Get Mystery Box with random crypto!

#Xalqaro_chiqishlar #OAV Respublika bolalar kutubxonasi t | Respublika bolalar kutubxonasi | Rasmiy

#Xalqaro_chiqishlar #OAV

Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan "Ijodkor bolalar" to‘garagida respublikamizning turli hududlarida ijod qilayotgan yosh ijodkorlar yig‘ilgan bo‘lib, ular o‘rtasida "Kun mutolaasi", "Haftaning eng yaxshi ijodkori", "Viktorina vaqti" va mahorat darslari o‘tkazib kelinmoqda.

Ushbu to‘garak ko‘plab istedodlarni kashf qildi. Shunday yosh iste'dodlardan biri Farg‘onalik o‘quvchimiz Farzona Hoshimovadir. Uning "Goog people, stay safle" deb nomlangan elektron kitobi Buyuk Britaniyada chop etilib, hozirda internet saytlarida dunyo bo‘ylab xalqaro sotuvga qo‘yilgan.

"Respublika bolalar kutubxonasi qoshida ochilgan «Ijodkor bolalar» to‘garagiga a’zo bo‘lganimdan beri muntazam onlayn saboqlar olayapman. To‘garagimiz rahbari, ustozim Dilnoza opani biror marta ko‘rmagan bo‘lsam-da, ularni juda yaxshi ko‘raman. Kelajakda ustozlarimdek el nazaridagi jurnalist bo‘lish asosiy maqsadim! O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yaxshi insonlar menga maslakdosh bo‘lishar ekan, orzularimga erishish uchun o‘qib-o‘rganishni eng katta maqsadim, deb bilaman. Yaxshi insonlar, omon bo‘linglar!", - deydi Farzona

Ustozlar uchun esa shogirdlarining mehri va ular tomonidan aytilgan rahmatlar olam-olam quvonch baxsh etadi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site