Get Mystery Box with random crypto!

Fan olimpiadalari

Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari F
Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari
Kanal manzili: @olimpdep
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 27.72K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi
Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 34

2022-08-15 10:17:24
To‘xtamurod Jumayev nomidagi Qorako‘l matematika olimpiadasiga start berilmoqda (+VIDEO)

Qorako‘l maktabi asoschisi, O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi, "Buyuk xizmatlari uchun ordeni" sohibi, Davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, "Bugungi kunimizning haqiqiy maʼrifatparvari, davrimizning Avloniysi, Behbudiy domlasi, Munavvarqorisi" deya eʼtirof etilgan ustoz To‘xtamurod Jumayev 1945-yil 15-avgust kuni Buxoro viloyatida tavallud topgan. Uzoq yillar davomida Qorako'l tumanidagi maktabda matematika o'qituvchisi, keyinchalik direktor vazifasida faoliyat yuritgan.

Faoliyati davomida o‘ziga xos yangi uslub maktabini yaratib, uni respublika darajasidagi taʼlim dargohiga aylantirgan mohir pedagog, taʼlim fidoyisi To‘xtamurod Jumayevning yorqin xotirasiga bag‘ishlab matematika olimpiadasi tashkil etilmoqda.

Batafsil yuqoridagi videorolik orqali tanishishingiz mumkin.
9.0K views07:17
Ochish/sharhlash
2022-08-15 10:03:30
Qorako'l maktabi asoschisi, "Buyuk xizmatlari ordeni" sohibi, O'zbekiston Xalq o'qituvchisi To'xtamurod Jumayev haqida Davlatimiz Rahbarining fikrlari.

Ustoz "Ilohim maktabimiz Ollohning nazariga, Prezidentimiz nazariga tushsin" deb duo qilardilar.
8.4K views07:03
Ochish/sharhlash
2022-07-14 22:01:47
Armanistonda o’tayotgan biologiya fanidan xalqaro olimpiadada ishtirok etayotgan terma jamoamiz.

Asosiy sinovlarni yakunlashdi.

Keling, ularga omad tilaylik.
Shu hafta yakunida natijalar e’lon qilinadi.
941 views19:01
Ochish/sharhlash
2022-07-14 13:30:51 Nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi (IMO-2022) topshiriqlari

olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz
@olimpdep
5.9K viewsedited  10:30
Ochish/sharhlash
2022-07-14 07:37:42
52-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO-2022)

Joriy yil 52-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) ga Shvetsariya davlati mezbonlik qilmoqda. Olimpiada masofaviy (onlayn) tarzda tashkil etildi. Xalqaro fizika olimpiadasiga 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etmoqda va shu qatori 5 nafar O‘zbekistonlik yoshlar ham yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

Terma jamoa tarkibi:
Xasanjonova Madinabonu Toxirjon qizi-Toshkent sh., Chilonzor tumani, S.Sirojiddinov akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi;
Sultonov Javoxir Xurshidovich-Toshkent sh., Yunusobod tumani, Mirzo-Ulug‘bek maktabi, 10-sinf o‘quvchisi;
Aliqulov Ruslan Otabek o‘g‘li-Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, 68-IMI, 11-sinf o‘quvchisi;
Itolmasov Abdukomil Akmal o‘g‘li-Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, Xalqaro matematika maktabi, 11-sinf o‘quvchisi;
To‘raboyev Azizbek O‘rinboy o‘g‘li-Navoiy viloyati, Navoiy shahar, 14-maktab,11-sinf o‘quvchisi;

Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
6.7K views04:37
Ochish/sharhlash
2022-07-13 16:43:45
54-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO-2022)

Joriy yilda 54-xalqaro kimyo olimpiadasiga (IChO) Xitoy Xalq Respublikasi mezbonlik qilmoqda. Xalqaro kimyo olimpiadasiga 90 ga yaqin davlatlardan 1000 ga yaqin ishtirokchilar onlayn tarzda ishtirok etmoqda. 4 nafar O‘zbekistonlik yoshlar ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.

Terma jamoa tarkibi:
Jamolov Azimjon Ravshan o‘g‘li - Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi.
Badalova Maftuna Lutfullo qizi - Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
Boymahamadov Ikromiddin Axmadjon o‘g‘li - Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
Shaymatov Sherzod Shaxobiddin o‘g‘li - Navoiy shahridagi, 11-AFCHO‘IM, 11-sinf o‘quvchisi;

Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
6.3K views13:43
Ochish/sharhlash
2022-07-13 06:48:30 TOJIKISTON RESPUBLIKASI, DUSHANBE SHAHRIDA INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI BO‘YICHA "ISI JUNIOR-2022" OLIMPIADASI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 1-7-iyul kunlari Tojikiston respublikasi, Dushanbe shahrida informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha "ISI Junior-2022" olimpiadasi bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekistonlik 4 nafar iqtidorli o‘uvchilar yurtimiz sharafini munosib himoya qildilar. Ushbu olimpiadada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Belarus, Afg‘oniston, Turkmaniston va Rossiya Federatsiyasidan 158 nafar o‘quvchi va 28 nafar murabbiy ishtirok etdi. Onlayn tarzda Ozarbayjon, Mo‘g‘uliston, Hindiston, Shri-Lanka, Xitoy, Suriya va Kuba davlatlaridan 134 nafar ishtirokchi, jami 20 ta jamoa ishtirok etdi.

Olimpiadada ishtirokchilarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Olimpiadada jamoaviy ishtirok uchun esa 1 ta bronza medali qo‘lga kiritildi.
Valijonov Dilyor Dilshodbek o‘g‘li - oltin medal, Andijon viloyati, Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Jo‘rabekov Otabek Jo‘rabek o‘g‘li - oltin medal, Toshkent shahar, Mirobod tumani, “Profi school” maktabi, 10-sinf o‘quvchisi;
Mansuraliyev Husanboy Murotali o‘g‘li - kumush medal, Namangan viloyati, Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
Kim Svyatoslav Sergeyevich - bronza medal, Toshkent shahar, Xalqaro Westminster universiteti akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi;

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi havola orqali kirib ko‘rishingiz mumkin.
https://www.facebook.com/centreMRI.tj/

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
7.0K viewsedited  03:48
Ochish/sharhlash
2022-07-13 06:47:49
6.2K views03:47
Ochish/sharhlash