Get Mystery Box with random crypto!

6-9 oylikkacha bo‘lgan bolalarga qo‘shimcha ovqat berish Biri | PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

6-9 oylikkacha bo‘lgan bolalarga qo‘shimcha ovqat berish

Birinchi marta qo‘shimcha ovqatni kunning birinchi yarmida, bola injiqlik qilmagan va kasal bo‘lmagan paytda berish kerak.

Qo‘shimcha ovqat berish tartibi

Davriyligi: 6-9 oylikda kuniga 2 marta qo‘shimcha ovqat beriladi.
Miqdori: har safar 2-3 osh qoshiq ovqat beriladi, 7-10 kunda 2 barobar ko‘paytiriladi.
Quyuqligi: ovqat quyuq bo‘lsa, bolaga yedirish uchun qulay bo‘ladi. Bola 8 oyga kelib, qo‘li bilan yeyish mumkin ovqatlarni berish mumkin.
Xilma-xilligi: bo‘tqa(guruch yoki grechka), sabzavot pyuresi (kartoshka, sabzi, kobachki), mevalar(olma, banan).

Kerakli tavsiyalar
Sabrli bo‘ling! Bola o‘rganishi uchun vaqt kerak.
Rag‘batlantirish va “o‘yin” sifatida ovqatlantiring.
Bolani ovqat yeyishga zo‘rlamang.
Alohida idishdan foydalaning. Qancha ovqat yeganini bilishingiz uchun.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish
@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook