Get Mystery Box with random crypto!

BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING Afsonalarga ko‘ra, O‘zbekiston hud | Narpay.uz | Rasmiy kanal

BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING

Afsonalarga ko‘ra, O‘zbekiston hududida hukmronlik qilgan xonlardan biri safarga chiqadi va bir hududga kelib to‘xtaydi. Ammo bu yerda suv muammosiga duch kelishadi. Hech qayerdan suv topa olishmaydi. Shunda o‘sha hudud yonidagi tog‘dan maxsus quvurlar orqali xon uchun suv tortib kelishadi. Bir necha o‘n kilometrdan tortib keltirilgan mazkur quvurlar xonning vaqtinchalik qarorgohiga ulanadi va xon o‘sha suvdan ichib ko‘radi. Vazifa uddalangani, yaʼni “Xon suvdan ichdi” degan xushxabar xalq orasida tezda tarqab ketadi. Aytishlaricha, shu voqea sabab, O‘zbekistondagi bir tuman o‘zining hozirgi nomini olgan ekan. Diqqat savol, bu qaysi tuman?

Javob: Samarqand viloyatidagi Ishtixon tumani. “Xon suv ichdi” degan hayqiriqlar “Ichdi xon” degan shaklda o‘zgarib, keyinchalik Ishtixon ko‘rinishiga kelgan ekan.