Get Mystery Box with random crypto!

Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿 N
Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿
Kanal manzili: @namdu309
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.76K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.namdu.uz
Facebook: www.fb.com/namdu309uz
Instagram: www.instagram.com/namdu309uz
Youtube: www.youtube.com/namdu309uz
Email: info@namdu.uz
Murojaatlar uchun: t.me/Namdu309bot
© Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-05-12 11:10:37

Talabalar turar joyida kinofilm namoyish etiladi

Bugun Namangan davlat universitetining birinchi binosida joylashgan talabalar turar joyida talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida kinofilm namoyish etiladi.

Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarni kechki ovqatdan so'ng, sport maydonchasida namoyish etiladigan kinofilm tomoshasiga taklif etamiz! @nebo_cinema

Talabalarga ulashing
https://t.me/namdu309
5.2K viewsedited  08:10
Ochish/sharhlash
2023-05-12 10:58:25

Namangan davlat universiteti, Pedagogika-psixologiya fakulteti Taʼlim menejmenti kafedrasi oʻqituvchisi Muyassar Nizamova hamda Defektologiya (logopediya) ta'lim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Sarvinoz Isoqovalar Namangan teleradiokompaniyasining "Guldasta" loyihasining mehmonlari boʻlishdi

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
3.9K viewsedited  07:58
Ochish/sharhlash
2023-05-12 10:58:14
RUS TILI KURSLARI RRR ACADEMY’DA!

Endi akademiyamizda rus tilidan ertalabki, kunduzgi va kechki kurslarga qabul boshlanmoqda!

Kurslar 3 yo'nalishda bo'ladi:

1. MAKTABGA TAYYORLOV KURSLARI

Rus tilida ta'lim beruvchi maktablarga tayyorgarlik ko'rayotgan bolalar uchun;
O’qish muddati: 3 oy

2. MAKTABDA TAHSIL OLAYOTGAN o'quvchilar uchun

Rus tili grammatikasini takrorlash, hamda nutqni yaxshilash;
O’qish muddati: 6 oy

3. KATTALAR uchun KAIZEN metodikasiga asoslangan kurs

So’zlashuv nutqini rivojlantirish;
O’qish muddati: 2 oy

Rus tilini qisqa vaqt ichida mukammal o’rganmoqchimisiz? Unda o’z qimmatbaho vaqtingizni ayamasdan, bizning 16-MAYDAN boshlanadigan kurslarimizga ro'yxatdan o'ting!

Kursga ro’yxatdan o’tish uchun havola

Batafsil ma’lumot:
78 777 55 77
@rrracademy
3.6K viewsedited  07:58
Ochish/sharhlash
2023-05-12 08:51:56 Bundan buyon grant kvotalarini Prezident, kontrakt kvotalarini OTMlarning o’zi tasdiqlaydi

Prezidentning 279-son qarorida (15.06.2022-y.) bu haqda tegishli qoida belgilangan.

Unga ko‘ra 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:

davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari (kvota) faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanadi;

to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari esa, moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda Kuzatuv kengashlari qarori bilan, qolganlari tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi hamda har yili 20-iyunga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun: mazkur qarorga ko’ra, har yili 1-mayga qadar Davlat komissiyasi davlat OTMlarining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish bo‘yicha davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantiradi hamda tasdiqlash uchun Prezidentga kiritadi. Demak, aslida qoida bo’yicha, grant kvotalari allaqachon Prezidentga kiritilgan bo’lishi kerak va balki tez orada tasdiqlanib qolar (agar rostdan o’z vaqtida kiritishgan bo’lsa).


@xushnudbek
3.5K views05:51
Ochish/sharhlash
2023-05-12 08:42:54
Talabalar o‘rtasida Buxoro shahrida Intellektual haftalik o‘tkaziladi!

23-26-may kunlari Buxoro shahrida talabalar o‘rtasida Intellektual haftalik bo‘lib o‘tadi.

Unda talabalar 3 kun davomida “Zakovat”, “Breyn-ring”, “Shaxsiy o‘yin” va “Zakovat Quiz” o‘yinlarida o‘zaro bellashadilar.

Intellektual haftalikda yo‘nalishidan qat’i nazar, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan talabalari ishtirok etishi mumkin.

Intellektual haftalikda har bir OTMdan 7 nafar talaba va bir nafar murabbiy ishtirok etadi.

Intellektual haftalikda ishtirok etish uchun ariza “Zakovat intellektual klubi” NNT nomiga, haftalik@zakovat.tv elektron pochta manziliga OTM rektori tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda (PDF formatida) yuborilishi lozim.

