Get Mystery Box with random crypto!

Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿 N
Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿
Kanal manzili: @namdu309
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.76K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.namdu.uz
Facebook: www.fb.com/namdu309uz
Instagram: www.instagram.com/namdu309uz
Youtube: www.youtube.com/namdu309uz
Email: info@namdu.uz
Murojaatlar uchun: t.me/Namdu309bot
© Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-05-15 18:19:48
Axborot xizmati rahbarlari va xodimlari uchun ikki kunlik amaliy seminar-treningning birinchi kuni

“O‘zbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida vazirlik qoshidagi agentlik, hududiy boshqarma hamda oliy taʼlim muassasalari Axborot xizmati rahbarlari va xodimlari uchun ikki kunlik amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Mashg’ulotlar zamonaviy interaktiv metodlar asosida tajribali trenerlar tomonidan olib borilmoqda.

Ma’lumot o’rnida seminar mashg’ulotlari ertaga ham davom etadi…

@Shukurjonuz
1.1K views15:19
Ochish/sharhlash
2023-05-15 18:06:06
Navbatdagi jamoa "Universiada-2022" sport musobaqalarida ishtirok etish uchun kuzatildi

Bugun, 15-may kuni Farg‘ona shahrida erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Yengil atletika” sport turi bo‘yicha “Universiada-2022” sport musobaqalarining Respublika final bosqichida ishtirok etish uchun Namangan jamoasi kuzatildi.

Kuzatish marosimida yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Sherali Jo‘rayev hamda jismoniy madaniyat fakulteti dekani S.Azizovlar jamoa a'zolariga omad tilashdi.

Namangan viloyati terma jamoasiga musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
1.5K views15:06
Ochish/sharhlash
2023-05-15 15:28:38 Namangan davlat universiteti tarixida ilk marotaba "STUDIT-1st student forum on Information technologies" forumi bo'lib o'tdi. Forum doirasida o'tkazilgan tanlovlarni natijalarini e'lon qilamiz:

Dasturlash bo’yicha “NamSU contests” olimpiadasi;
1-o'rin. Muhammadiyev Jahongirxon (Matematika)
2-o'rin. Murodillayev Anvarjon (Matematika)
3-o'rin. Toirxanov Umidillo (Matematika)

Men grafik-dizaynerman:
1-o'rin.
Habibxonov Hikmatillo(Musiqa)
2-o'rin. Temirov Islombek(Iqtisodiyot)
3-o'rin. Yoqubjonov Urozali(Matematika)

Kreativ videoroliklar tanlovi; (erkin mavzu)
1-o'rin. Abdunazarov Azizbek (Yuridik)
2-o'rin. Temirov Islombek (Ingliz filologiyasi)
3-o'rin. Tursunboyeva Shaxnoza (Matematika)

“Fast typing” klaviaturada tez yozish musobaqasi;
1-o'rin. Qodiraliyev Jahongir (Fizika)
2-o'rin. Xasanov Murodjon (Jahon tillar)
3-o'rin. Yuldashev Asrorbek (Matematika)

“Kubik-rubik” musobaqasi; (3x3)
1-o'rin. Astanaliyev Bekmurod (Iqtisodiyot)
2-o'rin. To'ramirzayev Jo'rabek (Pedagogika)
3-o'rin. Irisboyeva Salima (Matematika)

“Kibersport” musobaqasi;(Counter Strike, 4 kishilik jamoa)
1-o'rin. Ekonomist (Iqtisodiyot)
2-o'rin. Olimp (Jismoniy madaniyat)
3-o'rin. Yuristlar (Yuridik)

“NamSU quiz” musobaqasi; (5 kishilik jamoa)
1-o'rin. Yuvendetta
2-o'rin. ChatGPT
3-o'rin. Antimonopoliya

Innovatsion loyihalar ko’rgazmasi;
1-o'rin. Tursunov Muhammadmirzo (Matematika)
2-o'rin. Turg'unpo'latov Abdulaziz (Matematika)
3-o'rin. Abdug'afforov Axrorbek (Fizika)

Eslatib o'tamiz, yuqoridagi barcha g’olib va sovrindorlar Matematika fakulteti binosini 207-xonasidan o'zlariga tegishli sertifikatlarni olib ketishlari mumkin.

