Get Mystery Box with random crypto!

Аssalomu alaykum, aziz va qadrli yurtdoshlar! Bugun hammamiz | Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy

Аssalomu alaykum, aziz va qadrli yurtdoshlar!

Bugun hammamiz uchun nihoyatda ulug‘ kunlardan biridir. Butun musulmon olami qatori mamlakatimiz xalqi ham Ramazon hayitini keng nishonlamoqda.

Shu munosabat bilan Siz azizlarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi ushbu Ramazon hayiti bilan chin dildan tabriklaydi.

Аziz yurtdoshlar!
Ramazon hayiti mehr-muruvvat, xayr-saxovat, ezgulik bayramidir.

Yana bir bor Siz azizlarni Ramazon hayiti bilan chin dildan muborakbod etamiz. Sizlarga sihat-salomatlik, uzoq umr tilaymiz.

Yaqinlarimiz bilan farovon hayot kechirib, el-u yurt ravnaqi uchun xizmat qilish barchamizga nasib etsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin, azizlar!

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site