Get Mystery Box with random crypto!

Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy R
Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.92K
Kanalning ta’rifi

📝Murojaat uchun: @Matbuotga
Telegram: t.me/RespublikaBolalarKutubxonasi
Facebook: fb.com/respublika.bolalar.kutubxonasi
Instagram: instagram.com/respublika_bolalar_kutubxona
Veb-sayt: https://kitob.uz/

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 7

2023-04-26 17:07:41




Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan atoqli adib, olim va jamoat arbobi Sadriddin Ayniy tavalludining 145 yilligi munosabati bilan onlayn viktorina o‘tkaziladi.

Joriy yilning 27-aprel soat 10:35 dan 11:20 gacha bo‘lib o‘tadigan ushbu onlayn viktorinaga qatnashish uchun quyidagi havolaga o‘ting!

https://viktorina.kitobxonlik.uz/

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
4.0K views14:07
Ochish/sharhlash
2023-04-26 14:39:28


#Muhammad_Yusuf

IQROR

O, ota makonim,
Onajon oʼlkam,
Oʼzbekiston, jonim toʼshay soyangga.
Senday mehribon yoʼq,
Seningdek koʼrkam,
Rimni alishmasman bedapoyangga.

Bir goʼsha suv boʼlsa, bir goʼsha qirlar,
Qancha yurtni koʼrdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Togʼlaring izimdan ergashib yurar.

Koʼrdim suluvlarning eng faranglarin,
Yo xudbinman yo bir sodda kasman men:
Parijning eng goʼzal restoranlarin,
Bitta tandiringga alishmasman men.

Na gapga koʼnayin,
Na til bilayin,
Koʼzdan uyqu qochdi, dildan halovat.
Uch kunda sogʼinsam nima qilayin?..
Chala qolar boʼldi hamma sayohat.

Bildimki, baridan ulugʼim oʼzing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tugʼilgan qoʼzing
Аrab ohusidan azizroq menga.

Sen bilan oʼtgan har kun bayram-bazm,
Sensiz bir on qolsam vahmim keladi.
Seni bilganlarga qilaman taʼzim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.1K views11:39
Ochish/sharhlash
2023-04-26 14:25:43
#Onlayn_she'riyat

Bugun, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligi munosabati bilan "Mehr-muhabbat va Vatan kuychisi" nomli onlayn sheʼriyat kechasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu she'riyat kechasida o‘quvchi yoshlar shoirni yod etishib, bir-biridan mazmunli bo‘lgan she'rlar o‘qishdi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
989 views11:25
Ochish/sharhlash
2023-04-26 13:58:08
Bugun, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan viloyat Bolalar kutubxonalari direktor o‘rinbosarlari va uslubiy bo‘lim boshliqlari hamda uslubchilar ishtirokida onlayn vebinar tashkil etildi.

Vebinar “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaror hamda kutubxonalarda yuritilishi lozim bo‘lgan me’yoriy ish hujjatlari to‘g‘risida bo‘lib o‘tdi.

Vebinar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan bir qancha savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar oldilar.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
991 viewsedited  10:58
Ochish/sharhlash
2023-04-26 09:41:56
#Respublika_bolalar_kutubxonasi

SHOIRGA EHTIROM

О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligi munosabati bilan Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan tayyorlangan videolavha. Marhamat!

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.3K views06:41
Ochish/sharhlash
2023-04-26 07:29:38
#Hikoya_va_tasvir_uyģunligi

Rasm muallifi:
Respublika bolalar kutubxonasi rassomi Fotima To‘ychiyeva

XAVFLI XUDUD

Katta tanaffus paytida bolalar birdan Dimaning qo‘lida 2 ta simni ruscha “Г” harfi kabi qiyshaytirvolib, sinfda g‘alati yurgan holda ko‘rib qolishdi.
- Dima senga nima bo‘ldi?
- Bu biolokatsiya deyiladi! Hududni o‘rganyapman.
- Nima uchun?

Batafsil o‘qish...

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.9K views04:29
Ochish/sharhlash
2023-04-26 07:04:41
#Surxondaryo_viloyati
#Bolalar_kutubxonasi

SHOIRGA EHTIROM

О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi jamoasi tomonidan tayyorlangan videolavha

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.0K viewsedited  04:04
Ochish/sharhlash
2023-04-25 14:58:54
#Onlayn_she'riyat

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligi munosabati bilan "Mehr-muhabbat va Vatan kuychisi" nomli onlayn sheʼriyat kechasi bo‘lib o‘tadi.

Diqqat!
26-aprel soat 14:00 da bo‘lib o‘tadigan ushbu onlayn sheʼriyat kechasiga quyidagi Zoom havolasi orqali ulanishingiz mumkin!


https://us06web.zoom.us/j/88476466551?pwd=aXV0OWpOUnp3R3laQjN3TVp6eVNjZz09

Идентификатор конференции:
884 7646 6551
Код доступа: 534765

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
10.9K viewsedited  11:58
Ochish/sharhlash
2023-04-25 13:48:27
Asrlar asragan asarlarini xaridorlari faqat pista sotuvchi...

Telefonni yaratish uchun menda to‘plangandi barcha ma’lumot. Shu yerga kelganda yetmadi kuchim! Shu so‘zga dod soldi butun koinot...

To‘yib iching odamiylik chashmasidan. Gar icholmay qoldingizmi kitob o‘qing! Kitob oching kitob ikki qanot bo‘lgay...

Kitob o‘qing, kitob o‘qing, kitob o‘qing!

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.1K views10:48
Ochish/sharhlash
2023-04-25 07:50:43
#Hikoya_va_tasvir_uyģunligi

Rasm muallifi:
Respublika bolalar kutubxonasi rassomi Fotima To‘ychiyeva

SHKAFDAGI DARS

Dars boshlanishidan oldin shkaf ichiga kirib oldim. U yerda miyovlab hazillashmoqchi bo‘ldim. Mushuk deb o‘ylab shkafni ochishsa, u yerda men!

Shkafga joylashvolib, dars boshlanishini kutib o`tirdim, o‘zim bilmagan holda uxlab qolibman. Uyg‘onsam, sinf jimjit. Teshikdan qarasam hechkim yo‘q. Eshikni itarsam yopiq.

Batafsil o‘qish...

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.5K views04:50
Ochish/sharhlash