Get Mystery Box with random crypto!

Narpay.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal N
Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @narpay_tuman_hokimligi
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.34K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.Narpay.uz
https://www.facebook.com/Narpay-tumani-hokimligi-axborot-xizmati-133593578377621/
instagram.com/narpay_tuman_hokimligi
https://www.youtube.com/channel/UCuTB6A7LY_mfX84B-CQAIaw
Murojaat uchun: @islambek_norbekov

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 182

2021-12-17 18:11:56
SIYOSIY-MAʼRIFIY O‘QUV SOATI

Tuman hokimligi majlislar zalida navbatdagi siyosiy-maʼrifiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimligi apparati xodimlari ishtirok etdilar.

O‘quv soatida O‘zbekiston Yoshlar forumi -2021 loyihasi, davlat xizmatchisining etikasi mavzularida so‘z yuritildi.
_____

СИЁСИЙ-МАЪРИФИЙ ЎҚУВ СОАТИ

Туман ҳокимлиги мажлислар залида навбатдаги сиёсий-маърифий ўқув соати бўлиб ўтди. Унда туман ҳокимлиги аппарати ходимлари иштирок этдилар.

Ўқув соатида Ўзбекистон Ёшлар форуми -2021 лойиҳаси, давлат хизматчисининг этикаси мавзуларида сўз юритилди.
2.8K views15:11
Ochish/sharhlash
2021-12-17 15:07:51
KAMONDAN O‘Q OTISH BO‘YICHA MUSOBAQA

Milliy gvardiyaning tuman Qo‘riqlash bo‘limi hamda bolalar va o‘smirlar sport maktabi hamkorligida 7-umumtaʼlim maktabida kamondan o‘q otish bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. "Qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i kubogi" uchun o‘tkazilgan ushbu musobaqada xodimlar va o‘quvchilardan tashqari, mahalladagi uyushmagan yoshlar ham ishtirok etdilar.

Musobaqada faxrli birinchi o‘rinni Narpay tumani qo‘riqlash bo‘limi xodimi egallagan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni maktab o‘quvchilari qo‘lga kiritdilar.

G‘oliblar Qo‘riqlash bo‘limi tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
3.3K views12:07
Ochish/sharhlash
2021-12-17 10:10:18
MAKTAB O‘QUVCHILARI UCHUN QISHKI TAʼTIL 28 DEKABRDAN BOSHLANADI

Maktab o‘quvchilari uchun II chorakning so‘nggi kuni 27 dekabrga to‘g‘ri kelib, 28 dekabr kuni qishki taʼtilning ilk kuni sanaladi.

Taʼtil 14 kalendar kun, yaʼni 2022 yil 10 yanvargacha davom etadi.

III chorak 2022 yilning 11 yanvaridan boshlanadi.
______

МАКТАБ ЎҚУВЧИЛАРИ УЧУН ҚИШКИ ТАЪТИЛ 28 ДЕКАБРДАН БОШЛАНАДИ

Мактаб ўқувчилари учун II чоракнинг сўнгги куни 27 декабрга тўғри келиб, 28 декабрь куни қишки таътилнинг илк куни саналади.

Таътил 14 календарь кун, яъни 2022 йил 10 январгача давом этади.

III чорак 2022 йилнинг 11 январидан бошланади.
3.9K views07:10
Ochish/sharhlash
2021-12-17 10:01:49
Айни пайтди вилоят ҳокимлигида Вилоят ҳокими Эркинжон Турдимовнинг Самарқанд халқига мурожаати доирасида матбуот анжумани ўтказилмоқда...

Жонли эфир: https://fb.watch/9XRefchbUF/
2.8K views07:01
Ochish/sharhlash
2021-12-17 09:56:43
ISH OXIRIGA YETKAZILDI

Oqtosh shahridagi E. Ravshanov nomli ko‘cha uzoq yillardan buyon o‘nqir-cho‘nqir bo‘lib, yog‘ingarchilik paytida piyoda yurishning imkoniyati yo‘q edi.

Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan bu yo‘lga to‘liq asflt yotqizildi.

Ayni damda yo‘lsozlar o‘z ishlarini poyoniga yetkazdilar.
_____

ИШ ОХИРИГА ЕТКАЗИЛДИ

Оқтош шаҳридаги Э. Равшанов номли кўча узоқ йиллардан буён ўнқир-чўнқир бўлиб, ёғингарчилик пайтида пиёда юришнинг имконияти йўқ эди.

Туман йўллардан фойдаланиш унитар корхонаси томонидан бу йўлга тўлиқ асфльт ётқизилди.

Айни дамда йўлсозлар ўз ишларини поёнига етказдилар.
3.0K views06:56
Ochish/sharhlash