Get Mystery Box with random crypto!

Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy R
Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.92K
Kanalning ta’rifi

📝Murojaat uchun: @Matbuotga
Telegram: t.me/RespublikaBolalarKutubxonasi
Facebook: fb.com/respublika.bolalar.kutubxonasi
Instagram: instagram.com/respublika_bolalar_kutubxona
Veb-sayt: https://kitob.uz/

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 5

2023-05-16 10:09:19 Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqildi

Joriy yil umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkaziladigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 2023-yil 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etiladi;

tadbirga maktabdagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi;

mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish va boshqa zarur choralarni ko‘rish ta’minlanadi;

Shuningdek, tadbir davomida:

maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona”, “A’lochi o‘quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” kabi nominasiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar beriladi;

2022-2023-o‘quv yili davomida namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanadi;

faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va hamkor tashkilotlar, shuningdek, o‘rnak bo‘ladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi.

2022-2023-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish davomida quyidagilar ta’qiqlanadi:

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablag‘larini yig‘ish;

umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari hamda o‘qituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish, qo‘shimcha turli tantanali tadbirlarni o‘tkazish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini so‘rab qoladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
1.9K views07:09
Ochish/sharhlash
2023-05-15 06:28:40


Dangasalikni qanday yengish mumkin?

Har doim takrorlanadigan narsalar odatga aylanganidek, dangasalik ham bora-bora odatga aylanishi bor gap.

Dangasalik sizni tark etishi uchun avvalo, qilayotgan ishingiz muhimligini bilib oling.

Siz dangasalikni yengish uchun qanday usullardan foydalanasiz?

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.3K views03:28
Ochish/sharhlash
2023-05-14 11:56:58
#Tavsiya

Kitoblarni qanday o‘qish kerak?

Bu bo‘yicha eng kerakli tavsiyalarni sizlarga taqdim etamiz. Marhamat!

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.9K views08:56
Ochish/sharhlash
2023-05-13 16:28:09
Sirdaryo viloyatidagi bir qancha umumta’lim maktab kutubxonalariga uslubiy yordam ko‘rsatildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasining ishchi guruh vakillari Sirdaryo viloyati umumta’lim maktablari bilan tanishib, tizimda samarali ishlarni tashkil etish borasida amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatishmoqda.

Umumta’lim maktablari faoliyati bilan tanishish asnosida ta’lim muassasalardagi mavjud kutubxonalar, ularning faoliyati, kitoblar holati va o‘quvchilarning kutubxonaga jalb etilishi batafsil o‘rganilib, kutubxona me’yoriy hujjatlarining yuritilishi hamda ta’lim muassasasida o‘tkazilayotgan kitobxonlik tadbirlari tahlil etildi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.1K views13:28
Ochish/sharhlash
2023-05-13 08:48:25
Kitob – odamlarning ongu tafakkuri, dunyoqarashini o‘zgartirish, ma’naviy saviyasini yuksaltirishning eng ta’sirchan vositasidir

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda viloyat bolalar kutubxonasi bilan hamkorlikda Termiz shahrida “Kutubxonachilarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o’rgatish” mavzusida seminar o’tkazildi.

Seminarda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i X.Mamadiyev ishtirok etib, viloyatda yoshlarni kitobxonlikka jalb etish ishlarini yanada samarali tashkil etish masalasiga alohida e'tibor qaratdi.

Seminar davomida malakasini oshirib, o‘z ustida ishlagan bir qancha umumta’lim maktablari kutubxonachilariga sertifikatlar topshirildi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.1K views05:48
Ochish/sharhlash
2023-05-12 16:39:01
Vazirlik va idoralararo “Gimnastrada” sport festivali bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” Farmoniga muvofiq, Toshkent Moliya institutiga qarashli sport majmuasida vazirlik, korxona va tashkilotlar jamoalari o‘rtasida “Gimnastrada” sport festivali bo‘lib o‘tdi.

