Get Mystery Box with random crypto!

Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy R
Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.92K
Kanalning ta’rifi

📝Murojaat uchun: @Matbuotga
Telegram: t.me/RespublikaBolalarKutubxonasi
Facebook: fb.com/respublika.bolalar.kutubxonasi
Instagram: instagram.com/respublika_bolalar_kutubxona
Veb-sayt: https://kitob.uz/

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 22

2023-03-08 05:02:05


Assalomu  alaykum  muhtarama  onajonlar,  aziz opa-singillar!
Siz azizlarni, 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin dildan
tabriklaymiz!

Har yili yurtimizga  bahor faslining ilk darakchisi sifatida  kirib keladigan bu bayram mehr-muhabbat, nafosat ayyomi sifatida  shod-u xurramlik bilan nishonlanadi. Muhtarama xotin-qizlarimizga ehtirom, e’zoz va e’tibor koʻrsatiladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi nomidan Sizlarni yana bir bor goʻzallik va nafosat bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Umringiz uzoq, rizq-u nasibangiz ziyoda, iqbolingiz baland boʻlsin. Baxtimizga hamisha omon boʻling. Oilaviy totuvlik, qut-baraka Sizlarni aslo tark etmasin, munis ayollar!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.0K views02:02
Ochish/sharhlash
2023-03-07 10:30:23
Aziz va munis onajonlar va dilbar opa-singillar sohamizning barcha muxtarama ayollari hamda go‘zal qizlari! Barchangizga nafis bahor, muhabbat, go‘zallik, latofat va mehr ramzi bo‘lgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!

Odatda ayolni bahorga, bahorni esa ayolga qiyoslashadi. Zotan o‘lkamiz uzra muattar sepini yoya boshlagan bahorning ilk kunlari aynan xotin-qizlar bayrami bilan boshlanishi ham ramziy ma’no kasb etadi. Ayoli bor oila qut-barakali, fayzli va tarovatli bo‘ladi. Yurtimiz ham, jamiyatimiz ham ayol bilan go‘zaldir.

Siz hamisha el-yurt ardog‘idasiz. Sizning salomatligingiz, baxtingiz, sha’n va huquqingiz biz uchun ko‘z qorachig‘idek azizdir.

Aziz va muxtaram opa-singillar!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.6K viewsedited  07:30
Ochish/sharhlash
2023-03-07 06:22:44
Kitob mutolaasi bu dars emas!

Kitob mutolaasi bola uchun hamda pedagog uchun o‘ta qiziqarli va yoqimli jarayon bo‘lishi kerak.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.2K views03:22
Ochish/sharhlash
2023-03-07 05:57:46
Bugun 7-mart, seshanba.

Assalomu alaykum, qadrdonlar! Omonmisiz? Agar baxt hali ham yoningizga kelmagan boʻlsa, demak u kattagina boʻlib, kichik qadamlar bilan yoʻlga otlangan... U albatta keladi. Kuting va sabr qiling. Maqsadlaringiz tomon olg‘a borishdan hech qachon chekinmang!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.8K viewsedited  02:57
Ochish/sharhlash
2023-03-06 18:42:07 8 nafar o‘quvchi-qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Bugun, 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.

Qarorga ko‘ra, iqtidorli, turli sohalarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarayotgan, intellektual salohiyatini namoyon etib, o‘z g‘oya va tashabbuslarini ilgari surayotgan 28 nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Jumladan, Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida tahsil olayotgan 8 nafar maktab o‘quvchisi hamda bir nafar maktabning ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi ham mazkur mukofotga sazovor bo‘ldi. Mukofot sohibalari bilan tanishing:

Samandarova Barno Tozaboy qizi
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumanidagi 35-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi,

Shokirova Samira Salohiddin qizi - Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi 19-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi,

Suyunova Madina Muhiddin qizi - Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta taʼlim maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi,

Mirzayeva Sadoqat Husniddin qizi - Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanidagi 50-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi,

Ergasheva Nilufarxon Akramjon qizi - Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi,

Ollayorova Sevinchoy Farxod qizi - Xorazm viloyati, Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi,

Abdullayeva Shirin Baxodirovna - Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi 152-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi,

Tuliboyeva Sadoqat Akmurat qizi - Toshkent shahridagi 77-ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi,

To‘rayeva Maʼmura O‘ral qizi - Qashqadaryo viloyati, Nishon tumanidagi 18-umumiy o‘rta taʼlim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi barcha qizlarni yuksak mukofot bilan muborakbod etadi!
1.9K views15:42
Ochish/sharhlash
2023-03-06 15:29:40
Bu insoniy tabiatdir:
Biz eng yomon vaziyatni boshdan kechirmagunimizcha mavqeyimizni aslo ko‘rmaymiz va ega bo‘lgan ne’matlarimizni yo‘qotib qo‘ymagunimizcha hech qachon borini qadrlamaymiz...”

Asardan parcha

Siz Daniel Defoning o‘sha mashhur “Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari” kitobini o‘qiganmisiz? Yoki kinosini ko‘rganmisiz?

Bizning Kitob.uz saytimiz orqali ushbu sarguzashtlarga boy kitobning elektron variantini mazza qilib o‘qishingiz mumkin!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.2K viewsedited  12:29
Ochish/sharhlash
2023-03-06 14:45:16
#Onlayn_mushoira

Bugun, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan 8-mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Sharqning guli - O‘zbek ayoli” nomi ostida onlayn she’riyat kechasi o‘tkazildi.

Ushbu she'riyat kechasida turli viloyatlardan yig‘ilgan ijodkor o‘quvchilar o‘zlarining onalarga bag‘ishlangan go‘zal she'rlari bilan qatnashdilar.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.2K views11:45
Ochish/sharhlash
2023-03-06 09:32:26

Bugun, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan 8-Mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Sharqning guli - O‘zbek ayoli” mavzusida onlayn she'riyat kechasi o‘tkaziladi.

8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Ushbu kunni go‘zal she'rlar ijrosi orqali nafislik bilan kutib olish maqsadga muvofiqdir.

Barcha ijodkorlarni kutib qolamiz!

Ushbu she'rxonlik 2023-yil 6-mart soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi.

Zoom havolasi orqali ulanish:
Подключиться к конференции Zoom
https://us06web.zoom.us/j/87399191516?pwd=aGFHSHZPWlJtbnFMZ1BlTXE5R3RWQT09

Идентификатор конференции: 873 9919 1516
Код доступа: 191084

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
6.6K views06:32
Ochish/sharhlash
2023-03-06 09:16:05
Bugun,

6-mart — shoir, yozuvchi, pedagog, teatr arbobi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Hamza Hakimzoda Niyoziy tavallud topgan kun.

OʻQI!

Koʻzimizga koʻrinib turgan hama asboblar,
Hech biri boʻlmas edi, gar boʻlmasa, zinhor uquv.

Yer ichida koʻmilib yotgan hama oltin, kumush,
Yuzaga chiqdi bari bois anga axbor, oʻquv…

Gar dilingda oʻylagan orzuga yetmoq istasang,
Qimmat umring qilmagil behudaga bekor, oʻqi!

Qoʻy oʻyin, sayru tamoshoni, gʻanimat yoshliging.
Shum feʼllardan oʻzingii aylagil bezor, oʻqi!

Ey oʻgʻil, dunyoda boʻlmoq istasang olijanob,
Oʻqigʻil maktab kelib, zinhor oʻqi, ming bor oʻqi!

1914-yil.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
3.7K views06:16
Ochish/sharhlash
2023-03-06 07:54:29
#Viktorina

SAVOL

Shunday ijodkorlar borki, ularning kichik e’tirofi ham katta ruhiy dalda, ko‘mak bo‘ladi.

Xususan, Iqbol Mirzo yoshlik chog‘ida taniqli shoirlardan biriga ijod namunalarini ko‘rsatib, “Chiqmasa ham mayli. Qishloqqa qaytganimdan so‘ng she’rlarimni u o‘qigan, deyman-da, maqtanib yuraman” deydi.

Xo‘sh, u kim edi?

Mazkur savolga o‘z javoblaringizni kommentariyada yozib qoldiring.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.4K viewsedited  04:54
Ochish/sharhlash