Get Mystery Box with random crypto!

Narpay.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal N
Kanaldagi mavzular:
Семинар
Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal
Kanaldagi mavzular:
Семинар
Kanal manzili: @narpay_tuman_hokimligi
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.55K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.Narpay.uz
https://www.facebook.com/Narpay-tumani-hokimligi-axborot-xizmati-133593578377621/
instagram.com/narpay_tuman_hokimligi
https://www.youtube.com/channel/UCuTB6A7LY_mfX84B-CQAIaw
Murojaat uchun: @islambek_norbekov

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 164

2022-10-02 04:07:01
KUN HIKMATI:

Miyangdagi borini chiqarib tashla, qo‘lingdagi borini ehson qil va boshingga nima kelsa xotirjam qarshila.

Shayx Abu Said Abulxayr
__________

КУН ҲИКМАТИ:

Миянгдаги борини чиқариб ташла, қўлингдаги борини эҳсон қил ва бошингга нима келса хотиржам қаршила.

Шайх Абу Саид Абулхайр
3.5K views01:07
Ochish/sharhlash
2022-10-02 03:02:55
Xayrli tong aziz yurtdoshlar!
___

Хайрли тонг азиз юртдошлар!
3.6K views00:02
Ochish/sharhlash
2022-10-01 18:20:10
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RIN

GXIX asr oxirlarida, aniqrog‘i 1889 yili Angliyada qurib qolgan bir olma daraxtini kesib tashlashadi. Bu oddiy hol edi, daraxt qurib qolgandan so‘ng kesib tashlanishi tabiiy hol. Lekin negadir ushbu holat butun ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi va qattiq tanqid qilindi. Buning sababi nima edi?

Javob: Ushbu olma daraxti, Nyutonnning boshiga tushgan olma daraxti edi.
___

БИЛИМИНГИЗНИ СИНАБ КЎРИН

ГXIX аср охирларида, аниқроғи 1889 йили Англияда қуриб қолган бир олма дарахтини кесиб ташлашади. Бу оддий ҳол эди, дарахт қуриб қолгандан сўнг кесиб ташланиши табиий ҳол. Лекин негадир ушбу ҳолат бутун оммавий ахборот воситаларида кенг ёритилди ва қаттиқ танқид қилинди. Бунинг сабаби нима эди?

Жавоб: Ушбу олма дарахти, Ньютонннинг бошига тушган олма дарахти эди.
3.6K views15:20
Ochish/sharhlash
2022-10-01 15:36:08
USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Vahobjon Murodqobilov hamda tuman prokurori Jahongir Bozorov ikkinchi sektor shtabida bir guruh faol direktor va o‘qituvchilar bilan uchrashdilar.

Ularni bugungi "Ustoz va murabbiylar kuni" bilan tabriklab, esdalik sovg‘alari ulashdilar.
4.1K views12:36
Ochish/sharhlash
2022-10-01 12:52:37
VAZIR O‘RINBOSARI NARPAYDA

Avval xabar berganimizdek, Oq oltin mahallasida "Obod mahalla maskani" tashkil etilgan. U yerda Agromarkaz, tikuvxona, inkubatorxona, mini market, kompyuter xizmatlari, oshxona faoliyatlari yo‘lga qo‘yilgan.

Bugun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Rustamov, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshid O‘rаqov tashrif buyurib, tuman hokimi, IIB boshlig‘i va tegishli masʼullar hamrohligida "Obod mahalla maskani"da amalga oshirilgan ishlar bilan atroflicha tanishdilar.
4.6K views09:52
Ochish/sharhlash
2022-09-29 19:22:08
#Qiziqarli_faktlar

Viaduk Miyo ko'prigi - Yer yuzidagi eng baland ko'prik sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
________

#Қизиқарли_фактлар

Виадук Миё кўприги - Ер юзидаги энг баланд кўприк сифатида Гиннеснинг рекордлар китобига киритилган.
1.5K views16:22
Ochish/sharhlash
2022-09-29 18:48:35
#Ayni_paytda

"Tumandagi dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, bozor tushumlari rejasi bajarilishi, narx-navo barqarorligini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari–iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Anvar Boliyev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Kuzatib borish uchun:
https://fb.watch/fRtZWO4awO/
2.0K views15:48
Ochish/sharhlash
2022-09-29 18:21:08
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING

Bunga o‘xshash birinchi qurilma 1950 yillarda yaratilgan va unda simdan foydalanilgan. Bir necha yillardan keyin bu qurilmada ultratovushdan foydalanila boshlandi. Hattoki ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik nuridan foydalanishga ham urinish bo‘lgan. Lekin oxir-oqibat infraqizil nurlarda to‘xtalgan. Bu qurilmani ayting.

Javob: Pult
_________

БИЛИМИНГИЗНИ СИНАБ КЎРИНГ

Бунга ўхшаш биринчи қурилма 1950 йилларда яратилган ва унда симдан фойдаланилган. Бир неча йиллардан кейин бу қурилмада ультратовушдан фойдаланила бошланди. Ҳаттоки кўзга кўринадиган ёруғлик нуридан фойдаланишга ҳам уриниш бўлган. Лекин охир-оқибат инфрақизил нурларда тўхталган. Бу қурилмани айтинг.

Жавоб: Пульт
2.2K views15:21
Ochish/sharhlash
2022-09-29 18:01:09
MUAMMOLARGA YECHIM BOR

Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Bahodir Rahmatov Oq oltin mahallasi ahli uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda fuqarolarning barcha turdagi murojaatlari atroflicha o‘rganilib, masalalarga yechim topish choralari ko‘rildi.

Aksariyat murojaatlar ijrosini taʼminlash yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.
______

МУАММОЛАРГА ЕЧИМ БОР

Туман ички ишлар бўлими бошлиғи Баҳодир Раҳматов Оқ олтин маҳалласи аҳли учун сайёр қабул ўтказди.

Қабулда фуқароларнинг барча турдаги мурожаатлари атрофлича ўрганилиб, масалаларга ечим топиш чоралари кўрилди.

Аксарият мурожаатлар ижросини таъминлаш юзасидан масъулларга топшириқлар берилди.
2.2K views15:01
Ochish/sharhlash
2022-09-29 17:28:32
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2.3K views14:28
Ochish/sharhlash