Get Mystery Box with random crypto!

MATBUOT UYI TAʼMIRLANMOQDA Maʼlumki, 27 iyun - Matbuot va omm | Narpay.uz | Rasmiy kanal

MATBUOT UYI TAʼMIRLANMOQDA

Maʼlumki, 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanib keladi.

Ushbu kun munosabati va tuman hokimligi tashabbusi bilan tumanimizda uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan "Navqiron Narpay gazetasi" binosida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.


Maʼlumot uchun mazkur matbuot uyi 1932-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib keladi. Bugun bu dargoh o‘zgacha ko‘rinishga keltirilyapti. Zamonaviy qilib taʼmirlanayotgan Matbuot uyi taʼmirlash ishlaridan so‘ng yana-da ko‘rkam ko‘rinish kasb etadi.