Get Mystery Box with random crypto!

KREDITLAR VAQTIDA TO‘LANISHI LOZIM Tumanda dushanba – iqtisod | Narpay.uz | Rasmiy kanal

KREDITLAR VAQTIDA TO‘LANISHI LOZIM

Tumanda dushanba – iqtisodiy soha tashkilotlari bilan ishlash kuni etib belgilangan.

Tuman hokimligi majlislar zalida sektor rahbarlari, mahallalardagi hokim yordamchilari, MIB va tijorat banklari masʼullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Taʼkidlash lozimki, yig‘ilishda banklardan kredit olib, muddatida to‘lamagan aksariyat yuridik va jismoniy shaxslar ham qatnashdilar.

Bunda asosan, muddati o‘tgan kredit qarzlarini undirish, bu borada qarzdorlar o‘rtasida to‘g‘ri targ‘ibot olib borish, baʼzi bir to‘lov qobiliyati bo‘lmagan shaxslar uchun mavsumiy va doimiy ishlar taklif etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Unutmaslik kerakki, tijorat banklaridan olingan kreditlarning vaqtida to‘lanishi, yangidan ish boshlovchi yoki faoliyatini kengaytirish niyatida bo‘lganlar uchun yana kredit ajratilishiga zamin yaratadi.