Get Mystery Box with random crypto!

Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿 N
Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿
Kanal manzili: @namdu309
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.76K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.namdu.uz
Facebook: www.fb.com/namdu309uz
Instagram: www.instagram.com/namdu309uz
Youtube: www.youtube.com/namdu309uz
Email: info@namdu.uz
Murojaatlar uchun: t.me/Namdu309bot
© Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-04-19 21:38:11
#hamkorlik
Namangan davlat universiteti va Dog'iston davlat universitetlari o'rtasida hamkorlik aloqalari o'rnatildi

Namangan davlat universitetiga Dog'iston davlat universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektori Prog. Gasanov Magomed Magomedovich tashrif buyurdi.

Mehmonni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Shuhrat Ataxanov kutib oldi. Tashrif davomida Namangan davlat universiteti va Dog'iston davlat universiteti o'rtasida ilm-fan sohasida, professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvi doirasida hamkorlik ishlarini yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralar olib borilib, ikki oliygoh o'rtasida anglashuv memorandumi imzolashga erishildi.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
4.8K views18:38
Ochish/sharhlash
2023-04-19 19:39:08
#short_video
Namanganda o'tkazilgan "Uzbek Tour" festivalidan videolavha

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
5.1K viewsedited  16:39
Ochish/sharhlash
2023-04-19 19:27:45
Namanganda "Uzbek Tour" festivali o'tkazildi.

Davlatobod tumani Yosh kuch o'yingohida o'tkazilgan festivalda Namangan viloyati aholisining 30 mingdan ortiq fuqarolari ishtirok etdilar.

Tadbirda estradamizning yorqin yulduzlari Gulsanam Mamazoitova, Elyor Meliboyev, Dj Piligrim, Ziyoda, Ozoda, Nigina Anarbayeva va Dilshod Mirzamurodovlar ishtirok etdilar.

"Yangi Konstitutsiyada inson manfaatlari ustuvor" shiori ostida o'tkazilgan festivalda Namangan davlat universitetining minglab yoshlari ham ishtirok etdilar.

Yoshlar orasida universitetimiz vakillaridan A.Sobirxonov va Sh.Sultonovlar ham so'zga chiqib, barcha viloyatimiz ahlini 30-aprelda bo'lib o'tadigan Referendumda faol ishtirok etishga chorladilar.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
4.7K views16:27
Ochish/sharhlash
2023-04-19 19:27:35
4.0K views16:27
Ochish/sharhlash
2023-04-19 10:26:04

Munosib mehnat, munosib o’qish va munosib haq to’lash mana shu narsalar Konstitutsiyada belgilab qo’yilmoqda - Senat raisi Tanzila Norboyeva

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
1.8K viewsedited  07:26
Ochish/sharhlash
2023-04-19 10:05:51

Talabalar tomonidan chizilgan fotosurat Senat raisida katta qiziqish uyg’otdi

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
2.5K viewsedited  07:05
Ochish/sharhlash
2023-04-19 09:58:58

Namangan davlat universitetiga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva tashrif buyurdi

Ayni daqiqalarda Senat raisi fakultetlar tomonidan tayyorlangan taqdimotlar bilan yaqindan tanishmoqda.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
2.7K viewsedited  06:58
Ochish/sharhlash
2023-04-19 08:42:13
Namangan davlat universitetida bakalavr bosqichida tahsil oluvchi talabalar uchun "Yangilanayotgan Konstitutsiyada - korrupsiyaga o'rin yo'q" mavzusida “Eng yaxshi insho”, "Eng yaxshi videorolik" va "Eng yaxshi rasm" tanlov g'oliblari aniqlandi

“Eng yaxshi insho” nominatsiyasi:
MUTAXASSISLIK bo'yicha
1-o'rin -
Abduvaliyeva Sarvinoz Filologiya
2-o'rin -
Dedamirzayeva Ma'suma Filologiya
3-o'rin -
Boymatova Muhabbat Jahon tillari

NOMUTAXASSISLIK bo'yicha
1-o'rin -
Satibekmirzayeva Nozima Pedagogika-psixologiya
2-o'rin -
Olimjonova Shirinoy Matematika
3-o'rin -
Mullajanova Arofatbonu Ijtimoiy fanlar

“Eng yaxshi rasm” nominatsiyasi:
MUTAXASSISLIK bo'yicha
1-o'rin -
Shermuhammatova Muqaddas
2-o'rin - Adxamjonova Diyora
2-o'rin - Xasanboyeva Ozoda
3-o'rin - Shamsiddinova Oynisa
3-o'rin - Murodov Jamshid
3-o'rin - Raximova Madina

NOMUTAXASSISLIK bo'yicha
1-o'rin -
Nurillayeva Munira – Ingliz filologiyasi
2-o'rin -
Tojiahmedova Dildora – Fizika
2-o'rin -
To’rayev Shaxzod – Tabiiy fanlar
3-o'rin -
Elchiyeva Durdoba – Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim
3-o'rin -
Yunusova Shaxzoda – Biotexnologiya

“Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi:
NOMUTAXASSISLIK bo'yicha
1-o'rin - Matematika
2-o'rin - Yuridik
2-o'rin - Tibbiyot
3-o'rin - Filologiya
3-o'rin - Jismoniy madaniyat

Tanlovlar 2 bosqichda tashkil etilib, dastlab fakultet bosqichi so'ng universitet bosqichi o'tkazildi. E'tiborli tomoni 3 turdagi o'tkazilgan tanlovlarda jami 1000dan ortiq talabalar ishtirok etdilar. Eslatib o'tamiz, tanlovning universitet bosqichi g'oliblari 500, 400 va 300 ming so'm pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
3.3K viewsedited  05:42
Ochish/sharhlash
2023-04-19 06:59:33
Iqtidorli talabalarimizdan navbatdagi yutuqlar.

Kuni kecha Davlatobod tumanidagi Yangi O‘zbekiston – yoshlar  ziyo maskanida Mirzo Ulug‘bek vorislari Respublika tanlovining Namangan viloyati bosqichi o‘tkazildi. Unda tuman-shahar saralash bosqichlarida munosib ishtirok etib, g‘olib sifatida viloyat bosqichiga yetib kelgan 60 nafar talaba-yoshlar final yo‘llanmasi uchun bahslarga kirishdilar.

Kun davomida o‘tkazilgan loyihalar taqdimoti davomida 20 nafar eng yaxshi ilmiy-innovatsion g‘oya mualliflari Respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘ga kiritish bilan birga, jami 60 mln so‘m pul mukofotiga ham ega bo‘lishdi.

Quvonarli tomoni viloyat bosqichi g‘oliblarining quyidagi 6 nafari Namangan davlat universiteti talabalaridir:

Muhammadaminova Mohinur-Biotexnologiya fakulteti
Munavvarxonova Mahliyo-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti
O‘rmonjonov Azizbek-Musiqa ta’limi va madaniyatshunoslik fakulteti
Nuriddinova Aziza-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti
Botirjanov Azimjon-Fizika fakulteti
Mahkamjonov Samandar-Musiqa ta’limi va madaniyatshunoslik fakulteti

Gʻolib talabalarimizni barchalariga omad tilagan holda Respublika bosqichida ham muvaffaqqiyatli yurishlarni kutib qolamiz!

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
4.5K views03:59
Ochish/sharhlash
2023-04-18 18:58:20

O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashabbusi bilan Namangan viloyatida "Mening Konstitutsiyam" shiori ostida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

Targ'ibot tadbirida Namangan davlat universitetining minglab talabalari ham ishtirok etdilar.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
6.5K viewsedited  15:58
Ochish/sharhlash