Get Mystery Box with random crypto!

Narpay.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal N
Kanaldagi mavzular:
Семинар
Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal
Kanaldagi mavzular:
Семинар
Kanal manzili: @narpay_tuman_hokimligi
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.55K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.Narpay.uz
https://www.facebook.com/Narpay-tumani-hokimligi-axborot-xizmati-133593578377621/
instagram.com/narpay_tuman_hokimligi
https://www.youtube.com/channel/UCuTB6A7LY_mfX84B-CQAIaw
Murojaat uchun: @islambek_norbekov

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 169

2022-09-26 18:19:21
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING

Afsonalarga ko‘ra, O‘zbekiston hududida hukmronlik qilgan xonlardan biri safarga chiqadi va bir hududga kelib to‘xtaydi. Ammo bu yerda suv muammosiga duch kelishadi. Hech qayerdan suv topa olishmaydi. Shunda o‘sha hudud yonidagi tog‘dan maxsus quvurlar orqali xon uchun suv tortib kelishadi. Bir necha o‘n kilometrdan tortib keltirilgan mazkur quvurlar xonning vaqtinchalik qarorgohiga ulanadi va xon o‘sha suvdan ichib ko‘radi. Vazifa uddalangani, yaʼni “Xon suvdan ichdi” degan xushxabar xalq orasida tezda tarqab ketadi. Aytishlaricha, shu voqea sabab, O‘zbekistondagi bir tuman o‘zining hozirgi nomini olgan ekan. Diqqat savol, bu qaysi tuman?

Javob: Samarqand viloyatidagi Ishtixon tumani. “Xon suv ichdi” degan hayqiriqlar “Ichdi xon” degan shaklda o‘zgarib, keyinchalik Ishtixon ko‘rinishiga kelgan ekan.
2.0K views15:19
Ochish/sharhlash
2022-09-26 16:18:02
"Paxtakor ovozi" gazetasining navbatdagi soni mutolaa uchun havola etilmoqda.
__

"Пахтакор овози" газетасининг навбатдаги сони мутолаа учун ҳавола этилмоқда.
2.5K views13:18
Ochish/sharhlash
2022-09-26 13:15:01
Ҳозирда нақд пулда пенсия ва нафақа олувчилар айрим ҳолларда ойнинг 27-санасига қадар пенсия пулларини кутиб қолиши ҳамда пулни олишда узоқ вақт навбатда туриши мумкин.

Бу ҳолатда энг тўғри ечим — пенсия ва нафақа пулларини банк карталари орқали олиш!

Aфзаллик томонлари:

банк картаси орқали пенсия ва нафақа олувчиларга давлат томонидан яна 1% пул маблағлари қўшиб берилади;
пуллар ҳар ойнинг 5-санасига қадар банк карталарига ўтказиб берилади;
Халқ банки томонидан банк карталари бепул очиб берилади;
онлайн тўлов тизимларидан фойдаланиб, банк картаси орқали коммунал тўловларни бир зумда банкка бормасдан амалга ошириш мумкин;
банк картасидаги пулларни исталган банкоматлар орқали туну кун нақдлаштириб олиш имкони бор.

Шунингдек, Халқ банки томонидан қўшимча 1800 та янги банкомат юртимизнинг энг олис ҳудудларига ўрнатилиши кутиляпти.
————
1106 71 210-2002
@xbcallsupport
3.2K views10:15
Ochish/sharhlash
2022-09-26 12:15:08
Mukofot muborak!

HOKIM YORDAMCHISI MUNOSIB TAQDIRLANDI

"Best Publisation"
ilmiy tadqiqotlar markazining 2022 yil 10 avgust kungi 11-sonli buyrug‘iga asosan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan "TASHABBUSKOR ISLOHOTCHI" ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar orasida Narpayliklar ham bor.

Narpay tumani hokimi yordamchisi Nodirbek Mahammadiyev ham shular jumlasidan.

Mukofot muborak bo‘lsin tumandoshlar!
3.3K views09:15
Ochish/sharhlash
2022-09-26 11:14:07
KREDITLAR VAQTIDA TO‘LANISHI LOZIM

Tumanda dushanba – iqtisodiy soha tashkilotlari bilan ishlash kuni etib belgilangan.

Tuman hokimligi majlislar zalida sektor rahbarlari, mahallalardagi hokim yordamchilari, MIB va tijorat banklari masʼullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Taʼkidlash lozimki, yig‘ilishda banklardan kredit olib, muddatida to‘lamagan aksariyat yuridik va jismoniy shaxslar ham qatnashdilar.