Ushbu "Gimnastrada" sport festivalida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi ishtirok etib, 18 ta jamoa orasidan "G‘alabaga bo‘lgan yuksak iroda'' nominatsiyasining mutlaq g‘olibi deb e'lon qilindi.

Festival maqsadi - sportning "Gimnastrada" turini ommalashtirish, xotin-qizlarni ommaviy tarzda jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish va uni yanada rivojlantirish.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.3K views13:39
Ochish/sharhlash
2023-05-12 15:57:23
Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi direktori Doniyor O‘rolov boshchiligida Viloyat bolalar kutubxonalari direktorlari ishtirokidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda dastlab har bir viloyat bolalar kutubxonalarining 2023-yilning 1-choragida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisoboti tinglandi. Sohadagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, hozirgi va keyingi choraklarda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha kelishib olindi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
884 views12:57
Ochish/sharhlash
2023-05-12 08:58:46
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi har bir o‘quvchi o‘qishi lozim bo‘lgan kerakli kitoblarni tavsiya etadi.

Har bir kitobxon o‘qishi lozim bo‘lgan kitoblar ro‘yxati:

"O‘tkan kunlar"
"Kecha va kunduz"
"Otamdan qolgan dalalar"
"Mehrobdan chayon"
"Ulug‘bek xazinasi"
"Yulduzli tunlar"
"Chinor"
"Farg‘ona tong otguncha"
"Navoiy"
"Shum bola"
"Ko‘hna dunyo"

Ushbu ro‘yxat Respublika bolalar kutubxonasining www.kitob.uz saytidagi mavjud adabiyotlar asosida shakllantirildi.

Kitob.uz da sizlar uchun o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlaridan tashkil topgan 1000 ga yaqin audiokitoblar va 2500 dan ortiq elektron kitoblar joylashtirilgan.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.4K views05:58
Ochish/sharhlash
2023-05-11 09:15:56
DIQQAT DIQQAT

#Online_tanlov
#Kitobxon_bolalar

1-IYUN - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi "5 muhim tashabbus" doirasida #Kitobxon_bolalar online tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nima qilish kerak

O’quvchi-yoshlar kitob o'qishga undovchi videorolik tayyorlashlari hamda uni mp4 formatida (50 MB dan oshmagan hajmda) @Online_tanlov_bot telegram manziliga joriy yilning 1-iyun kuniga qadar yuborishlari lozim.

Tanlovda o’quvchi-yoshlar yakka yoki jamoaviy tarzda (ustozlari bilan ham) ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari

Ishtirokchilar tomonidan yuborilgan videoroliklar ijodiy yondashuv asosida tayyorlanganligi, mavzuni aniq va to'g'ri taqdim etilishi, shuningdek, ma’no va mazmuniga eʼtibor qaratilgan holda ko‘rib chiqiladi hamda eng yaxshi videolar Respublika bolalar kutubxonasining rasmiy sahifalariga joylab boriladi.

Videorolik izohida muallif yoki mualliflar jamoasi haqida (tuman/shahar, hudud) ma’lumot berilishi zarur.

Tanlovdan asosiy maqsad, o'quvchi-yoshlar orasida kitobxonlikni shakllantirish orqali yosh avlodning ma’naviy olamini boyitishdan iborat.

Barchani tanlovda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
13.6K views06:15
Ochish/sharhlash
2023-05-09 14:20:09
#Onlayn_davra_suhbati

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri, yozuvchi G‘afur G‘ulom tavalludining 120 yilligi munosabati bilan “Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!” nomli onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tkaziladi.


10-may soat 11:00 da bo‘lib o‘tadigan ushbu onlayn davra suhbatiga quyidagi Zoom havolasi orqali ulanishingiz mumkin!


https://us06web.zoom.us/j/86793155488?pwd=VHBHbXE2NXZUcVZRK3g0dmt4cU1JZz09

Идентификатор конференции:
867 9315 5488
Код доступа: 456316

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
5.1K views11:20
Ochish/sharhlash