Get Mystery Box with random crypto!

Laktozani o'zlashtira olmaslik – organizmning sut va sut mahs | PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

Laktozani o'zlashtira olmaslik

– organizmning sut va sut mahsulotlariga reaksiyasi. Laktaza fermentining yetishmovchiligi, ko'p hollarda chaqaloqlarda uchraydi. Kattalarda laktoza o‘zlashtira olmaslikni, sutga bolgan allergiya bilan farqlash lozim. 1-holatda sut iste’moli nazorati, 2-holatda esa butunlay sutni ratsiondan chiqarib tashlash lozim. Bolalarda laktozani o'zlashtira olmaslik genetik xususiyat bolib, osiyoliklarda ko'proq uchraydi.

SABABLARI:

- Nasliy moyillik
- Yalliglanish kasalliklari, gripp
- Ichak va oshqozonda jarroxlik operatsiyalari.

BELGILARI:

sut ichgandan so'ng 20-30 minutdan keyin paydo boladi.
- Qorin shishi
- Og'riq
- Ortiqcha gaz hosil bolishi
- Ich tez kelishi
- Diareya
- Qayt qilish
- Organizm kuchsizligi
- Isitma
- Qaltirash
- Harorat ortishi
- Bosh aylanishi

Chaqaloqlardagi belgilar:
- Kokrakdan bosh tortish
- Emizish vaqtida bola yiglaydi
- Emizish vaqtida bola kop harakatlanadi, tipirchilaydi
- Kekirish
- Yomon uxlash
- Gaz ko'p hosil bo'lishi.

DIAGNOSTIKA:

- Gastroenterolog korigi
- Nafas chiqarishda vodorodga analiz (laktoza saqlovchi suyuqlik ichadi, maxsus moslamaga nafas chiqaradi)
- Qon umumiy tahlili
- Qonda glyukozani tekshirish

Chaqaloqlarda:
- Pediatr korigi
- Najas kislotaliligini tekshirish
- Qonni glyukozaga tekshirish

DAVOLASH:

- Dietolog konsultatsiyasi
- Gastroenterolog konsultatsiyasi
- Sut saqlovchi mahsulotlarni cheklash
- Maxsus parhez usuli
- Sut mahsulotlarini boshqa ovqatlar bilan sekinlik bilan kombinatsiyalash
- Ovqatni kam-kamdan yeyish
- Sut mahsulotlari soya suti va soya pishlog’i bilan almashtirish
- Laktozali mahsulotlarni istemol qilish
- Kalsiy va vitamin D boy mahsulotlarni ratsionga kiritish
- Ovqatga qo’shimcha moddalar kirgizish
- Yangi tugilgan chaqaloqlarni laktozasiz suniy aralashmalarga o`tkazish.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook