Get Mystery Box with random crypto!

Seminar BOLA SOG‘LOM OVQATLANSIN O‘zbekiston Respublikasi Va | Narpay.uz | Rasmiy kanal

Seminar

BOLA SOG‘LOM OVQATLANSIN

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyuldagi “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taʼminlash borasida sohada bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun 13-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida “MTTlarda sog‘lom ovqatlantirishni yana-da takomillashtirish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda barcha MTTlarda faoliyat yuritayotgan hamshiralar o‘zlari tuzgan taomnomaga kiritilgan oziq-ovqat mahsulotlari namunalaridan namoyish etdilar. So‘ng ishtirokchilar qaror nizomiga oid test savollarini yechishdi. Shu kabi bolalar salomatligiga doir savollarga javob berishdi.