Arizalar 13-may kuni soat 23:59gacha qabul qilinadi.

Intellektual haftalikda qatnashish istagini bildirgan OTMlar soni 50 dan oshib ketgan taqdirda, Intellektual haftalikning hududiy saralash bosqichi tashkil qilinishi mumkin.

Hududlardagi saralash o‘yinlari faqat “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha o‘tkaziladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
4.0K views05:42
Ochish/sharhlash
2023-05-11 21:13:40
Namangan davlat universiteti
Kengashining 2022/2023 o’quv yilidagi navbatdan tashqari 10-sonli yig’ilishi bo’lib o’tdi

Kengash majlisida kun tartibidagi quyidagi masalalar ko'rib chiqildi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 1-maydagi 02/32-509-son xatida  belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash;

2022/2023 o’quv yili o‘quv jarayoni grafigiga o‘zgartirish kiritish;

Universitetda boshqa oliy talim muassasalari va tashkilotlar vakillari uchun malakaviy imtihonlarni tashkil etish;

Universitet erkin tadqiqotchilarining ilmiy tadqiqot ishi mavzularini tasdiqlash.

Yig'ilishda kun tartibidagi barcha masalalar ko'rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
4.7K viewsedited  18:13
Ochish/sharhlash
2023-05-11 21:04:06
Namangan davlat universitetida o’tkaziladigan malakaviy imtihonlarning may oyi sessiyasi jadvali

Namangan davlat universitetiga malakaviy imtihonlarning may oyi sessiyasi uchun ariza topshirgan talabgorlar uchun imtihonlar jadvali taqdim qilinmoqda.

Imtihonlar joriy yil, 15 – 20 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Hurmatli izlanuvchilarimiz jadvaldan o‘z ixtisosliklari yoki fani imtihon kuni, vaqti va joyini aniqlab olishlari mumkin, imtihonga vaqtidan 10 – 20 minut oldin belgilangan joyga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (pasport yoki ID karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Batafsil ma’lumot fotosuratda

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
4.3K viewsedited  18:04
Ochish/sharhlash
2023-05-11 20:38:22


Namangan davlat universiteti Fizika fakultetida "Akademik va talabalar" uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Xabaringiz bor, bugun viloyatimizda "FARGʻONA VODIYSIDA FAN VA TEXNOLOGIYA” ilmiy Konferensiyasi doirasida viloyat oliy ta’lim muassasalrining olimlari tomonidan yaratilgan ixtirolar va ishlanmalar ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda. Mazkur Konferensiyada ishtirok etish uchun O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Akademiklari, yetakchi olimlar va fan arboblari ayni kunlarda Namanganda bo’lib turibdilar.

Namangan davlat universiteti Fizika fakultetida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi Baxramov Sagʻdulla Abdullayevich bilan "Akademik va talabalar" uchrashuvi boʻlib otdi.

Uchrashuvda Akademik Baxramov Sag'dulla Abdullayevich talabalarga:

Yurtimizda ilmiy tadqit ishlari uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar;

Fargona vodiysida fan va texnologiyalar rivoji uchun qilinayotgan ishlar;

Akademiklik darajasiga erishgunga qadar amalga oshirgan ishlari;

Hamda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga Akademikdan atroflicha javob olishdi.

Uchrashuv soʻngida Akademik Baxramov Sag'dulla Abdullayevichga Fizika fakulteti Fizika kafedrasi mudiri fizika-matematika fanlari doktori Bahromjon Abdulazizov fakultet nomidan ushbu oʻtkazilgan uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib, fakultetning esdalik sovg`asini topshirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook
4.4K views17:38
Ochish/sharhlash
2023-04-22 19:58:46
Universitetimiz talabalarini ertaga Yoshlar sayli - konsert dasturida kutamiz!

Talabalarga yengillik yaratish maqsadida ertaga Afsonalar vodiysi manziliga borish uchun barcha talabalar turar joylaridan bepul maxsus avtobuslar yo'lga qo'yildi.

Avtobuslar soat 17:00 da Afsonalar vodiysi tomon yo'l oladi.

Barcha talabalarga ushbu xushxabarni ulashing!

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
5.1K viewsedited  16:58
Ochish/sharhlash
2023-04-22 16:26:10
#Namangan_MTRK
Namangan davlat universiteti Yuridik fakulteti Davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi o'qituvchisi Otabek Pulatov "Bosh qomusimiz, Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o'zgarishlar haqida" intervyu berdi.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
4.7K viewsedited  13:26
Ochish/sharhlash