Get Mystery Box with random crypto!

FARG‘ONADA “O’QITUVCHILAR OLIMPIADASI”NING VILOYAT BOSQICHIGA | Fan olimpiadalari

FARG‘ONADA “O’QITUVCHILAR OLIMPIADASI”NING VILOYAT BOSQICHIGA START BERILDI

Bugun Farg‘ona shahridagi 40-IDUMda matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan “O’qituvchilar olimpiadasi”ning viloyat bosqichi boshlandi.

Olimpiadani viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ochib berdi hamda hammaga omad tiladi.

Olimpiadaning viloyat bosqichida shahar va tumanlarda saralash bosqichidan o’tgan 227 nafar g’oliblar ishtirok etmoqda.

Shuningdek, tadbir adolatli va shaffof o‘tishi uchun barcha choralar ko‘rilgan. Jumladan, hakamlar hay'ati tarkibi asosan Farg‘ona davlat universiteti va viloyat o‘qituvchilarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi professor-o‘qituvchilaridan shakillantirilgan.

Farg‘ona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati.