Get Mystery Box with random crypto!

Narpay.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal N
Kanaldagi mavzular:
Семинар
Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal
Kanaldagi mavzular:
Семинар
Kanal manzili: @narpay_tuman_hokimligi
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.55K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.Narpay.uz
https://www.facebook.com/Narpay-tumani-hokimligi-axborot-xizmati-133593578377621/
instagram.com/narpay_tuman_hokimligi
https://www.youtube.com/channel/UCuTB6A7LY_mfX84B-CQAIaw
Murojaat uchun: @islambek_norbekov

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 168

2022-09-27 08:22:15
Bugungi kunda Narpay tumani aholisi necha nafar?
________
Бугунги кунда Нарпай тумани аҳолиси неча нафар?
Anonymous Quiz
21%
215 000
42%
218 000
37%
221 000
837 voters2.7K views05:22
Ochish/sharhlash
2022-09-27 08:11:08
NARPAYDA BIR KUNDA ISTЕ’MOLCHILARGA 20 TONNAGA YAQIN SUYULTIRILGAN GAZ MAHSULOTLARI TARQATILADI

“Hududgaz Samarqand”
gaz ta’minoti filiali “Narpaytumangaz” bo‘limi tumanning 52 ta mahallalardagi 31077 ta aholi va 33 ta (ijtimoiy soha obe’ktlari)ga xizmat ko‘rsatadi.

O‘tgan 8 oy davomida tumandagi iste’molchilarga 3690 tonna mahsulot yetkazib berildi.

Aholini suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida qondirish maqsadida, tumanda 5 ta “ISUZU” avtoulovlaridan foydalaniladi.

Bugungi kunda suyultirilgan gaz mahsulotini yetkazib berishda aholi xonadonlari 35113 dona maishiy gaz ballonlaridan foydalanadi.

Har kuni tumanning 2 ta mahallalarida yashovchi iste’molchilarga 950 ta maishiy gaz ballonlarda 19 tonna suyultirilgan gaz mahsulotlari yetkazib berilmoqda.

Mazkur jarayonlarda filialning 11 nafar ishchi-xodimlari mehnat qilishyapti.
2.5K views05:11
Ochish/sharhlash
2022-09-27 07:09:02 #mol_mulk_va_yer_soligi

15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Mol-mulk va yer solig‘ini Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek soliq organi yoki bank bo‘limlariga borgan holda to‘lash mumkin.

Soliq mobil ilovasi orqali to‘lovni amalga oshirishda:

ilovadan "Soliqlarni to‘lash" bo‘limi tanlanadi;
ochilgan oynaga soliq to‘lovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (
JShShIR) kiritiladi;
jami qarzdorlik va joriy yil uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllanadi;
"Davom etish" tugmasi bosilganda ilovaga biriktirilgan bank kartasidan belgilangan soliq summasi yechiladi.

Jismoniy shaxslar my.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetga ERI orqali kirib "JShlarning solishtirma dalolatnomalari" bo‘limidan hisoblangan, to‘langan va mavjud soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishi mumkin.

soliq.uz saytidan o‘z hududingizdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalarini oson aniqlang.

Kimlar mol-mulk solig‘idan imtiyozga ega?

Kimlar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan?

Jismoniy shaxslar qaysi mol-mulk va yerlari uchun soliq to‘laydi?
2.8K views04:09
Ochish/sharhlash
2022-09-27 06:09:07
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING

1936 yilda yaratilgan “Qasam” filmi o‘zbek kinosi tarixida o‘z o‘rniga ega. Mutaxassislar fikricha, aynan shu film O‘zbekistondagi teatr aktyorlariga kino sari yo‘l ochib bergan ekan. Diqqat savol, ushbu filmning o‘ziga xosligi nimada edi?
________

БИЛИМИНГИЗНИ СИНАБ КЎРИНГ

1936 йилда яратилган “Қасам” фильми ўзбек киноси тарихида ўз ўрнига эга. Мутахассислар фикрича, айнан шу фильм Ўзбекистондаги театр актёрларига кино сари йўл очиб берган экан. Диққат савол, ушбу фильмнинг ўзига хослиги нимада эди?
2.7K views03:09
Ochish/sharhlash
2022-09-27 05:08:01
telegram: https://t.me/Narpay_tuman_hokimligi

Veb sahifa: http://narpay.uz/

facebook: https://www.facebook.com/Narpay-tumani-hokimligi-axborot-xizmati-133593578377621

You tube:



Instagram: https://instagram.com/narpay_tuman_hokimligi?utm_medium=copy_link
2.8K views02:08
Ochish/sharhlash
2022-09-27 04:07:01
KUN HIKMATI:

O‘tib ketgan vaqt emas, u umrdir.

Ali ibn Abu Tolib
__________

КУН ҲИКМАТИ:

Ўтиб кетган вақт эмас, у умрдир.

Али ибн Абу Толиб
3.3K views01:07
Ochish/sharhlash
2022-09-27 03:06:01
Xayrli tong aziz yurtdoshlar!
___

Хайрли тонг азиз юртдошлар!
3.3K views00:06
Ochish/sharhlash
2022-09-26 19:22:07
#Qiziqarli_faktlar

Nimaga odamlar qo'l berib salomlashadilar?

— Qadimgi davrlarda, ochiq qo'llarni ko'rsatish, bir kishi boshqasiga quroli yo'qligini, uning niyati pokligini ko'rsatganini bildirardi. Va qarshisidagi odam unga ishonsa u ham qo'l uzatgan. Shu bilan odamlar bir biriga teginib o'z хavfsizligini ta'minlashgan.
________

#Қизиқарли_фактлар

Нимага одамлар қўл бериб саломлашадилар?

— Қадимги даврларда, очиқ қўлларни кўрсатиш, бир киши бошқасига қуроли йўқлигини, унинг нияти поклигини кўрсатганини билдирарди. Ва қаршисидаги одам унга ишонса у ҳам қўл узатган. Шу билан одамлар бир бирига тегиниб ўз хавфсизлигини таъминлашган.
1.2K views16:22
Ochish/sharhlash
2022-09-26 18:59:34
#Ayni_paytda

"Mahallalarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yana-da rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari–iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Anvar Boliyev ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.

Kuzatib borish uchun:
https://fb.watch/fNxupMXE8v/
________

#Айни_пайтда

"Маҳаллаларда кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш ва янада ривожлантириш борасида амалга оширилаётган ишлар" мавзусида туман ҳокимининг молия-иқтисодиёт ва камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича биринчи ўринбосари–иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш бўлими бошлиғи Анвар Болиев иштирокида очиқ мулоқот бўлиб ўтмоқда.

Кузатиб бориш учун:
https://fb.watch/fNxupMXE8v/
1.5K views15:59
Ochish/sharhlash
2022-09-26 18:27:36
“Zirabuloq”ning YANA BIR G‘ALABASI

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati ikkinchi liga Samarqand viloyat bosqichi davom etmoqda. Bu gal tumanimizning “Zirabuloq” (Narpay) jamoasi Ishtixon tumanining “Olimpik” jamoasiga mezbonlik qildi.

Nasim Sharipov rahbarlik qilib kelayotgan tumanimiz futbolchilari raqiblar ustidan yana g‘alaba qozondilar.

Demak, “Zirabuloq” (Narpay) – “Olimpik” (Ishtixon) 2:1.

G‘alaba muborak, azizlar!
1.9K views15:27
Ochish/sharhlash