Get Mystery Box with random crypto!

Fan olimpiadalari

Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari F
Telegram kanalining logotibi olimpdep — Fan olimpiadalari
Kanal manzili: @olimpdep
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29.03K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalarini o'tkazish va iqtidorli o'quvchilarni saralash boshqarmasi
Facebook: https://www.facebook.com/olimpdep
Instagram: https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/
Youtube: bit.ly/olimpdep

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 30

2022-09-07 16:10:07
2021-2022-o‘quv yilida o‘tkazilgan asosiy fan olimpiadalari respublika bosqichi g‘oliblarining oliy ta'lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari tahlili.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
3.8K viewsok, 13:10
Ochish/sharhlash
2022-09-07 08:55:30
2021-2022-o‘quv yili Mintaqaviy xalqaro olimpiadalar g‘oliblari to‘g‘risida tahlil.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
3.1K viewsok, 05:55
Ochish/sharhlash
2022-09-05 16:17:05
2021-2022-o‘quv yilida o‘tkazilgan asosiy fan olimpiadalari respublika bosqichi tahlili.

Kanalimizni kuzatishda davom eting.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
6.2K viewsok, 13:17
Ochish/sharhlash
2022-09-05 13:59:23 ASOSIY OLIMPIADANING RESPUBLIKA BOSQICHI HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 562-son qarori asosida 2021/2022-o‘quv yilida Asosiy olimpiada o‘tkazildi.

Asosiy olimpiadaning IV (Respublika) bosqichi 18 ta fandan quyidagi hududlarda o‘tkazildi:
2022-yil, 2-5-iyun kunlari Jizzax viloyatida (Matematika, Fizika, Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili)

2022-yil, 2-5-iyun kunlari Samarqand viloyatida (Tarix, Geografiya, Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili, Tojik tili)

2022-yil, 8-11-iyun kunlari Navoiy viloyatida (Kimyo, Biologiya, Informatika va axborot texnologiyalari, Rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Qozoq tili)

2022-yil, 8-11-iyun kunlari Toshkent shaharda (Ona tili va adabiyoti (maxsus), Matematika (maxsus))

Asosiy olimpiadaning IV (Respublika) bosqichi 18 ta fandan 711-nafat o‘quvchilar ishtirok etdi.

Mazkur olimpiada tahlili bilan tanishishingiz mumkin bo’ladi kanalimizni kuzatishda davom yeting.

olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
5.1K viewsok, 10:59
Ochish/sharhlash
2022-09-05 08:28:53 Ҳурматли халқ таълими тизими ходимлари, устозлар ва азиз ўқувчилар!

Cизларни янги — 2022/2023-ўқув йили бошланиши муносабати билан самимий табриклайман.

Муҳтарам Президентимиз раҳбарлигида мамлакатимиз тараққиёти ва халқимиз турмуш фаравонлигини ошириш, хусусан, халқ таълими тизимини ривожлантириш, фарзандларимизнинг етук ва баркамол авлод бўлиб камол топиши йўлида олиб борилаётган кенг кўламли ислоҳотлар жараёнида сизларнинг ҳам муносиб ҳиссангиз катта эканлигини яна бир бор таъкидлаб ўтишдан мамнунман.

Мураккаб ва шарафли соҳамизда олиб борилаётган кўп қиррали ислоҳотларни амалиётга жорий этиш, юртимиз ёшларининг эртанги порлоқ ва бахтли ҳаётини таъминлаш, уларнинг билимли, юртимизга содиқ ва фидойи инсонлар бўлиб вояга етишида ҳар бирингизнинг алоҳида ўрнингиз, хизматингиз бор.

Азиз ўқувчилар!

Мактабда севимли устозларингиздан олаётган билимингиз, таълим-тарбия ва ҳаётий сабоқларингиз келажакда нафақат ўзингизнинг камолотингиз, балки мамлакатимиз тараққиёти ва фаравонлигини таъминлашда ғоят муҳим эканлигини барчангиз яхши англаб турибсиз.

Юртимиз келажаги, яқин инсонларингизнинг бахтли ҳаёт кечириши бевосита сизнинг бугун олаётган билимингиз ва олдингизга қўйган эртанги мақсадларингиз ижобатига боғлиқ. Шундай экан, барчангиздан бошланаётган янги ўқув йилида янада қунт билан билим олиш, устозларингиз ва ота-оналарингизнинг ўгитларига мунтазам амал қилиш талаб этилади.

Қадрли ўғил-қизлар!

Шуни унутмангки, буюк бобокалонларимиз — Хоразмий, Беруний, Мирзо Улуғбек каби ўнлаб соҳаларнинг билимдони ва даҳоси бўлиб етишишингизда сизга фақат ва фақат таълим ёрдам беради. Олдингизга юксак марраларни қўйиб, қунт билан сабоқ олишингиз сизни ана шундай баланд парвозларга тайёрлай олади.

Мактаб — орзуларга қанот бағишлайдиган, ҳар бир ўқувчининг келажак мақсадлари ижобатига пойдевор бўлувчи муқаддас маскан. Мактаб — ҳар бир ўқувчининг маънавий уйи, унда олинаётган билим ва сабоқлар эса сизлар учун катта бойлик, йўқолмас хазинадир.

Хулоса шуки, юртимизнинг келажакда тараққий этган давлатлар қаторига қўшилиши ва ривожланиши сизларнинг мазкур масканда олаётган маънавий бойлигингизга боғлиқ.

Доно халқимиз таъбири билан айтганда, билим — ҳар қандай вақтда йўлингизга маёқ бўлади, сизга дунё эшикларини очади.

Ишонаманки, сиз мактабда олаётган юксак билим ва тарбиянгиз билан бу давонлардан оғишмай ўта оласиз.

Янги ўқув йилида барчангизга катта иштиёқ ва куч-қувват тилаган ҳолда, таълим жараёнида эришган ютуқларингиз билан устозларингиз ва яқинларингизнинг юзини ёруғ қилишингизга ишонаман.
2.0K viewsok, 05:28
Ochish/sharhlash
2022-09-04 11:42:18
Bot orqali o'z yechimlaringizni jo'natganingizda bot sizga "Malumotlaringiz yuborildi" deb xabar beradi. Kimda agar ushbu xabar kelmagan bo'lsa yoki kelmasa rasmlarni (yoki PDF fayllarni) qayta yuborishingizni so'raymiz.

@Qorakol_olimpiadasi_bot
@Qorakololimpiadasi
@olimpdep
1.0K viewsok, 08:42
Ochish/sharhlash
2022-09-04 11:14:00
Yechimlarni jo‘natish bo‘yicha qisqa video lavha bilan tanishing.

Ishtirokchilar o'z yechimlarini rasmga olgan holda alohida alohida jo'natadilar. Bunda yechimlarni bot orqali yuborganda ikki va undan ortiq rasmlarni belgilab bir vaqtning o'zida yuborishingiz mumkin emas. Shu sababli har bir rasmni alohida birma-bir yuborishingiz kerak bo'ladi. Bundan tashqari rasmlarni barchasini .zip yoki .rar (arxiv) faylga jamlagan holda hammasini bir qilib yuborishingiz ham mumkin. Agarda sizda skaner qurilmasi mavjud bo'lsa barcha yechimlaringizni skaner qilib .PDF faylini yuborishingiz mumkin.

@Qorakol_olimpiadasi_bot
@Qorakololimpiadasi
@olimpdep
2.9K viewsok, 08:14
Ochish/sharhlash
2022-09-04 08:03:27
Bot orqali o'z yechimlaringizni jo'natganingizda bot sizga "Malumotlaringiz yuborildi" deb xabar beradi. Kimda agar ushbu xabar kelmagan bo'lsa yoki kelmasa rasmlarni qayta yuborishingizni so'raymiz.

@Qorakol_olimpiadasi_bot
@Qorakololimpiadasi
@olimpdep
2.8K viewsok, 05:03
Ochish/sharhlash
2022-09-04 07:22:52 Olimpiadalardagi muhim bir jihat halollikdir.
Kimdir sizga yordam berib, o’zingizni qisqa vaqt davomida eng zo’r ekanman degan soxta yolg’onga ishontirishingiz kelgusida o’zingizdan xafa bo’lishingizga, muvaffaqiyatsizlikdan aziyat chekishingizga, o’zingizga bo’lgan ishonchning pasayishiga olib kelishi mumkin.
Shunday ekan, har bir o’quvchining o’zi ishlashga harakat qilishi maqsadga muvofiq.

O’zingizga ishoning, mustaqil muvaffaqiyat qozoning, kelajagingizni o’zingiz yarating!

@Qorakol_olimpiadasi_bot
@Qorakololimpiadasi
@olimpdep
3.0K viewsok, 04:22
Ochish/sharhlash
2022-09-04 07:22:45
#11-sinf

@Qorakol_olimpiadasi_bot
@Qorakololimpiadasi
@olimpdep
2.5K viewsok, 04:22
Ochish/sharhlash