Get Mystery Box with random crypto!

Fan olimpiadalari

Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari F
Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari
Kanal manzili: @olimpdep
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 27.72K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi
Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 29

2022-09-28 08:25:29
O‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar o‘zlariga qulay bo‘lgan vaqtda ishtirok etishlari mumkinligini ma'lum qilamiz.

Onlayn olimpiadada test jarayonini boshlaganingizdan so‘ng 20 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 1 soat vaqt beriladi.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 22:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.
Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart! https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn

Ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar o‘zlarining ta'lim muassasalari tomonidan tizimda tasdiqlanishlari kerak.

Tizimdan oldin ro‘yxatdan o‘tgan lekin hozirda login parolini eslay olmayotganlar o‘z ta'lim muassasalariga murojaat qilib login parollarini bilib olishlari mumkin.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz
@olimpdep
5.2K viewsok, edited  05:25
Ochish/sharhlash
2022-09-26 12:19:27
ASOSIY FAN OLIMPIADASINING II (TUMAN) BOSQICHI FANLARI

BIRINCHI GURUH FANLAR (Nufuzli xalqaro olimpiadalar (IMO, IBO, IChO, IPhO, IOI) o‘tkaziladigan fanlar)
1. Matematika
2. Fizika
3. Kimyo
4. Biologiya
5. Informatika va axborot texnologiyalari

IKKINCHI GURUH FANLAR
6. Ona tili va adabiyot
7. O‘zbek tili (boshqa tillarda tahsil oladiganlar uchun)
8. Qoraqalpoq tili
9. Rus tili va adabiyoti
10. Ingliz tili
11. Nemis tili
12. Fransuz tili
13. Tojik tili
14. Qozoq tili
15. Tarix
16. Geografiya

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
3.4K viewsok, 09:19
Ochish/sharhlash
2022-09-26 12:05:37
ASOSIY FAN OLIMPIADASINING II (TUMAN) BOSQICHI
IKKINCHI GURUH FANLARI TARTIBI BILAN TANISHING

Olimpiada birinchi guruh fanlari 1 turda ya’ni test sinovlari shaklida tashkil qilinadi. Test sinovlarida har bir fandan 30 ta test savollari taqdim qilinadi.

10 tasi sodda darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan;
10 tasi o‘rta qiyinlik darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan;
10 tasi murakkab darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 2.6 ball bilan baholanadi, 50 ball (10*0,9+10*1,5+10*2,6=50).

Test natijalariga ko‘ra, har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar g‘olib (1-, 2-, 3-o‘rinlar) aniqlanadi va hakamlar hay’ati qarori asosida tashkiliy qo‘mita tomonidan uchinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
4.5K viewsok, 09:05
Ochish/sharhlash
2022-09-26 12:05:23
ASOSIY FAN OLIMPIADASINING II (TUMAN) BOSQICHI
BIRINCHI GURUH FANLARI TARTIBI BILAN TANISHING

Olimpiada birinchi guruh fanlari 1 turda ya’ni test sinovlari shaklida tashkil qilinadi. Test sinovlarida har bir fandan 30 ta test savollari taqdim qilinadi.

10 tasi sodda darajasidagi yopiq (A, B, C, D javoblaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan;
10 tasi o‘rta qiyinlik darajasidagi yopiq (A, B, C, D javoblaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan;
10 tasi qiyin darajadagi ochiq (javobi yoziladigan) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi (10*0,9+10*1,5+10*2,6=50).

Test natijalariga ko‘ra, har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar g‘olib (1-, 2-, 3-o‘rinlar) aniqlanadi va hakamlar hay’ati qarori asosida tashkiliy qo‘mita tomonidan uchinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
3.8K viewsok, 09:05
Ochish/sharhlash
2022-09-26 11:08:09
Joriy yilning 12-16-oktabr kunlari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, nodavlat ta’lim tashkilotlarining 9-11-sinf hamda kasb-hunar maktablarining 1-2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida umumta’lim fanlari bo‘yicha Asosiy olimpiadaning II (tuman, shahar) bosqichi o‘tkaziladi.

Akademik litseylar hamda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning birinchi bosqich g‘oliblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri III (viloyat) bosqichida ishtirok etishi belgilanganligi sababli, olimpiadaning mazkur bosqichida ishtirok etmaydi.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
18.2K viewsU.Rakhmonov, 08:08
Ochish/sharhlash
2022-09-24 12:26:34 УЛЫЎМА ОРТА БИЛИМ БЕРИЎ МЕКТЕП МУҒАЛЛИМЛЕРИ АРАСЫНДА ПӘНЛЕР ОЛИМПИАДАСЫНЫҢ ҚАРАҚАЛПАҚСТАН РЕСПУБЛИКАСЫ БАСҚЫШЫНА СТАРТ БЕРИЛДИ

Бүгин, 24-сентябрь күни улыўма орта билим бериў мектеп муғаллимлери арасында пәнлер олимпиадасының Қарақалпақстан Республикасы басқышы өткерилмекте.

Өзбекстан Республикасы Президентиниң «Қәбилетли жасларды анықлаў ҳәм жоқары жетик кадрлар таярлаўдың үзликсиз системасын шөлкемлестириў ис-илажлары ҳаққында»ғы ПҚ-4306-санлы қарарында белгиленген ўазыйпалардың орынланыўын тәмийинлеў, орынларда қәбилетли оқыўшылар менен ислесиў системасын жетилистириў, пән олимпиадалар бойынша тренер-оқытыўшылар базасын қәлиплестириў ҳәм олардың санын көбейтиў, оқытыўшылар арасында халықаралық пән олимпиадалар методологиясын ен жайдырыў мақсетинде Бердақ атындағы Қарақалпақ мәмлекетлик университетинде улыўма орта билим бериў мектеп муғаллимлери арасында математика, физика, химия ҳәм биология пәнлеринен Республикалық олимпиадасының Қарақалпақстан Республикасы басқышы өткерилмекте.

Бул таңлаўдың тийкарғы мақсети – жәмийетимизде муғаллим кәсибиниң абырайын асырыў, педагоглар ушын қолайлы социаллық шараятлар жаратыў ҳәм олардың мийнетин мүнәсип хошаметлеў, муғаллимлердиң оқыўшы жасларға тәлим ҳәм тәрбия бериўдеги жуўапкершилигин, турақлы түрде кәсиплик шеберлигин раўажландырыўдағы талапшанлығын асырыўдан ибарат.

Бунда усы жылдың 12-14-сентябрь күнлери өткерилген улыўма орта билим бериў муғаллимлери арасында математика, физика, химия ҳәм биология пәнлеринен район(қала)лық басқышында 1-,2-,3-орынларды ийелеп, жеңимпазлықты қолға киргизген 200 муғаллим өз билимлерин сынақтан өткереди.

Олимпиада жуўмағында ҳәр бир пән бойынша жоқары нәтийже (1-,2-,3-,орын) көрсеткен 3 муғаллим жәми 12 муғаллимнен ибарат Қарақалпақстан Республикасы сайланды командасы қәлиплестириледи ҳәм Республикалық басқышта қатнасыў ушын усыныс етиледи.

Каналға ағза болың – t.me/kkeduuz
2.0K viewsok, 09:26
Ochish/sharhlash
2022-09-24 12:26:34
1.7K viewsok, 09:26
Ochish/sharhlash
2022-09-24 12:01:33
#Live
——————
Андижон вилоятида ўқитувчилар ўртасида табиий ва аниқ фанлар бўйича фан олимпиадаси Қўрғонтепа туманида ўтказилмоқда.

Айни дақиқаларда 3-умумтаълим мактабига бутун вилоятимиздан устозлар келиб йиғилган. Яқин дақиқаларда эса, олимпиаданинг асосий жараёнига старт берилади.
——————
Саҳифага уланиш учун:
@wwwkurgantepauz
2.2K viewsok, 09:01
Ochish/sharhlash
2022-09-24 10:24:33
FARG‘ONADA “O’QITUVCHILAR OLIMPIADASI”NING VILOYAT BOSQICHIGA START BERILDI

Bugun Farg‘ona shahridagi 40-IDUMda matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan “O’qituvchilar olimpiadasi”ning viloyat bosqichi boshlandi.

Olimpiadani viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ochib berdi hamda hammaga omad tiladi.

Olimpiadaning viloyat bosqichida shahar va tumanlarda saralash bosqichidan o’tgan 227 nafar g’oliblar ishtirok etmoqda.

Shuningdek, tadbir adolatli va shaffof o‘tishi uchun barcha choralar ko‘rilgan. Jumladan, hakamlar hay'ati tarkibi asosan Farg‘ona davlat universiteti va viloyat o‘qituvchilarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi professor-o‘qituvchilaridan shakillantirilgan.

Farg‘ona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati.
3.3K viewsok, 07:24
Ochish/sharhlash
2022-09-24 10:08:35
O'qituvchi olimpiadasi viloyat bosqichi Qarshi shahar xalq ta'limi bo'limiga qarashli 48-umumiy o'rta ta'lim maktabida tashkil etilmoqda.

Ishtirokchilar ko‘tarinki ruhda qatnashmoqda.
Jarayondan videolavha
2.7K viewsok, 07:08
Ochish/sharhlash