Get Mystery Box with random crypto!

Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy R
Telegram kanalining logotibi respublikabolalarkutubxonasi — Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.92K
Kanalning ta’rifi

📝Murojaat uchun: @Matbuotga
Telegram: t.me/RespublikaBolalarKutubxonasi
Facebook: fb.com/respublika.bolalar.kutubxonasi
Instagram: instagram.com/respublika_bolalar_kutubxona
Veb-sayt: https://kitob.uz/

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 10

2023-04-13 15:47:11
#Elektron_kutubxona

Bugungi kunda elektron adabiyotlardan yanada unumli foydalanish maqsadida ko‘plab kutubxonalarda QR kodli kitoblar kutubxonasi shakllantirilgan.

Shunday kutubxonalardan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bolalar kutubxonasi bo‘lib, kutubxonaga tashrif buyurgan kitobxon o‘quvchi yoshlar QR kodlar yordamida istalgan badiiy adabiyotlarni o‘z telefonlariga yuklab olishlari mumkin.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.0K views12:47
Ochish/sharhlash
2023-04-13 15:30:58
#AbdullaQodiriy

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi hamda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi tomonidan Abdulla Qodiriy tavalludining 129 yilligi munosabati bilan "Qodiriy meroslari" mavzusida "ZOOM" platformasi orqali ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi haqida savol-javob qilinib, ishtirokchi o‘quvchilar adib haqida ko‘plab ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.3K viewsedited  12:30
Ochish/sharhlash
2023-04-13 09:11:10
#OAV

KITOB MARAFONI

Sariosiyo tumani 2-sonli umumta'lim maktabida o'quvchilar o'rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish va targ‘ib qilish maqsadida "Qadrdon maktabimga kitob sovg'a qilaman" shiori ostidagi "Kitob marafoni" bo'lib o'tdi.

Mahalla faollari, harbiy qism xizmatchilari, ota-onalar tomonidan o‘zbek va jahon adabiyoti namunalari, mutafakkirlar hayoti va faoliyati, ajdodlarimizning ma’naviy jasorati-yu qahramonliklariga bag‘ishlangan ko‘plab kitoblarni kutubxonaga sovg‘a qilishdi.

Kitoblar marafoni tadbiri doirasida kitoblar yarmarkasi ham tashkil etilib, “Maktabimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida maktab kutubxonasi uchun kitoblar hadya qilindi.

Kitob marafonida 2142 ta badiiy kitoblar maktab kutubxonasiga kirim qilindi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.5K views06:11
Ochish/sharhlash
2023-04-13 08:08:52
#Kutubxona

Belgiyadagi avtobus bekatlari mana shunday ochiq osmon ostidagi kutubxonalarga boyligi bilan yanada go‘zallashgan.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
2.6K views05:08
Ochish/sharhlash
2023-04-13 07:36:41
#Hikoya_va_tasvir_uyģunligi

Rasm muallifi:
Respublika bolalar kutubxonasi rassomi Fotima To‘ychiyeva

UYQUDAGI BOLAKAY

6-sinf o‘quvchisi Keshaning onasi fan nomzodi, otasi esa polkovnik bo‘lib ishlaydi. Kunlardan bir kuni Kesha kechqurun uyquga yotgancha, ertalab uyg‘onmadi. Uxlayverdi, uxlayverdi. Bir hafta uxladi... Oradan yil o‘tdi. Ikki yil o‘tdi ham-ki, Kesha uyg‘onavermadi. Uchinchi yil ota-onasi xavotirlanib, uyga shifokor chaqirtirishdi.

Batafsil o‘qish...

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.5K views04:36
Ochish/sharhlash
2023-04-12 09:44:52
«Ochiq osmon ostida kutubxona»

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan boʼlib oʼtgan yig‘ilishda Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qoʼqon kabi turistik majmualarda, shahar va tumanlardagi markaziy park va xiyobonlarda “Ochiq osmon ostida kutubxona”lar tashkil qilinishi aytib o‘tildi.

Shu bilan birga, oʼz hisobidan kutubxona barpo etayotgan tashabbuskorga 1 mingtadan oʼzbek va jahon adabiyotining durdona asarlari olib beriladi. Ular davlat hisobidan kompyuter bilan jihozlanib, Milliy kutubxona bazasiga ulanadi.

1 maydan yoshlar, talabalar, maktab oʼquvchilari oʼrtasida soʼrovlar oʼtkazib, koʼp ovoz bergan kitoblarni oʼzbek tiliga tarjima qilish boʼyicha davlat buyurtmasi joriy qilinadi.

Xususiy nashriyotlarga bu borada kreditlar foizini qoplab berish, garov taʼminoti bo‘yicha yengilliklar berilishi ko‘zda tutilgan.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
315 viewsedited  06:44
Ochish/sharhlash
2023-04-12 08:17:42
#Kitobsevar_millat

"Kitobsevar millat" shiori ostidagi III Respublika Kitobxonlik haftaligiga start berildi.

Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida 10-15-aprel kunlari uchun rejalashtirilgan "Kitobsevar millat" shiori ostidagi III Respublika "Kitobxonlik haftaligi" ning ochilish marosimidan lavha...

Haftalikda faol ishtirok etib, ularga jonli guvoh boʻling! Zero, farzandlarini kitob doʻkonlariga olib borishga fursati boʻlmayotgan, qolaversa, yangi nashrlardan boxabarlikni xush koʻradigan ota-onalar uchun qulay fursat keldi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
741 viewsedited  05:17
Ochish/sharhlash
2023-04-12 05:27:10
#OAV

«O‘zbekiston» radiokanali

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan “XXI asrda bolalar kitobxonligi: muammmo va vazifalar” mavzusida o‘tkazilgan ilmiy amaliy konferensiya haqida radio to‘lqinlarida... Marhamat!

Eslatib o‘tamiz! Ushbu konferensiyada bolalar adabiyoti, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va kutubxona nufuzini oshirish, kitobxonlikni targ‘ib qilishda axborot resurslardan unumli foydalanish hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilarida kitobxonlikka barqaror qiziqishni shakllantirish bo‘yicha o‘z fikrlari bilan qatnashgan ishtirokchilarning maqolalari to‘plam holatida chop etiladi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.3K views02:27
Ochish/sharhlash
2023-04-11 17:04:35
#Hikoya_va_tasvir_uyģunligi

Rasm muallifi:
Respublika bolalar kutubxonasi rassomi Fotima To‘ychiyeva

QIZIQUVCHANLIK

Goga birinchi sinfga chiqqanida 
faqatgina ikkita harfni bilardi: O – aylana va T – bolgʻacha. Buvisi unga boshqa harflarni oʻrgatishga harchand urinmasin, u oʻqishni istamas, darhol bir hiyla topib, oshxona tomon yugurib qochardi.

Batafsil o‘qish...

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
1.5K viewsedited  14:04
Ochish/sharhlash
2023-04-11 10:11:11
#AbdullaQodiriy_129_yilligi

Bugun, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi, "O‘zbek tili va adabiyoti" kafedrasi, Abdulla Qodiriy uy-muzeyi va Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi tomonidan Abdulla Qodiriy tavalludining 129 yilligi munosabati bilan "Qodiriy meroslari" mavzusida Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi Abdulla Qodiriy uy-muzeyida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga tashrif buyurgan adiblarimiz tomonidan Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodiga nisbatan bir-biridan ajoyib ibratomuz tariflar aytib o‘tildi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
852 views07:11
Ochish/sharhlash