Get Mystery Box with random crypto!

TUMAN HOKIMI SOLIQCHI VA MOLIYACHILAR BILAN UCHRASHDI Tadbirk | Narpay.uz | Rasmiy kanal

TUMAN HOKIMI SOLIQCHI VA MOLIYACHILAR BILAN UCHRASHDI

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish birlamchi vazifadir. Birinchi sektor shtabida tuman davlat soliq inspeksiyasi, majburiy ijro byurosi, moliya bo‘limi masʼullari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda shu mavzuda so‘z yuritildi.

Yig‘ilishda tuman hokimi qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish, qonuniy tushumlarni taʼminlash, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘rganib, amaliy yordam ko‘rsatish, ularning imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan alohida to‘xtaldi.