Get Mystery Box with random crypto!

Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy R
Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.92K
Kanalning ta’rifi

📝Murojaat uchun: @Matbuotga
Telegram: t.me/RespublikaBolalarKutubxonasi
Facebook: fb.com/respublika.bolalar.kutubxonasi
Instagram: instagram.com/respublika_bolalar_kutubxona
Veb-sayt: https://kitob.uz/

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 23

2023-03-06 06:17:51
Bugun 6-mart, dushanba.

Assalomu alaykum, qadrdonlar! Haftani yaxshi kayfiyat va maqsadli rejalar asosida boshlashni unutmang. Har bir yangi kun, yangi imkoniyat degani. Ushbu yomg‘irli kunda niyatlar ijobati yor bo‘lsin!

Muhtaram azizlar! Vaqtimiz yetarli bo‘lgan paytda kitobxonlikni yo‘lga qo‘yish juda foydalidir.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.4K views03:17
Ochish/sharhlash
2023-03-05 12:07:12


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi har bir o‘quvchi o‘qishi lozim bo‘lgan kerakli kitoblarni tavsiya etadi.

Har bir kitobxon o‘qishi lozim bo‘lgan kitoblar ro‘yxati:

"O‘tkan kunlar"
"Kecha va kunduz"
"Otamdan qolgan dalalar"
"Mehrobdan chayon"
"Ulug‘bek xazinasi"
"Yulduzli tunlar"
"Chinor"
"Farg‘ona tong otguncha"
"Navoiy"
"Shum bola"
"Ko‘hna dunyo"

Ushbu ro‘yxat Respublika bolalar kutubxonasining www.kitob.uz saytidagi mavjud adabiyotlar asosida shakllantirildi.

Kitob.uz da sizlar uchun o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlaridan tashkil topgan 190 nomdagi audiokitoblar joylashtirilgan.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
10.6K viewsedited  09:07
Ochish/sharhlash
2023-03-04 12:19:42


“KITOBXONLIK FESTIVALI”

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, respublika bo‘ylab yil davomida har oyning yakunida viloyatlar ketma-ketligida 2023-yilgi "Kitobxonlik festivali"ga start berilganligini e'lon qiladi.

Ushbu festival doirasida quyidagi kitobxonlik koʻrik-tanlovlari tashkil etiladi va oʻtkaziladi:

“Eng kitobxon maktab”
“Eng  faol kitobxon oʻquvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng kitobxon oila”
“Eng faol kutubxonachi”

Festival davomida “Kitobxonlik haftaligi”, “Kitob sovgʻa qil va maʼnaviyat ulash” kitob aksiyalari, viktorinalar, shoir va yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar, konferensiyalar, maktab kutubxonachilari uchun oʻquv-seminarlar, kitob koʻrgazmasi va davra suhbatlari, sayillar, konsertlar,  sayrtomosha va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.

Barcha kitobxonlarni ushbu festivalga chorlab qolamiz!

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar, diplomlar, sovrinlar va festival ramzlari tushirilgan esdalik sovgʻalari topshiriladi.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
71.9K viewsedited  09:19
Ochish/sharhlash
2023-03-04 11:36:36


Qadrli bolajonlar! Maktabda zilzila vaqtida qanday harakatlanish kerakligini bilasizmi? Keling, bu vaziyatda nima qilish kerakligi bilan birgalikda tanishamiz. Marhamat!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.5K views08:36
Ochish/sharhlash