Get Mystery Box with random crypto!

Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy R
Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.92K
Kanalning ta’rifi

📝Murojaat uchun: @Matbuotga
Telegram: t.me/RespublikaBolalarKutubxonasi
Facebook: fb.com/respublika.bolalar.kutubxonasi
Instagram: instagram.com/respublika_bolalar_kutubxona
Veb-sayt: https://kitob.uz/

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 8

2023-04-24 09:37:04


Kitob - aqliy tanballigimiz bilan kurashishimizda bizga ko‘maklashuvchi tafakkur quvvati. Fikrlash qobiliyatimizni harakatga kelturuvchi ixchamgina quroldir.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
3.2K views06:37
Ochish/sharhlash
2023-04-23 02:59:26
23-aprel – Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni!

1996-yil O‘zbekiston Respublikasi boshchiligida 300 dan ortiq vakillarimiz ishtirokida YUNESKOning Parij shahridagi bosh qarorgohida “Amir Temur va temuriylarning insoniyat sivilizasiyaga qo‘shgan hissasi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya yakunida YUNESKO tomonidan 23-aprel — "Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni" deb belgilandi. Har yili ushbu kun dunyo jamoatchiligi tomonidan bayram sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Kitob madaniy xilma-xillik dunyosiga darcha, bu vaqt va makonda turli sivilizatsiyalarni birlashtiruvchi ko‘prikdir.

Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kunini nishonlar ekanmiz, har bir davlat madaniyatini saqlash va yuksaltirishda kitoblarning muhim ahamiyatiga alohida e’tibor qaratishimiz kerak.

Zero, kitob insoniyatning madaniy merosini himoya qilish va boyitish borasidagi umumiy harakatlarimizning eng yaxshi yordamchisidir.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.8K views23:59
Ochish/sharhlash
2023-04-21 06:52:07
Аssalomu alaykum, aziz va qadrli yurtdoshlar!

Bugun hammamiz uchun nihoyatda ulug‘ kunlardan biridir. Butun musulmon olami qatori mamlakatimiz xalqi ham Ramazon hayitini keng nishonlamoqda.

Shu munosabat bilan Siz azizlarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi ushbu Ramazon hayiti bilan chin dildan tabriklaydi.

Аziz yurtdoshlar!
Ramazon hayiti mehr-muruvvat, xayr-saxovat, ezgulik bayramidir.

Yana bir bor Siz azizlarni Ramazon hayiti bilan chin dildan muborakbod etamiz. Sizlarga sihat-salomatlik, uzoq umr tilaymiz.

Yaqinlarimiz bilan farovon hayot kechirib, el-u yurt ravnaqi uchun xizmat qilish barchamizga nasib etsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin, azizlar!

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.0K viewsedited  03:52
Ochish/sharhlash
2023-04-20 12:15:53
#Kitobxonlik

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan “60 daqiqa kitobxonlik” loyihasi orqali ijodkor va san’atkorlar hamda ilm-fan namoyandalari bilan bevosita suhbatlar davom etmoqda.

Bugungi onlayn davra suhbatimiz mehmoni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, "Gulxan" jurnali bosh muharriri, bolalar ijodkori Zahro Hasanova bo‘ldi.

Kitob o‘qiydigan insonlar hayotda ham faol, tirishqoq bo‘lishadi. Suhbat davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni haqida batafsil to‘xtalib, bir-biridan chiroyli ma’no-mazmunga ega bo‘lgan she’rlar o‘qildi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.6K views09:15
Ochish/sharhlash
2023-04-20 08:12:25
#Kitob_haqida_gaplashamiz

OQ NILUFARLAR YURTIDA

Ushbu kitobda bir millat uyg‘onishiga guvoh bo‘lgan Grigoriy Petrovning kelajak haqida kuzatuvlari va kuzatgan voqealari mavjud.

O‘z hayotini Rossiya, Bolgariya, Yugoslaviya va Fransiya kabi mamlakatlarda o‘tkazgan yozuvchi olti yuz yil davomida Shvetsiyaning, so‘ngra Rossiyaning mustamlakasi ostida kambag‘al va mazlum hayot kechirgan Finlandiyaga uyushtirgan ko‘plab sayohatlarida ko‘rgan Fin xalqining milliy uyg‘onishini bu kitobda keltirib o‘tgan.

Milliy uyg‘onishga olib boradigan yo‘l yuksak axloq, mehnatsevarlik va ishlab chiqarish orqali o‘tadi va bu faqat poydevori mustahkam bir taʼlim tizimi bilan qilinishi mumkin.

Afsuski, taʼlim tizimini mustahkam poydevor asosida qura olmaydigan jamiyatlarning taqdiri halokatlidir.

