Get Mystery Box with random crypto!

APIO (Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi)da | Fan olimpiadalari

APIO (Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi)da BRONZA MEDAL

Joriy yilning 18-may kuni Xitoy davlati tomonidan tashkillashtirilgan Asia-Pacific Informatics Olympiad 2024 olimpiadasining yakuniy natijalari e'lon qilindi.

Unga ko'ra:
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchisi Asilbek Sunnatov - bronza medalini qo'lga kiritdi!

Tabriklaymiz! Bu natija O'zbekiston jamoasi uchun mazkur olimpiadadagi 3-bronza medali bo'ldi.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi natijalari bilan quidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. https://apio2024.org/ranking

O'quvchilarimizga Xalqaro Informatika Olimpiadasida ham munosib natija ko'rsatishlarini tilab qolamiz.

olympiad.uzedu.uz
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram