Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Osiyo fizika olimpiadasida ishtirok | Fan olimpiadalari

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Osiyo fizika olimpiadasida ishtirok etish uchun Malayziyaga yo‘l oldi.

Saralash olimpiadalari natijalariga ko‘ra 8 nafar o‘quvchi joriy yilning 3-10-iyun kunlari Malayziyada o‘tkaziladigan 24-Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da ishtirok etadi va ushbu olimpiadada eng yuqori natijalarni qayd etgan 5 nafar o‘quvchilar 21-29-iyul kunlari Eron davlatida o’tkaziladigan nufuzli 54-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.

Joriy yilda 54-Xalqaro fizika olimpiadasi(IPhO)da 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Osiyo fizika olimpiadasi terma jamoa tarkibi:

  Xashayev Ildar Muslimovich Toshkent shahar   M.Ulug‘bek tumani   71-sonli maktab  10-sinf o‘quvchisi;
Sadullayev Javohir Ikram o‘g‘li Qoraqalpog‘iston R.  Nukus shahar  ITMA PM  10-sinf o‘quvchisi;
  Rajabov Dilshodbek Xasanboy o‘g‘li   Xorazm viloyati   Xazorasp tumani  ITMA 1-son IMI  10-sinf o‘quvchisi;
  Ravshanov Ozodbek Zufarjon o‘g‘li Toshkent shahar Yunusobod tumani ITMA M.Ulugʻbek TIM 11-sinf oʻquvchisi ;
  Doniyorov Nodirjon Olimjon oʻgʻli Qashqadaryo viloyati   Kitob tumani  96-sonli maktab  11-sinf o‘quvchisi;
  Mamaniyozov Abdulloh Abdurahim o‘g‘li Toshkent shahar   Yunusobod tumani  ITMA M.Ulug‘bek TIM  10-sinf o‘quvchisi;
  Shukrullayeva Vasila Fazliddinovna Buxoro viloyati   Qorako‘l tumani  BuxDU AL  11-sinf o‘quvchisi;
  Eshonqulov Sayfiddin Do‘stqobil oʻgʻli Qashqadaryo viloyati   G‘uzor tumani  68-sonli maktab  11-sinf o‘quvchisi;

Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz!

olympiad.uzedu.uz
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram