Get Mystery Box with random crypto!

Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿 N
Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿
Kanal manzili: @namdu309
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.76K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.namdu.uz
Facebook: www.fb.com/namdu309uz
Instagram: www.instagram.com/namdu309uz
Youtube: www.youtube.com/namdu309uz
Email: info@namdu.uz
Murojaatlar uchun: t.me/Namdu309bot
© Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2023-04-14 13:42:57
КОНСТИТУЦИЯМИЗ – ЧИНАКАМ ХАЛҚ КОНСТИТУЦИЯСИГА АЙЛАНМОҚДА

Мамлакатимизда 30 апрель куни бўлиб ўтадиган муҳим ижтимоий-сиёсий тадбир – умумхалқ референдумига жиддий тараддуд кўрилмоқда. Шу куни халқимиз «Ўзбекистон Республикаси Конституцияси тўғрисида»ги Қонун лойиҳаси учун овоз берадилар. Айни кунларда янги таҳрирдаги Конституция тарғиботига бағишланган тадбирлар ҳам қизғин тус олган. 

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис Сенатнинг Ахборот сиёсати ва давлат органларида очиқликни таъминлаш масалалари қўмитасида доимий асосда ишловчи сенатор Маҳмуджон Парпиев бу жараёнда халқимиз иштироки, юртдошларимиз томонидан билдирилаётган фикр-мулоҳазалар хусусида қуйидагиларни сўзлаб берди.

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


Каналга обуна бўлинг
https://t.me/namdupressklub
3.9K views10:42
Ochish/sharhlash
2023-04-14 12:53:58
KONSTITUTSIYA — O'ZIMIZNIKI!

Xabaringiz bor, 30-aprel kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon referendum bo’lib o’tadi. Shu munosabat bilan joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, Namangan davlat universiteti Musiqa ta'limi va madaniyati va Pedagogika-psixologiya fakultetlarida ham "Konstitutsiya — o‘zimizniki!" mavzusi ostida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ma'ruzachilar tomonidan insonning qadr-qimmati, shaʼni va gʻururi ustuvor maqsad qilib olingan, izchil va puxta oʻylangan, bir necha bosqich davomida ishlab chiqilgan Bosh qomusimizning yangi tahrirdagi moddalar haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir so'ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
4.2K viewsedited  09:53
Ochish/sharhlash
2023-04-14 09:30:47 So'rovnoma davom etmoqda...

Hurmatli talabalar! Qaysi fakultetda tyutorlar samarali faoliyat olib bormoqda?

So'rovnomada faol ishtirok eting. Sizning har bir bergan ovozingiz biz uchun muhim.

So'rovnoma 17-aprel soat 15:00 gacha davom etadi. Barcha talabalarga ushbu so'rovnomani ulashing!

OVOZ BERISH

@namdu309
5.3K viewsedited  06:30
Ochish/sharhlash
2023-04-14 08:00:06
Namangan davlat universitetida bakalavr bosqichida tahsil oluvchi talabalar uchun "Yangilanayotgan Konstitutsiyada - korrupsiyaga o'rin yo'q" mavzusida “Eng yaxshi insho”, "Eng yaxshi videorolik" va "Eng yaxshi rasm" tanlovlari o'tkazildi

Tanlovlar 2 bosqichda tashkil etilib, dastlab fakultet bosqichi so'ng universitet bosqichi o'tkazildi. E'tiborli tomoni 3 turdagi o'tkazilgan tanlovlarda jami 1000dan ortiq talabalar ishtirok etdilar. Eslatib o'tamiz, tanlovning universitet bosqichi g'oliblari universitetning I, II, III darajali diplomlari hamda 500, 400 va 300 ming so'm pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Ma'lumot o'rnida hozirda hakamlar hay'ati tomonidan ijodiy ishlar tekshirilmoqda. Natijalar aniq bo'lgach @namdu_tanlov telegram kanalida e'lon qilinadi.

Shuningdek yana bir ma'lumot Musiqa ta'limi va madaniyati fakulteti 2-bosqich talabasi Qambarova Mahliyo Abdurahmon qizi "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti tanlovining Respublika bosqichida faol ishtiroki uchun universitet rahbariyatining faxriy yorliq va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
4.8K views05:00
Ochish/sharhlash
2023-04-13 17:37:39 ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ АХБОРОТ АГЕНТЛИГИ РАСМИЙ САЙТИДА ТАНИШИНГ!

https://uza.uz/uz/posts/senator-konstituciya-mohiyatini-tushuntirdi_473000
3.4K views14:37
Ochish/sharhlash
2023-04-13 13:40:07
Talabalarga ikkinchi kursdan boshlab ishlashga ruxsat berish rejalashtirilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga imkoniyat yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.

