Get Mystery Box with random crypto!

Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy R
Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.92K
Kanalning ta’rifi

📝Murojaat uchun: @Matbuotga
Telegram: t.me/RespublikaBolalarKutubxonasi
Facebook: fb.com/respublika.bolalar.kutubxonasi
Instagram: instagram.com/respublika_bolalar_kutubxona
Veb-sayt: https://kitob.uz/

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 11

2023-04-11 09:29:16
#OAV

KITOBXONLIK FESTIVALI

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar kutubxonasi tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida "Kitobxonlik festivali" bo‘lib o‘tdi.

Festivalda “Kitob sovgʻa qil va maʼnaviyat ulash” kitob aksiyalari, viktorinalar va kitob koʻrgazmalari hamda kuy-qo‘shiq va raqslar tashkil etilib, bir qancha kitobxonlik tanlovlarida g‘olib bo‘lganlar munosib taqdirlandi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.0K viewsedited  06:29
Ochish/sharhlash
2023-04-11 08:23:54


Ayni daqiqalarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan Abdulla Qodiriy tavalludining 129 yilligi munosabati bilan Yosh kitobxon telegram kanalida Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbirni jonli efirda kuzatishingiz mumkin. Marhamat!

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.3K viewsedited  05:23
Ochish/sharhlash
2023-04-11 07:25:19
#OAV

KITOB YARMARKASI

Termiz shahridagi 13-umumta'lim maktabida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Ushbu yarmarkada maktab ma'muriyati, o'qituvchi va o'quvchilar hamda ota-onalar faol ishtirok etishdi.

Kitob yarmarkasida ilmiy-ommabop va bolalar uchun mo‘ljallangan badiy adabiyotlarning borligi o'quvchilarda katta qiziqish va sevinch uyg‘otdi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.3K viewsedited  04:25
Ochish/sharhlash
2023-04-10 11:37:16
Bugun, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan Abdulla Qodiriy tavalludining 129 yilligi munosabati bilan "Qodiriy meroslari" mavzusida Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga online sayohat bo‘lib o‘tdi.

Ushbu muzeyda yozuvchining oʻz ijodidan, oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari namunalaridan kutubxona vujudga kelgan.

Hovli sahni devorlariga oʻzbek va jahon yozuvchi-shoirlarning A.Qodiriy ijodi haqidagi fikrlari qayd etilgan bo‘lib, respublikamiz bo‘ylab ko‘plab o‘quvchi va o‘qituvchilar ushbu muzeyni onlayn tomosha qilishib, muzey haqida kerakli ma’lumotlarni oldilar.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.2K views08:37
Ochish/sharhlash
2023-04-10 08:27:50


Navbatdagi onlayn Sayohat

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan Abdulla Qodiriy tavalludining 129 yilligi munosabati bilan "Qodiriy meroslari" mavzusida Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga online sayohat bo‘lib o‘tadi.

Ushbu muzeyda yozuvchining oʻzi ijodidan, oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari namunalaridan kutubxona vujudga kelgan.

Hovli sahni devorlariga oʻzbek va jahon yozuvchi-shoirlarning A.Qodiriy ijodi haqidagi fikrlari qayd etilgan.

Ushbu onlayn sayohat 2023-yil 10-aprel kuni soat 11:00 da Zoom platformasi orqali bo‘lib o‘tadi.

Ulanish uchun:
Подключиться к конференции Zoom
https://us06web.zoom.us/j/82838896804?pwd=OWhBb0FWZDBOeGcxSUlkK3U0bjU0Zz09

Идентификатор конференции:
828 3889 6804
Код доступа: 511273

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.6K views05:27
Ochish/sharhlash
2023-04-10 07:55:33
#AbdullaQodiriy

Abdulla Qodiriy tavalludining 129 yilligi

1920-yillar boshida Abdulla Qodiriy birinchi oʻzbek romani boʻlmish „Oʻtkan kunlar“ ni yozadi. 1922-yili ilk bor „Inqilob“ jurnalida chop etilib, 1926-yilda esa alohida kitob holida chiqadi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.6K views04:55
Ochish/sharhlash
2023-04-10 07:21:59
Bugun,

10-aprel – Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun.

Abdulla Qodiriy o’zbek milliy romanchiligining asoschisi, publitsist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon.

“O‘tgan kunlar” (roman), “Mehrobdan chayon” (roman), “Obid ketmon” (qissa), “Girvonlik Mallaboy”, “Xotinboz”, “Baxtsiz kuyov”, “Millatimga”, “Yovuz ruhlar iskanjasida”.

1937-yilning 31-dekabrida “xalq dushmani” sifatida hibsga olinadi, 1938-yilning 4-oktabr kuni yozuvchi otib tashlangan, o‘limidan so‘ng oqlangan.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
5.6K viewsedited  04:21
Ochish/sharhlash
2023-04-09 18:56:54
#OAV Diyor yangiliklari

Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 687 yil to‘ldi.

Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan Samarqanddagi me’moriy yodgorlik - “Go‘ri Amir” maqbarasi, Amir Temur nomidagi Shahrisabz shahar moddiy madaniyat tarixi muzeyi va Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni yaqinida bunyod etilgan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga onlayn sayohat o‘tkazildi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
750 views15:56
Ochish/sharhlash
2023-04-09 09:39:25
#AmirTemur

Dunyo menga vafo qilmadi, sizlarga ham vafo qilmaydi – Amir Temurning so‘nggi kuni va avlodlarga vasiyati

Batafsil o‘qish...

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.6K views06:39
Ochish/sharhlash
2023-04-08 23:00:08
Bugun,

9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

Buyuk sarkarda va davlat arbobi, Temuriylar davlatining asoschisi, O‘zbekiston davlatchilik tarixida o‘zining beqiyos o‘rniga ega bo‘lgan,  ilm-ma’rifat homiysi Amir Temur tavalludining 687 yilligi muborak bo‘lsin!

"Men har bir askar, Vatanning har bir posboni Amir Temur va ulugʻ lashkarboshilarimiz oʻgitlarini, ularning harbiy merosini chuqur bilishi kerak, deb qayta-qayta taʼkidlab kelaman. Bu oʻlmas va bebaho meros hozirgi kunda ham har birimizning qalbimizga cheksiz gʻurur baxsh etadi, muqaddas tuprogʻimizga sadoqat tuygʻularini kuchaytiradi."

Shavkat Mirziyoyev


Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.5K views20:00
Ochish/sharhlash