Mazkur kitobni o‘qish va uni amalda qo‘llash orqali taʼlim tizimimizning takomillashishiga, mamlakatimizning ilmiy-texnikaviy yuksalishiga katta hissa qo‘shish mumkin.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.8K views05:12
Ochish/sharhlash
2023-04-19 09:57:10
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan “60 daqiqa kitobxonlik” loyihasi orqali ijodkor va san’atkorlar hamda ilm-fan namoyandalari bilan bevosita suhbatlar davom etmoqda.

Bu galgi onlayn davra suhbatimiz 20-aprel soat 12:00 da bo‘lib o‘tadi.

Davra suhbatimiz mehmoni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, "Gulxan" jurnali bosh muharriri, bolalar ijodkori Zahro Hasanova bo‘ladi.

Onlayn uchrashuvga ulanish uchun Zoom havolasi

https://us06web.zoom.us/j/84804279089?pwd=c0VaTWtDS0RiWWs5eTBsNTFXbUh4dz09

Идентификатор конференции:
848 0427 9089
Код доступа: 569753

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.3K views06:57
Ochish/sharhlash
2023-04-19 07:48:20
#Xalqaro_chiqishlar #OAV

Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan "Ijodkor bolalar" to‘garagida respublikamizning turli hududlarida ijod qilayotgan yosh ijodkorlar yig‘ilgan bo‘lib, ular o‘rtasida "Kun mutolaasi", "Haftaning eng yaxshi ijodkori", "Viktorina vaqti" va mahorat darslari o‘tkazib kelinmoqda.

Ushbu to‘garak ko‘plab istedodlarni kashf qildi. Shunday yosh iste'dodlardan biri Farg‘onalik o‘quvchimiz Farzona Hoshimovadir. Uning "Goog people, stay safle" deb nomlangan elektron kitobi Buyuk Britaniyada chop etilib, hozirda internet saytlarida dunyo bo‘ylab xalqaro sotuvga qo‘yilgan.

"Respublika bolalar kutubxonasi qoshida ochilgan «Ijodkor bolalar» to‘garagiga a’zo bo‘lganimdan beri muntazam onlayn saboqlar olayapman. To‘garagimiz rahbari, ustozim Dilnoza opani biror marta ko‘rmagan bo‘lsam-da, ularni juda yaxshi ko‘raman. Kelajakda ustozlarimdek el nazaridagi jurnalist bo‘lish asosiy maqsadim! O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yaxshi insonlar menga maslakdosh bo‘lishar ekan, orzularimga erishish uchun o‘qib-o‘rganishni eng katta maqsadim, deb bilaman. Yaxshi insonlar, omon bo‘linglar!", - deydi Farzona

Ustozlar uchun esa shogirdlarining mehri va ular tomonidan aytilgan rahmatlar olam-olam quvonch baxsh etadi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.6K views04:48
Ochish/sharhlash
2023-04-18 16:38:51




Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Shuhrat (G‘ulom Aminov) tavalludining 105 yilligi munosabati bilan onlayn viktorina o‘tkaziladi.

Joriy yilning 19-aprel soat 10:35 dan 11:30 gacha bo‘lib o‘tadigan ushbu onlayn viktorinaga qatnashish uchun quyidagi havolaga o‘ting!

https://viktorina.kitobxonlik.uz/

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
5.0K views13:38
Ochish/sharhlash
2023-04-18 08:54:13
#Hikoya_va_tasvir_uyģunligi

Rasm muallifi:
Respublika bolalar kutubxonasi rassomi Fotima To‘ychiyeva

OMADSIZ KUN

Kunlardan bir kuni Vova maktabdan 2 baho olib uyga qaytdi. U o‘zining kayfiyatidan qoniqarsiz baho olganini ota-onasi sezib qolmasliklari uchun xonasiga yugurdi-da, baland ovozda kuylay boshladi. Vovaning ovozini eshitgan ota-onasi eshikdan poylagancha...

Batafsil o‘qish...

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
202 views05:54
Ochish/sharhlash
2023-04-17 14:33:43
#Konstitutsiya

Bolalarni dalalardan maktabga qaytargan tashabbus

Ilgari bolalar dalada paxta terishga majburlangan, maktabda ham tekin ishchi bo‘lgan.

Endi esa bolalar mehnati taqiqlanadi. Bolalar qo‘lida paxta, supurgi, ketmon emas, KITOB bo‘ladi.

Bularning bari — yangilanayotgan Konstitutsiyaning 44-moddasida kafolatlanmoqda.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.6K views11:33
Ochish/sharhlash