Muhokamada ishtirok etish: http://regulation.gov.uz/oz/d/78449

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
5.0K viewsedited  10:40
Ochish/sharhlash
2023-04-13 11:40:11
Farovon hayot uchun ijtimoiy davlat kerak

Namangan shahrida XDP Markaziy kengashi tomonidan tashkil etilgan targʻibot tadbirida Namangan davlat universiteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar va talaba yoshlar faol ishtirok etishdi.

Tadbirda maʼruzachilar tomonidan Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan fikr-mulohazalar tinglandi.

Tadbir davomida universitetning 10 dan ortiq iqtidorli va tashabbuskor talabalari ham faol qatnashishdi hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
4.7K viewsedited  08:40
Ochish/sharhlash
2023-04-13 10:26:47
@REFERENDUM2023uzBot ishga tushirildi

Bu orqali referendumga oid barcha maʼlumotlarni osongina topish, yangilanayotgan Konstitutsiya boʻyicha savollarga javob olish, Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarni koʻrib chiqish va muhim yangiliklardan tezkor xabardor boʻlish imkoniga ega boʻlish mumkin.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
9.1K viewsedited  07:26
Ochish/sharhlash
2023-04-12 19:29:13 #Munosabat

​​Vazirlik buyrugʻi Vazirlar Mahkamasi qaroriga zid emas

Kuni kecha “Alimoff” telegram kanalida Data-jurnalist Nodirbek Nortoʻrayevning “Bu post davlat xaridi bilan bogʻliq emas, taʼlim bilan bogʻliq” sarlavhali posti ulashilib, unda muallif vazirlikning 65-son buyrugʻi bilan 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab magistratura va doktorantura tanlovida ishtirok etish uchun talab qilinadigan chet tili sertifikatlarining yangi tasdiqlangan roʻyxati Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi 395-son qaroriga zid emasmi, deya savol bilan yuzlangan.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu savol yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Materialda hukumat qarori 1.g-bandiga tayangan holda Linguaskill sertifikati bekor qilinmaganiga urgʻu bergan. Bunda muallif masala bilan bog‘liq boshqa huquqiy hujjatlarni o‘rganmay eʼtibordan chetda qoldirgani uning notoʻgʻri talqin qilinishiga sabab boʻlgan.

Yaʼni, qaror 1.g-bandida xorijiy til boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlar imtihondan ozod qilinishi koʻrsatilgan. Ammo Prezidentning 279-son qarori bilan 2022/23-oʻquv yili qabulidan boshlab magistraturaga oʻqishga qabul qilishda qo‘shimcha imtihonlar bekor qilinib, PQ-5117-son qarorga asosan til bilish sertifikati hujjat topshirish uchun mezon sifatida belgilandi.

Xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatlar roʻyxati esa Davlat komissiyasi qaroriga muvofiq Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi bilan kelishilgan holda vazirlikning 2022-yil 30-iyundagi 220-son buyrugʻi bilan imzolangan.

Maʼlumot oʻrnida, Vazirlar Mahkamasining 312-son qaroriga binoan chet tillari boʻyicha xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash aynan Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligiga yuklatilgan edi.

Maʼlumki, maʼmuriy islohotlarga muvofiq Prezidentning 269-son farmoniga koʻra Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi tugatilib, tegishlicha vazifalari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakolatiga oʻtgan.

Shu bois, vazirlikning 2023-yil 23-martdagi 65-son buyrugʻi bilan 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlar roʻyxati yangilandi. Oʻz navbatida, bu roʻyxat ekspertlar xulosasi asosida vazirlik buyrugʻi bilan har yili qayta tasdiqlanadi.

Xulosa o‘rnida, magistratura qabuli Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda.

Shu oʻrinda, vazirlikning 2023-yil 23-martdagi 65-son buyrugʻiga qadar olingan, 2022-yil 30-iyundagi 220-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan roʻyxatda koʻrsatilgan, amal qilish muddati tugamagan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlar 2023/2024-oʻquv yili qabulida oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklari tanlovlarida ham inobatga olinishini maʼlum qilamiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3.8K views16:29
Ochish/sharhlash
2023-04-12 19:05:08
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan talabalar uchun seminar trening o‘tkazildi.

Seminarda, iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i M.Habibullayev va Fizika fakulteti o‘qituvchisi, "Innovatsion g‘oyalar yetakchisi ko‘krak nishoni" sohibi U.Turdaliyevlar ishtirok etishdi.

Unda mazkur tanlovning keyingi bosqichiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish, taklif etilayotgan loyihalarni ilmiylashtirish va yanada takomillashtirish uchun sharoitlar yaratish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilm-fanga keng jalb etish borasidagi muxim fikr va mulohazalar ilgari surildi va saralash bosqichi g‘oliblariga tanlovning keyingi bosqichida omad tilandi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining tuman-shahar saralash bosqichlarida universitetimizning 25 nafar talabalari keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan. Ularga viloyat bosqichida ham omad tilaymiz!

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3.6K viewsedited  16:05
Ochish/sharhlash