Get Mystery Box with random crypto!

Bolalarda neyrosonografiya tekshiruvi Neyrosonografiya(NSG) - | PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

Bolalarda neyrosonografiya tekshiruvi

Neyrosonografiya(NSG) - bolalar bosh miyasining liqildoqlar orqali ultratovush tekshiruvi.

Bir yoshgacha bo'lgan bolalarda bosh miyaning tug'ma va orttirilgan patologiyalarini aniqlashda informativ va xavfsiz usul hisoblanadi. Neyrosonografiya 1 yoshgacha ya'ni liqildoqlar bitgunicha o'tqaziladi.

Neyrosonografiya quyidagi kasalliklarni aniqlashda yordam beradi:
Kala suyagi ichidagi bosimning ortishi, gidrosefaliya
Tug'ma rivojlanish anomaliyalari(Dendi-Uoker va Arnold-Kiari anomaliyasi)
Kistalar, o'smalar
Bosh miya ishemiyasi
Gematomalar, anevrizmalar
Travma va infeksiyalar natijasida yuzaga kelgan asoratlar

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube