Get Mystery Box with random crypto!

​​O‘zbekistonda koronavirusning yangi turi “britancha shtamm”i | Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

​​O‘zbekistonda koronavirusning yangi turi “britancha shtamm”i qayd etildi

10 yoshli poytaxtlik fuqaro Sh. (qiz bola) oila a’zolari bilan birgalikda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga safar qilib, 2021-yilning 23-yanvar kuni Toshkentga qaytgan.

O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, xalqaro aeroportda fuqarodan ekspress usulida test olinganda, unda musbat natija qayd qilingan. Shundan so‘ng, bemor zudlik bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tez yordam mashinasida olib kelingan. Shifoxonada o‘sha kunning o‘zida funksional-klinik tekshiruvlardan o‘tkazildi va unga “COVID-19”ning simptomsiz kechishi tashxisi qo‘yildi.

Yurtdoshlarimizdan zarurat bo‘lmaganda chet el safarlariga vaqtincha chiqmay turishlarini so‘raymiz.

Aziz yurtdoshlar! O‘zingiz va yaqinlaringizni asrang! Salomatligingiz o‘z qo‘lingizda!

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM