Get Mystery Box with random crypto!

O‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida onlayn olimpiadalard | Fan olimpiadalari

O‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar o‘zlariga qulay bo‘lgan vaqtda ishtirok etishlari mumkinligini ma'lum qilamiz.

Onlayn olimpiadada test jarayonini boshlaganingizdan so‘ng 20 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 1 soat vaqt beriladi.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 22:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.
Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart! https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn

Ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar o‘zlarining ta'lim muassasalari tomonidan tizimda tasdiqlanishlari kerak.

Tizimdan oldin ro‘yxatdan o‘tgan lekin hozirda login parolini eslay olmayotganlar o‘z ta'lim muassasalariga murojaat qilib login parollarini bilib olishlari mumkin.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz
@olimpdep