Get Mystery Box with random crypto!

Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy R
Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.92K
Kanalning ta’rifi

📝Murojaat uchun: @Matbuotga
Telegram: t.me/RespublikaBolalarKutubxonasi
Facebook: fb.com/respublika.bolalar.kutubxonasi
Instagram: instagram.com/respublika_bolalar_kutubxona
Veb-sayt: https://kitob.uz/

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 9

2023-04-17 12:54:14
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi har bir o‘quvchi o‘qishi lozim bo‘lgan kerakli kitoblarni tavsiya etadi.

Har bir kitobxon o‘qishi lozim bo‘lgan kitoblar ro‘yxati:

"O‘tkan kunlar"
"Kecha va kunduz"
"Otamdan qolgan dalalar"
"Mehrobdan chayon"
"Ulug‘bek xazinasi"
"Yulduzli tunlar"
"Chinor"
"Farg‘ona tong otguncha"
"Navoiy"
"Shum bola"
"Ko‘hna dunyo"

Ushbu ro‘yxat Respublika bolalar kutubxonasining www.kitob.uz saytidagi mavjud adabiyotlar asosida shakllantirildi.

Kitob.uz da sizlar uchun o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlaridan tashkil topgan 1000 ga yaqin audiokitoblar va 2500 dan ortiq elektron kitoblar joylashtirilgan.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.6K views09:54
Ochish/sharhlash
2023-04-17 07:38:04
Ko‘chma kutubxona shahar va qishloqlarni kezib, kitobsevarlar vaqtlarini maroqli o‘tkazishlariga xizmat qiladi va shahar ko‘chalariga yanada ko‘rk bag‘ishlaydi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.2K views04:38
Ochish/sharhlash
2023-04-16 15:32:47
Respublika bolalar kutubxonasining ochilishi kuzga qoldirildi

Binoning tarixiy elementlari saqlanib qoladigan murakkab restavratsiya ishlari olib borilayotgani sababli muddat keyinga surildi.

Hovlining markazida mehmonlarni yomg‘irdan yoki quyosh nurlaridan himoya qiladigan katta pergola bo‘lib, yog‘ochdan ishlangan soyabonning bir tomonida mini-kutubxona, ikkinchi tomonida amfiteatr va ekranli sahna bo‘ladi.

Bu yerda, bolalar uchun she’riyat kechalari, spektakl, kitobxonlik uchrashuvlari va mahorat darslari o‘tkazish rejalashtirilgan. Batafsil

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.7K views12:32
Ochish/sharhlash
2023-04-16 10:24:27


“KITOBXONLIK FESTIVALI” ANDIJONDA

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, respublika bo‘ylab yil davomida har oyning yakunida viloyatlar ketma-ketligida tashkil etiladigan 2023-yilgi "Kitobxonlik festivali" ga start berilganligini e'lon qilgan edi.

Navbatdagi festival Andijon viloyatida bo‘lib, festival doirasida quyidagi kitobxonlik koʻrik-tanlovlari tashkil etiladi va oʻtkaziladi:

“Eng kitobxon maktab”
“Eng  faol kitobxon oʻquvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng kitobxon oila”
“Eng faol kutubxonachi”

“Kitobxonlik festivali” 20-aprelga qadar davom etadi va festival “Kitobxonlik haftaligi”, “Kitob sovgʻa qil va maʼnaviyat ulash” kitob aksiyalari, viktorinalar, shoir va yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar, konferensiyalar, maktab kutubxonachilari uchun oʻquv-seminarlar, kitob koʻrgazmasi va davra suhbatlari, sayillar, konsertlar,  sayrtomosha va boshqa tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Diqqat! Barcha kitobxonlarni ushbu festivalga chorlab qolamiz!

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar, diplomlar, sovrinlar va festival ramzlari tushirilgan esdalik sovgʻalari topshiriladi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.4K views07:24
Ochish/sharhlash
2023-04-16 10:07:10


Yaxshi kitob — bu muallif tomonidan insoniyatga qoldirilgan qimmatli sovg‘adir.

Jozef Addison

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
735 views07:07
Ochish/sharhlash
2023-04-15 13:50:03
#Konstitutsiya

O‘zbekiston Respublikasi Referendumiga 15 kun qoldi...

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
670 viewsedited  10:50
Ochish/sharhlash
2023-04-15 08:24:30


Tushlik vaqtini o‘tkazib yuborish mumkindir, ammo umrning eng mazmunli qismini kitob o‘qimasdan o‘tkazib yuborish aslo mumkin emas.

Jim Ron

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.5K views05:24
Ochish/sharhlash
2023-04-14 14:05:47
#Kitobsevar_millat
#III_Respublika_haftaligi

Bugun, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 150-umumta'lim maktabida III Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Bir adib haqida suhbat” rukni ostida О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda Muhammad Yusufning hayoti va ijodiy faoliyati, uning adabiy merosi, shoir asarlarining navqiron avlod tarbiyasida tutgan ahamiyati xususida muhim fikrlar aytildi.

Kitobxonlik haftaligi doirasida tashkil etilgan kitoblar yarmarkasi ham kitobxon o‘quvchilarga manzur bo‘ldi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.0K views11:05
Ochish/sharhlash
2023-04-14 08:19:17
KITOB MARAFONI

Bekobod tumani 3-sonli umumta'lim maktabida o'quvchilar o'rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish va targ‘ib qilish maqsadida "Qadrdon maktabimga kitob sovg'a qilaman" shiori ostidagi "Kitob marafoni" bo'lib o'tdi.

Ushbu kitoblar marafoni tadbiri doirasida kitoblar yarmarkasi ham tashkil etilib, “Maktabimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida maktab kutubxonasi uchun kitoblar hadya qilindi.

Kitob marafonida 95 turdagi 3.500.000 so‘mlik turli kitoblar maktab kutubxonasiga kirim qilindi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.7K viewsedited  05:19
Ochish/sharhlash
2023-04-14 08:13:07
Sergeli tumanida joylashgan 104-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan "Kutubxonachining huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan sohaga oid qabul qilingan qonunlar, farmonlar, qarorlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, hamda kutubxonalarda yuritiladigan me’yoriy ish hujjatlari" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.4K views05:13
Ochish/sharhlash