhur rus yozuvchisi bu masalani 2-sinf o‘quvchilari uchun o‘ylab topgan. Lekin hozir uni yuqori sinf o‘quvchilarining 30 foizi, oliy o‘quv yurti talabalarining 20 foizigina to‘g‘ri yecha olar ekan. Hatto har kuni pulni pulga urib ko‘paytiradigan, hisob-kitob bilan tinimsiz shug‘ullanadigan savdogarlaru buxgalterlar ham ko‘pincha xato qilishadi. Mana o‘sha masala:

“Savdogar qalpoq sotyapti, 10 so‘mdan. Bir xaridor keldi, kiyib ko‘rib, sotib olmoqchi bo‘ldi. Lekin uning 25 so‘mligi bor ekan, xolos. Sotuvchi o‘sha 25 so‘mni bir bolakayga berib, maydalab kelish uchun qo‘shninikiga jo‘natdi. Bola pulni 10+10+5 so‘mlik qilib maydalab keldi. Savdogar qalpoqni va 15 so‘m qaytimni haligi kishiga berdi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, pulni maydalab bergan qo‘shni keldi va 25 so‘mlik qalbaki ekanini aytdi. Ilojsiz qolgan sotuvchi unga pulini qaytarib berdi.
Savdogar jami bo‘lib qanchaga tushgan?”

Qani, Siz ham bir urinib ko‘ring-chi, buyuk yozuvchining ushbu oddiygina jumbog‘ini yecha olasizmi?

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
7.7K views13:16
Ochish/sharhlash
2021-12-28 06:14:39 2022/2023-oʻquv yilidan moliyaviy mustaqil davlat OTMlariga quyidagi vakolatlar berildi:

chet el fuqarolari oʻqishini xorijdan davlat OTMlariga koʻchirish;
qabul komissiyalari tarkibi, imtihon fanlarini tasdiqlash;
kiyim-boshga doir talablarni, oliygohdagi forma tartibini belgilash.
oʻqish davomiyligi muddatini belgilash;
magistratura uchun sirtqi, masofaviy va kechki taʼlimni joriy etish;
oʻz grafigi asosida darsliklar hamda boshqa oʻquv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish;
taʼlim sifatini ichki nazorat qilish;
yangi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni ochish, amaldagilarini tugatish;
masofaviy taʼlimni ochish.

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
8.4K viewsedited  03:14
Ochish/sharhlash
2021-12-27 15:29:37 ​​#O‘qishni_ko‘chirish
MUHIM: 2021/2022-O‘QUV YILIDA UZRLI SABABLARGA KO‘RA O‘QISHINI KO‘CHIRISH ISTAGIDA BO‘LGAN FUQAROLAR DIQQATIGA!!!

Bahorgi semestrda uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy ISHCHI GURUHLARI faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Hududiy ishchi guruhlari 2022-yilning 20-yanvar kuniga qadar (shu kuni ham) soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba va bayram munosabati bilan belgilangan sanalar – dam olish kuni; shanba - soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat ko‘rsatadi.

Qayd etilgan nizomga muvofiq fuqarolar bahorgi semestrda quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin.

2021/2022-oʻquv yili mobaynida:
respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan (doimiy ro‘yxatdan o‘tgan) hududga ko‘chib o‘tganda;
turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;
ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.


Ushbu sabablardan boshqa holatlarda fuqarolar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’i nazar bevosita muayyan OTMga taqdim etiladi.

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
8.7K viewsedited  12:29
Ochish/sharhlash
2021-12-26 09:49:10
Bu ketishda oʻtganlarni mana shunday eslamasak boʻldi:

* Xudo rahmatli doim onlayn edi;
* Umrida birovga spam bosmagan;
* Birortasini kommentda xafa qilmagan;
* Hayotida xech kimdan layk qizgʻonmagan;
* Doim boylarni postini ulashar edi. Kambagʻallarnikini esa ignor qilardi;
* Joyi Jannatda boʻlgur Telegramda oʻtirganda joni uzildi.

P.S.: Toʻgʻri kulgulidir lekin xar birimiz oʻzimiz uchun kerakli xulosa chiqarishimizga arziydi.

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
5.1K viewsedited  06:49
Ochish/sharhlash
2021-12-25 17:41:09 Qishki ta’tilning boshlanish sanasi o‘zgardi

Talaba va o‘quvchilarga qo‘shimcha imkoniyat va qulaylik yaratish maqsadida, xususan, talabalarni doimiy yashash joylariga borish va qaytishi uchun ichki temiryo‘l va aviaqatnovlarga chiptalarni maxsus 50 foizli chegirma bilan xarid qilish imtiyozi 25-dekabrdan e’tiboran qo‘llanishi belgilandi.

Shu munosabat bilan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 25-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘iga asosan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddatining boshlanishi ham 2021-yilning 25-dekabriga ko‘chirilganligi ma’lum qilinadi.

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
6.5K views14:41
Ochish/sharhlash
2021-12-25 15:04:54
Bir talaba ko'zida yosh bilan ustozni oldilariga keldi... Shunaqa talabalar ko'paysin
Ustoz Ishoqjon domla Muhammad

@TalabaYoshlar – O'zbekiston talabalari sahifasi
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
4.1K views12:04
Ochish/sharhlash