Bunda asosan, muddati o‘tgan kredit qarzlarini undirish, bu borada qarzdorlar o‘rtasida to‘g‘ri targ‘ibot olib borish, baʼzi bir to‘lov qobiliyati bo‘lmagan shaxslar uchun mavsumiy va doimiy ishlar taklif etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Unutmaslik kerakki, tijorat banklaridan olingan kreditlarning vaqtida to‘lanishi, yangidan ish boshlovchi yoki faoliyatini kengaytirish niyatida bo‘lganlar uchun yana kredit ajratilishiga zamin yaratadi.
3.2K views08:14
Ochish/sharhlash
2022-09-26 10:33:49
Бугунги оммавий ахборот воситалари вакиллари учун брифингнинг тўлиқ видеоси

Facebook|Instagram|Twitter
782 views07:33
Ochish/sharhlash
2022-09-26 10:19:31
YO‘L BELGILARI O‘RNATILDI

Tuman hududida bolalar ishtirokida yo‘l-transport hodisalari sodir etilishining oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Yaqindagina tuman hokimligi tomonidan M-37 avtomobil yo‘lining 103 hamda 109 kilometrlaridagi 19 va 42-umumtaʼlim maktablari oldiga svetofor qurilmasi o‘rnatilgan edi.

Bugun esa M-37 avtomobil yo‘li yoqasida joylashgan umumtaʼlim maktablari oldiga yangi turdagi tezlikni cheklash(30 km/soat) va bolalar o‘tish yo‘l belgilari o‘rnatildi.
________

ЙЎЛ БЕЛГИЛАРИ ЎРНАТИЛДИ

Туман ҳудудида болалар иштирокида йўл-транспорт ҳодисалари содир этилишининг олдини олиш борасида бир қатор ишлар амалга оширилмоқда. Яқиндагина туман ҳокимлиги томонидан М-37 автомобиль йўлининг 103 ҳамда 109 километрларидаги 19 ва 42-умумтаълим мактаблари олдига светофор қурилмаси ўрнатилган эди.

Бугун эса М-37 автомобиль йўли ёқасида жойлашган умумтаълим мактаблари олдига янги турдаги тезликни чеклаш(30 км/соат) ва болалар ўтиш йўл белгилари ўрнатилди.
1.1K views07:19
Ochish/sharhlash
2022-09-26 10:08:22
TUMAN HOKIMI SOLIQCHI VA MOLIYACHILAR BILAN UCHRASHDI

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish birlamchi vazifadir. Birinchi sektor shtabida tuman davlat soliq inspeksiyasi, majburiy ijro byurosi, moliya bo‘limi masʼullari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda shu mavzuda so‘z yuritildi.

Yig‘ilishda tuman hokimi qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish, qonuniy tushumlarni taʼminlash, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘rganib, amaliy yordam ko‘rsatish, ularning imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan alohida to‘xtaldi.
1.2K views07:08
Ochish/sharhlash
2022-09-26 09:12:07
MAHALLA RAISI VA TIZIM XODIMLARI IMTIYOZLI RAVISHDA GRANT ASOSIDA TALABALIKKA QABUL QILINDI

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining tavsiyanomasi asosida Samarqand viloyatidagi 41 nafar o‘rta va o‘rta maxsus maʼlumotli mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari davlat granti asosida sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilindi.

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining tavsiyanomasi asosida Narpay tumanidan 3 nafar mahalla raislari talaba bo‘lishga erishdi.

Mazkur xodimlar 2022/2025 o‘quv yillari davomida Guliston davlat universiteti, Ijtimoiy ish fakulteti (fuqarolarni o‘zi - o‘zini boshqarish organlari)” bakalavriat taʼlim yo‘nalishining sirtqi taʼlim shaklida davlat granti asosida o‘qish imoniyatiga ega bo‘lishdi.
1.7K views06:12
Ochish/sharhlash
2022-09-26 08:38:29
#Ayni_paytda

“Maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Islom Hakimov ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazilmoqda.

Kuzatib borish uchun:
https://fb.watch/fMZ5B66A53/
_______

#Айни_пайтда

“Мактабгача таълим тизимида амалга оширилаётган ишлар” мавзусида туман ҳокимининг ёшлар сиёсати, ижтимоий ривожлантириш ва маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосари Ислом Ҳакимов иштирокида очиқ мулоқот ўтказилмоқда.

Кузатиб бориш учун:
https://fb.watch/fMZ5B66A53/
1.9K views05:38
Ochish/sharhlash