Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda ilk marotaba Аbu Аli ibn Sino nomidagi xalqaro b | Fan olimpiadalari

O‘zbekistonda ilk marotaba Аbu Аli ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi tashkil qilinmoqda.

Joriy yilning 9-14-iyun kunlari Buxoro shahrida tashkil qilinayotgan xalqaro olimpiadada dunyoning 19 ta mamlakatidan 120 nafar iqtidorli yoshlarning (30 ta jamoa) ishtirok etishi kutilmoqda.
Olimpiadada Finlyandiya, Turkiya, Saudiya Аrabistoni, Xitoy, Rossiya, Tojikiston, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Turkmaniston, Mongoliya, Qatar, Ozarbayjon, Hindiston, Quvayt, Belorus, Gruziya, Vyetnam, Tailand davlatlarining terma jamoalari ishtirok etadi.

Olimpiada nazariy va amaliy topshiriqlardan iborat ikki bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqich ishtirokchilarning nazariy bilimlarini baholashga qaratilgan bo‘lib, ularga yozma ish va test topshiriqlari beriladi. Ikkinchi bosqich amaliy ish (laboratoriya) shaklida o‘tkaziladi.

Ishtirokchilarning bajargan ishlarini tekshirish, ularni baholash uchun Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Belorus, Qirgʼiziston va Oʼzbekiston Respublikalaridan xalqaro olimpiadalar boʼyicha koʼp yillik tajribaga, yuqori salohiyatga ega xalqaro darajadagi ekspert mutaxassislar hakamlar hayʼati aʼzoligiga jalb qilingan.

Xalqaro olimpiadaga tashrif buyurgan iqtidorli yoshlar hamda jamoa rahbarlari Buxoroning tarixiy obidalari, uning boy madaniy merosi va urf-odatlari bilan tanishish imkoniyatiga ega boʼlishadi. Shuningdek, olimpiada dasturidan turli sayohatlar, madaniy tadbirlar joy olgan.

9-iyun kuni Buxorodagi “Varnet” botanika bog‘ida olimpiadaning ochilish marosimi, 13-iyun kuni Poyi Kalon tarixiy obidalar majmuasida yopilish marosimi tashkil qilinishi rejalashtirilgan.
Olimpiadaning amaliy bosqichi Buxoradagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tibbiyot institutida o'tkaziladi

olympiad.uzedu.uz
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram