Get Mystery Box with random crypto!

Majburiy mehnat taqiqlangan va unga yo‘l qo‘yilmaydi Ijtimoi | Narpay.uz | Rasmiy kanal

Majburiy mehnat taqiqlangan va unga yo‘l qo‘yilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda paxta yig‘im-terimi ishlariga turli soha xodimlari majburiy jalb etilayotganiga oid ayrim xabarlar tarqalmoqda.
Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi milliy qonunchilik bilan tartibga solingan, ushbu qilmish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tomonidan har qanday ko‘rinishdagi majburiy mehnatga jalb etish, ishchilar uchun munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish bilan bog‘liq muammolarni zudlik bilan o‘rganilishi, bartaraf etilishi hamda aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi nazoratga olingan.

Aziz yurtdoshlar, agar Siz majburiy tarzda biror bir mehnatga jalb etish, munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz “1176” hamda “1092” raqamli “ishonch telefon”lariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Har bir ma’lumot va murojaat belgilangan tartibda tezkorlik bilan o‘rganib chiqiladi hamda zarur choralar ko‘riladi. Murojaatchining roziligisiz shaxsiga doir biron-bir ma’lumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi.


Odam savdosiga va majburiy
mehnatga qarshi kurashish
milliy komissiyasi