Get Mystery Box with random crypto!

Narpay.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal N
Kanaldagi mavzular:
Семинар
Telegram kanalining logotibi narpay_tuman_hokimligi — Narpay.uz | Rasmiy kanal
Kanaldagi mavzular:
Семинар
Kanal manzili: @narpay_tuman_hokimligi
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.55K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.Narpay.uz
https://www.facebook.com/Narpay-tumani-hokimligi-axborot-xizmati-133593578377621/
instagram.com/narpay_tuman_hokimligi
https://www.youtube.com/channel/UCuTB6A7LY_mfX84B-CQAIaw
Murojaat uchun: @islambek_norbekov

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 165

2022-09-29 17:20:09
Hokim yordamchisi rahbar etib tayinlandi

TAYINLOV

Sobirov Sindor Xolmurodovich
– O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati Narpay tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Hozirga qadar tumandagi “Birlik” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi vazifasida faoliyat yuritib kelgan.
________

Ҳоким ёрдамчиси раҳбар этиб тайинланди

ТАЙИНЛОВ

Собиров Синдор Холмуродович
– Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги ҳузуридаги бюджетдан ташқари Пенсия жамғармаси Самарқанд вилояти Нарпай тумани бўлими бошлиғи лавозимига тайинланди.

Ҳозирга қадар тумандаги “Бирлик” маҳалла фуқаролар йиғинида тадбиркорликни ривожлантириш, аҳоли бандлигини таъминлаш ва камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича ҳоким ёрдамчиси вазифасида фаолият юритиб келган.
2.6K views14:20
Ochish/sharhlash
2022-09-29 16:59:08
#Bugun Narpay tumani tashkil topgan kun.

Narpay tumani 1926 yil 29 sentyabr kuni tashkil etilgan.
______

#Бугун Нарпай тумани ташкил топган кун.

Нарпай тумани 1926 йил 29 сентябрь куни ташкил этилган.
3.6K views13:59
Ochish/sharhlash
2022-09-29 16:22:12
QO‘SHALOQ TADBIR

7-umumtaʼlim maktabida xalq deputatlari tuman Kengashi nashri – “Paxtakor ovozi” gazetasining 90 yilligi oldidan adabiy kecha va Jo‘shqin Davur taxallusi bilan ijod qilib kelayotgan Jo‘raqul Davurovning “Baxt nashidasi”, “Kim tez topadi?” sheʼriy to‘plamlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan ijodkorlar Jo‘shqin Dovur ijodi, shu kabi “Paxtakor ovozi”ning bosib o‘tgan shonli yo‘li haqida so‘z yuritdilar.

So‘ng ushbu ilm dargohi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur namoyish etildi.
2.7K views13:22
Ochish/sharhlash
2022-09-29 15:18:08
MAHALLA BINOSI VA TEZ YORDAM SHAXOBCHASI TAʼMIRLANADI

Tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida Guliston mahallasida bo‘lib, hududdagi holatni o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahallaning maʼmuriy binosi hamda ko‘p tarmoqli kattalar poliklinikasining Oqtosh filialiga qarashli Islom shoir 103 – tez tibbiy yordam shaxobchasini taʼmirlash bo‘yicha masʼullarga tavsiyalar berildi.

Demak, har ikkala obyekt ichki imkoniyatlardan kelib chiqib va hashar yo‘li bilan taʼmirlanadigan bo‘ldi.

Mahalla binosining qo‘shimcha xonalari taʼmirlanib, ayollar bandligini taʼminlash harakatida bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga beriladi.

Shu kabi tez tibbiy yordam binosini oilaviy shifokorlik punkti uchun moslashtirib taʼmirlash asosiy reja-dasturga kiritildi.
3.1K views12:18
Ochish/sharhlash
2022-09-29 11:17:24 SHU TINCHLIKNI ASRANG SIZDAN ILTIMOS

Shu tinchlikni asrang sizdan iltimos,
Uyda polapondek kutgan bolalar.
Yӯlingizga termulgan o‘ychan otalar,
Onangiz bomdodda yig‘lab sӯragan iltijolar haqqi
Asrang iltimos.

Shu tinchlikni asrang sizdan iltimos,
Siz borsiz kechalar sut kabi oppoq,
Yurak bog‘larida ochiladi gul.
Ming shukur o‘zbekman, dedi , entikib,
Har kun tӯydan chiqib, to‘yga borgan el.
Pok duolar haqqi asrang iltimos.

Toshkent - dur, Namangan bog‘lari jannat,
Andijon, Farg‘ona jannatga monand,
Xorazm, Buxoro, dono Samarqand,
Jizzax uchun asrang, Navoiy uchun,
Qoraqalpoqdagi ellik qalalar,
Go‘zal Qashqadaryo, gul Surxondaryo,
Sirdaryolar haqqi asrang iltimos.

Navoiydan qolgan nurli satrlar,
Pahlavon Mahmuddan pirli satrlar,
Huvaydolar haqqi asrang iltimos.
Shu tinchlikni asrang sizdan iltimos.

Hayratdan maysalar toshni yorguvchi,
Yaratganga yaqin-yaqin borguvchi,
Muqaddas, muborak ziyoratgohlar,
Avliyolar haqqi asrang iltimos.
Shu tinchlikni asrang sizdan iltimos.

Noxosda lovullab yondi daftarim,
Men ham ko‘p yig‘ladim,
Men ham dil yarim.
Akamsiz, ukamsiz, jonim, jigarim,
Derlar: Asralganni asraydi Tangrim,
Qodir xudo haqqi asrang iltimos,
SHU TINCHLIKNI ASRANG SIZDAN ILTIMOS!

Zulfiya Mo‘minova
890 viewsedited  08:17
Ochish/sharhlash
2022-09-29 11:12:16 Tuman hokimining o‘rinbosari Islom Hakimovga bobosi Tursun Boymonovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildiramiz.
________

Туман ҳокимининг ўринбосари Ислом Ҳакимовга бобоси Турсун Боймоновнинг вафоти муносабати билан ҳамдардлик билдирамиз.
997 views08:12
Ochish/sharhlash
2022-09-29 09:41:07
#KUN_XABARLARI
28.09.2022-YIL

XIZMAT AVTOMASHINALARI
TOPSHIRILDI
1.7K views06:41
Ochish/sharhlash
2022-09-29 08:56:38
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы особо отличившихся работников сферы образования и воспитания в связи с Днем учителей и наставников"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2.1K views05:56
Ochish/sharhlash
2022-09-29 06:09:08
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING

Bunga o‘xshash birinchi qurilma 1950 yillarda yaratilgan va unda simdan foydalanilgan. Bir necha yillardan keyin bu qurilmada ultratovushdan foydalanila boshlandi. Hattoki ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik nuridan foydalanishga ham urinish bo‘lgan. Lekin oxir-oqibat infraqizil nurlarda to‘xtalgan. Bu qurilmani ayting.
________

БИЛИМИНГИЗНИ СИНАБ КЎРИНГ

Бунга ўхшаш биринчи қурилма 1950 йилларда яратилган ва унда симдан фойдаланилган. Бир неча йиллардан кейин бу қурилмада ультратовушдан фойдаланила бошланди. Ҳаттоки кўзга кўринадиган ёруғлик нуридан фойдаланишга ҳам уриниш бўлган. Лекин охир-оқибат инфрақизил нурларда тўхталган. Бу қурилмани айтинг.
2.5K views03:09
Ochish/sharhlash
2022-09-29 05:08:01
telegram: https://t.me/Narpay_tuman_hokimligi

Veb sahifa: http://narpay.uz/

facebook: https://www.facebook.com/Narpay-tumani-hokimligi-axborot-xizmati-133593578377621

You tube:



Instagram: https://instagram.com/narpay_tuman_hokimligi?utm_medium=copy_link
2.4K views02:08
Ochish/sharhlash