Get Mystery Box with random crypto!

Narpay.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal N
Kanaldagi mavzular:
Семинар
Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal
Kanaldagi mavzular:
Семинар
Kanal manzili: @narpay_tuman_hokimligi
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.55K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.Narpay.uz
https://www.facebook.com/Narpay-tumani-hokimligi-axborot-xizmati-133593578377621/
instagram.com/narpay_tuman_hokimligi
https://www.youtube.com/channel/UCuTB6A7LY_mfX84B-CQAIaw
Murojaat uchun: @islambek_norbekov

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 166

2022-09-29 04:07:01
KUN HIKMATI:

Sukut sen egalik qiladigan eng qimmatli narsadir.

Elchin Safarli
_________

КУН ҲИКМАТИ:

Сукут сен эгалик қиладиган энг қимматли нарсадир.

Элчин Сафарли
2.9K views01:07
Ochish/sharhlash
2022-09-29 03:06:01
Xayrli tong aziz yurtdoshlar!
___

Хайрли тонг азиз юртдошлар!
114 views00:06
Ochish/sharhlash
2022-09-28 19:22:08
#Qiziqarli_faktlar

Nimaga Mercedes-Benz logotipi uchun uch qirrali yulduz tanlangan?

— 1909 yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz logotipidagi uch qirrali yulduz brendning quruqlikdagi, suvdagi va havodagi muvaffaqiyatini ramziy ma'noda anglatadi. Bu brend egasi Daimler kompaniyasi avtomobillardan tashqari dengiz va samolyot dvigatellarini ishlab chiqarganligi bilan bog'liq.
_______

#Қизиқарли_фактлар

Нимага Мерседес-Бенз логотипи учун уч қиррали юлдуз танланган?

— 1909 йилда ишлаб чиқарилган Мерседес-Бенз логотипидаги уч қиррали юлдуз бренднинг қуруқликдаги, сувдаги ва ҳаводаги муваффақиятини рамзий маънода англатади. Бу бренд эгаси Даимлер компанияси автомобиллардан ташқари денгиз ва самолёт двигателларини ишлаб чиқарганлиги билан боғлиқ.
1.9K views16:22
Ochish/sharhlash
2022-09-28 18:47:35
ISTEʼMOLCHILAR DIQQATIGA!

Yuqori kuchlanishli tarmoqda rejali ishlar bajarilishi sababli ertaga – 29 sentyabr kuni soat 10:00 dan soat 11:00 ga qadar Ipak yo‘li, Navro‘z, Do‘stlik, Yangiobod, Tinchlik, Zirabuloq, Amir Temur, Islomobod, Narpay, Nog‘oraxona, Barkamol, Ahillik mahallalarida elektr energiyasi uzatilishida cheklovlar kuzatiladi.

Tuman elektr taʼminoti korxonasi maʼmuriyati ushbu noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.
_______

ИСТЕЪМОЛЧИЛАР ДИҚҚАТИГА!

Юқори кучланишли тармоқда режали ишлар бажарилиши сабабли эртага – 29 сентябрь куни соат 10:00 дан соат 11:00 га қадар Ипак йўли, Наврўз, Дўстлик, Янгиобод, Тинчлик, Зирабулоқ, Амир Темур, Исломобод, Нарпай, Ноғорахона, Баркамол, Аҳиллик маҳаллаларида электр энергияси узатилишида чекловлар кузатилади.

Туман электр таъминоти корхонаси маъмурияти ушбу ноқулайликлар учун истеъмолчилардан узр сўрайди.
2.1K views15:47
Ochish/sharhlash
2022-09-28 18:46:49
ISTEʼMOLCHILAR DIQQATIGA!

Yuqori kuchlanishli tarmoqda rejali ishlar bajarilishi sababli ertaga – 29 sentyabr kuni soat 9:00 dan kech soat 17:00 ga qadar Xo‘jakorzon, Birlik, Sohibkor, Beklar, Haqiqat, Ravot olchin mahallalarida elektr energiyasi uzatilishida cheklovlar kuzatiladi.

Tuman elektr taʼminoti korxonasi maʼmuriyati ushbu noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.
_______

ИСТЕЪМОЛЧИЛАР ДИҚҚАТИГА!

Юқори кучланишли тармоқда режали ишлар бажарилиши сабабли эртага – 29 сентябрь куни соат 9:00 дан кеч соат 17:00 га қадар Хўжакорзон, Бирлик, Соҳибкор, Беклар, Ҳақиқат, Равот олчин маҳаллаларида электр энергияси узатилишида чекловлар кузатилади.

Туман электр таъминоти корхонаси маъмурияти ушбу ноқулайликлар учун истеъмолчилардан узр сўрайди.
2.0K views15:46
Ochish/sharhlash
2022-09-28 18:41:57
TAYINLOV

Ostonov O‘lmasbek To‘lqin o‘g‘li
– Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati, Narpay tuman bo‘linmasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

Hozirga qadar u 13-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi o‘qituvchisi vazifasida faoliyat yuritib kelgan.
________

ТАЙИНЛОВ

Остонов Ўлмасбек Тўлқин ўғли
– Республика Маънавият ва маърифат маркази Самарқанд вилояти, Нарпай туман бўлинмаси раҳбари лавозимига тайинланди.

Ҳозирга қадар у 13 сон болалар мусиқа ва санъат мактаби ўқитувчиси вазифасида фаолият юритиб келган.
2.1K views15:41
Ochish/sharhlash
2022-09-28 18:36:00
TAYINLOV

Egamberdiyev Sanjar Suyunovich
– Narpay tumani hokimligi bolalarni himoya qilish shoʻbasi mudiri vazifasiga tayinlandi.

Hozirga qadar u tuman hokimligi bolalarni himoya qilish shoʻbasi bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritib kelgan.
________

ТАЙИНЛОВ

Эгамбердиев Санжар Суюнович
– Нарпай тумани ҳокимлиги болаларни ҳимоя қилиш шўъбаси мудири вазифасига тайинланди.

Ҳозирга қадар у туман ҳокимлиги болаларни ҳимоя қилиш шўъбаси бош мутахассиси вазифасида фаолият юритиб келган.
2.2K views15:36
Ochish/sharhlash
2022-09-28 18:21:07
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING

Amerikalik jurnalist Uillard 19 asr oxirida Rossiyaga Trancsibir temir yo‘l magistrali haqida material tayyorlash uchun tashrif buyuradi. Unga Yo‘llar vazirligidan xat keladi va maqolani tayyorlash davomida temir yo‘lda bepul harakatlanish imtiyozi berilganligi maʼlum qilinadi. Bundan xursand bo‘lgan uddaburon Uillard garchi ishi bo‘lmasa ham har kuni kechasi Nijniy Novgorodga yo‘lga chiqar, ertasi kuni kechqurun esa yana Moskva tomon yo‘lga otlanardi. Savol, u nima uchun bunday yo‘l tutgan?

Javob: Mehmonxona uchun ketadigan xarajatlarini tejab qolish uchun. U har tunni poyezdda o‘tkazardi va mehmonxonada turishga ehtiyoji bo‘lmasdi.
2.3K views15:21
Ochish/sharhlash
2022-09-28 17:20:08
QIZ BOLANING KO‘RKI ODOB

64-umumtaʼlim maktabida yuqori sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida "Oila muqaddas dargoh", "Qiz bola nozik xilqat" mavzularida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

Bunda qiz bolaning odobi, oilada tutgan o‘rni, bu nozik xilqatning jamiyatdagi roli haqida tushunchalar berildi.

Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘lim boshlig‘i M. Ochilova, "Buvijonlar maktabi" jamoatchilik kengash masʼullari va hayotiy tajribaga ega onaxonlar ham ishtirok etdilar.
______

ҚИЗ БОЛАНИНГ КЎРКИ ОДОБ

64-умумтаълим мактабида юқори синф ўқувчи қизлари ўртасида "Оила муқаддас даргоҳ", "Қиз бола нозик хилқат" мавзуларида маънавий-маърифий тадбирлар ташкил этилди.

Бунда қиз боланинг одоби, оилада тутган ўрни, бу нозик хилқатнинг жамиятдаги роли ҳақида тушунчалар берилди.

Тадбирда туман ҳокимининг ўринбосари, оила ва хотин-қизлар бўлим бошлиғи М. Очилова, "Бувижонлар мактаби" жамоатчилик кенгаш масъуллари ва ҳаётий тажрибага эга онахонлар ҳам иштирок этдилар.
2.8K views14:20
Ochish/sharhlash
2022-09-28 15:18:31
AZIZ TUMANDOSHLAR!

Ertaga – 29 sentyabr kuni 7-umumtaʼlim maktabida xalq deputatlari tuman Kengashining “Paxtakor ovozi” gazetasining 90 yilligi oldidan adabiy kecha bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda gazeta tarixi va buguni haqida ijodkorlar bilan suhbat, shu kabi sheʼrxonlik mushoirasi uyushtiriladi.

Barcha adabiyot ixlosmandlarini tadbirda ishtirok etishga chaqiramiz.

Manzil: Obi hayot mahallasi, 7-umumtaʼlim maktabi.
________

АЗИЗ ТУМАНДОШЛАР!

Эртага – 29 сентябрь куни 7-умумтаълим мактабида халқ депутатлари туман Кенгашининг “Пахтакор овози” газетасининг 90 йиллиги олдидан адабий кеча бўлиб ўтади.

Тадбирда газета тарихи ва бугуни ҳақида ижодкорлар билан суҳбат, шу каби шеърхонлик мушоираси уюштирилади.

Барча адабиёт ихлосмандларини тадбирда иштирок этишга чақирамиз.

Манзил: Оби ҳаёт маҳалласи, 7-умумтаълим мактаби.
3.1K views12:18
Ochish/sharhlash