Get Mystery Box with random crypto!

Narpay.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal N
Kanaldagi mavzular:
Семинар
Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal
Kanaldagi mavzular:
Семинар
Kanal manzili: @narpay_tuman_hokimligi
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.55K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.Narpay.uz
https://www.facebook.com/Narpay-tumani-hokimligi-axborot-xizmati-133593578377621/
instagram.com/narpay_tuman_hokimligi
https://www.youtube.com/channel/UCuTB6A7LY_mfX84B-CQAIaw
Murojaat uchun: @islambek_norbekov

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 167

2022-09-28 14:17:08
HARBIYLAR BILAN SUHBAT

Yoshlarni vatanga sadoqat ruhida, mard va jasur qilib tarbiyalash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 55-umumtaʼlim maktabida Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligining bir guruh harbiy xizmatchilari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir ham shular jumlasidandir.

Harbiy xizmatchilar o‘quvchilar bilan dildan suhbat qurishib, harbiylar hayoti, sharafli kasb sir-asrorlari haqida so‘zlab berdilar.

O‘z o‘rnida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olishdi.
______

ҲАРБИЙЛАР БИЛАН СУҲБАТ

Ёшларни ватанга садоқат руҳида, мард ва жасур қилиб тарбиялаш борасида бир қатор ишлар амалга оширилмоқда. 55-умумтаълим мактабида Марказий ҳарбий округ қўмондонлигининг бир гуруҳ ҳарбий хизматчилари иштирокида ўтказилган тадбир ҳам шулар жумласидандир.

Ҳарбий хизматчилар ўқувчилар билан дилдан суҳбат қуришиб, ҳарбийлар ҳаёти, шарафли касб сир-асрорлари ҳақида сўзлаб бердилар.

Ўз ўрнида ўқувчи-ёшлар ўзларини қизиқтирган саволларга тўлиқ жавоб олишди.
3.1K views11:17
Ochish/sharhlash
2022-09-28 12:15:09
1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni oldidan.
________

1 октябрь – Ўқитувчи ва мураббийлар куни олдидан.
3.7K views09:15
Ochish/sharhlash
2022-09-28 11:14:08
MOHIR TIKUVCHI

Salovat mahallasida yashovchi Mastura Hayitova tajribali tikuvchi. U shu kasbi ortidan mohir tikuvchi sifatida el ichida hurmat topdi.

Mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi Bunyod To‘rayevning ko‘magi bilan “Narpay Yahyobek nur” xususiy korxonasiga 150 million so‘mlik imtiyozli kredit ajratilib, faoliyati kengaytirildi. Bugun bu yerda 11 nafar xotin-qiz mehnat qilmoqda.
________

МОҲИР ТИКУВЧИ

Саловат маҳалласида яшовчи Мастура Ҳайитова тажрибали тикувчи. У шу касби ортидан моҳир тикувчи сифатида эл ичида ҳурмат топди.

Маҳаллада фаолият юритаётган ҳоким ёрдамчиси Бунёд Тўраевнинг кўмаги билан “Нарпай Яҳёбек нур” хусусий корхонасига 150 миллион сўмлик имтиёзли кредит ажратилиб, фаолияти кенгайтирилди. Бугун бу ерда 11 нафар хотин-қиз меҳнат қилмоқда.
3.5K views08:14
Ochish/sharhlash
2022-09-27 19:22:08
#Qiziqarli_faktlar

Yer yuzidagi odamlarning taxminan 50% ko'rish bilan bog'liq muammolarga ega.
__________

#Қизиқарли_фактлар

Ер юзидаги одамларнинг тахминан 50% кўриш билан боғлиқ муаммоларга эга.
1.6K views16:22
Ochish/sharhlash
2022-09-27 18:21:07
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING

1936 yilda yaratilgan “Qasam” filmi o‘zbek kinosi tarixida o‘z o‘rniga ega. Mutaxassislar fikricha, aynan shu film O‘zbekistondagi teatr aktyorlariga kino sari yo‘l ochib bergan ekan. Diqqat savol, ushbu filmning o‘ziga xosligi nimada edi?

Javob: “Qasam” filmi o‘zbek kinosi tarixidagi birinchi ovozli filmdir.
_________

БИЛИМИНГИЗНИ СИНАБ КЎРИНГ

1936 йилда яратилган “Қасам” фильми ўзбек киноси тарихида ўз ўрнига эга. Мутахассислар фикрича, айнан шу фильм Ўзбекистондаги театр актёрларига кино сари йўл очиб берган экан. Диққат савол, ушбу фильмнинг ўзига хослиги нимада эди?

Жавоб: “Қасам” фильми ўзбек киноси тарихидаги биринчи овозли фильмдир.
2.2K views15:21
Ochish/sharhlash
2022-09-27 17:24:46
#Ayni_paytda

"Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari–iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Anvar Boliyev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Kuzatib borish uchun:
https://fb.watch/fOMiXXmI6P/
________

#Айни_пайтда

"Озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлаш борасида амалга оширилаётган ишлар" мавзусида туман ҳокимининг молия-иқтисодиёт ва камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича биринчи ўринбосари–иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш бўлими бошлиғи Анвар Болиев иштирокида матбуот анжумани бўлиб ўтмоқда.

Кузатиб бориш учун:
https://fb.watch/fOMiXXmI6P/
2.4K views14:24
Ochish/sharhlash
2022-09-27 17:03:49
#Ayni_paytda

“Tumanda yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish hamda ularni turli yot g‘oyalar taʼsiriga tushib qolishdan asrash borasida qilinayotgan ishlar” mavzusida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Islom Hakimov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Kuzatib borish uchun:
https://fb.watch/fOL4hEprot/
________

#Айни_пайтда

“Туманда ёшлар маънавиятини юксалтириш ҳамда уларни турли ёт ғоялар таъсирига тушиб қолишдан асраш борасида қилинаётган ишлар” мавзусида туман ҳокимининг ёшлар сиёсати, ижтимоий ривожлантириш ва маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосари Ислом Ҳакимов иштирокида матбуот анжумани бўлиб ўтмоқда.

Кузатиб бориш учун:
https://fb.watch/fOL4hEprot/
2.3K views14:03
Ochish/sharhlash
2022-09-27 13:57:00 Majburiy mehnat taqiqlangan va unga yo‘l qo‘yilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda paxta yig‘im-terimi ishlariga turli soha xodimlari majburiy jalb etilayotganiga oid ayrim xabarlar tarqalmoqda.
Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi milliy qonunchilik bilan tartibga solingan, ushbu qilmish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tomonidan har qanday ko‘rinishdagi majburiy mehnatga jalb etish, ishchilar uchun munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish bilan bog‘liq muammolarni zudlik bilan o‘rganilishi, bartaraf etilishi hamda aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi nazoratga olingan.

Aziz yurtdoshlar, agar Siz majburiy tarzda biror bir mehnatga jalb etish, munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz “1176” hamda “1092” raqamli “ishonch telefon”lariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Har bir ma’lumot va murojaat belgilangan tartibda tezkorlik bilan o‘rganib chiqiladi hamda zarur choralar ko‘riladi. Murojaatchining roziligisiz shaxsiga doir biron-bir ma’lumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi.


Odam savdosiga va majburiy
mehnatga qarshi kurashish
milliy komissiyasi
3.0K views10:57
Ochish/sharhlash
2022-09-27 11:14:07
Seminar

BOLA SOG‘LOM OVQATLANSIN

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyuldagi “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taʼminlash borasida sohada bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun 13-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida “MTTlarda sog‘lom ovqatlantirishni yana-da takomillashtirish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda barcha MTTlarda faoliyat yuritayotgan hamshiralar o‘zlari tuzgan taomnomaga kiritilgan oziq-ovqat mahsulotlari namunalaridan namoyish etdilar. So‘ng ishtirokchilar qaror nizomiga oid test savollarini yechishdi. Shu kabi bolalar salomatligiga doir savollarga javob berishdi.
1.9K views08:14
Ochish/sharhlash
2022-09-27 09:12:08
27 sentyabr — Xalqaro Turizm kuni.
______

27 сентябрь — Халқаро Туризм куни.
2.5K views06:12
Ochish/sharhlash