Individual tanlovlarda g'olib va sovrindorlar quyidagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
1-o'rin 400 000 so'm
2-o'rin 300 000 so'm
3-o'rin 200 000 so'm

Kibersport musobaqasida g'olib va sovrindor jamoalar quyidagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
1-o'rin 1 600 000 so'm
2-o'rin 1 200 000 so'm
3-o'rin 800 000 so'm

NamSU quiz musobaqasida g'olib va sovrindor jamoalar quyidagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
1-o'rin 2 000 000 so'm
2-o'rin 1 500 000 so'm
3-o'rin 1 000 000 so'm

Bonus: Individual tanlovlarda g'olib va sovrindor bo'lgan talabalar shaxrimizdagi United IT Clubs hamda IT WORLD o'quv markazlarini vaucherlari bilan ham taqdirlanadi.

@namdu_matematika_fakulteti
2.4K views12:28
Ochish/sharhlash
2023-05-15 14:52:28
13 - may kuni Namangan Davlat Universitetida IT forum o'tkazildi.

Forumda IT Park umumiy faoliyati, IT Park rezidenti bo'lishning afzalliklari hamda IT Parkda ta'lim olish, qanday imkoniyatlarga ega bo'lish va Xalqaro IT sertifikatlarni qo'lga kiritish va sarflangan mablag'ni 50 foizgacha qaytarib olish haqida ma'lumotlar berib o'tildi.

Qolaversa IT Bilim va uning qulayliklari, ya'ni IT mutaxassisi bo'lish uchun muddatli to'lov asosida ta'lim olish va to'lovni o'quv kurslarini tamomlab ishga joylashish uchun berilgan 2 oylik imtiyozdan so'ng amalga oshirish to'g'risida batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, forum qizg'in va a'lo kayfiyatda o'tib, tadbir qatnashilari qiziqqan savollariga IT Park Namangan filiali mas'ul xodimi tomonidan to'liq javob olishdi.

TELEGRAM | INSTAGRAM
2.9K views11:52
Ochish/sharhlash
2023-05-15 14:49:47


Qadrli talaba-yoshlar!

Namangan davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti hamda Milliy tiklanish demokratik partiyasi Namangan viloyati Kengashi bilan hamkorlikda tomonidan "Qo'l mehnati" yarmarkasi doirasida TANLOV tashkil etilayotganini ma'lum qilamiz!

Siz o'z qo'l mehnatingizni ommaga namoyon etmoqchimisiz?

O'z biznesingiz uchun ilk sarmoyaga ega bo'lmoqchimisiz?

Unda ushbu immkoniyat siz uchun!

Yarmarkada taqdim etilgan ishlar hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan baholinib, 1,2,3 o'rin g'oliblari pul mukofotlari hamda esdalik sovg'alari bilan mukofotlanadi.

Yarmarkada o'z qo'l mehnati bilan ishtirok etmoqchi bo'lgan talaba-yoshlarimiz ushbu manzilga murojaat qilishlari so'raladi:
@NamDU_yoshlar_ittifoqi

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
2.8K viewsedited  11:49
Ochish/sharhlash
2023-05-15 11:41:55
#malaka_oshirish
#live

Ayni daqiqalarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning “O‘zbekistonda professional ta’limi tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida vazirlik qoshidagi agentlik, hududiy boshqarma hamda oliy taʼlim muassasalari Axborot xizmati rahbarlari va xodimlari uchun ikki kunlik amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

“Axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishda zamonaviy PR yondashuvlar” mavzusidagi trening davomida ishtirokchilar PR xizmatlari faoliyatini samarali tashkil etishda zamonaviy tendensiyalar, tashkilot mediaqiyofasini yaratishda zamonaviy PR texnologiyalar, Kommunikatsiyani maqsadli tashkil qilish, Mediasavodxonlik va “faktcheking” kabi mavzularda bilim va ko‘nikmalarini oshirishmoqda.

Seminar davom etmoqda…

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3.6K views08:41
Ochish/sharhlash
2023-05-12 17:26:20
NamDUda “Kibersport” musobaqalari o’tkazilmoqda

Xabaringiz bor ertaga universitetimizda matematika fakulteti va universitet Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti bilan hamkorlikda “STUDIT-1st student forum on Information technologies” forumi o’tkaziladi.

Forum doirasida esa Kibersport turi bo’yicha ham musobaqa o’tkazish belgilangan edi. Bugun shu musobaqaning guruhdan chiqish bahslari o’tkazildi. Jami 18 ta jamoa ishtirok etayotgan o’yinda chorak finalga 8 ta jamoa chiqdi. Ular:

Navi / Yuristlar
Ekonomist / Psixo
Adrenalin / Atlant
Olimp / Legenda

Ertangi o’yinga jamoalardan soat 09:00 ga musobaqa o’tkazish manziliga yetib kelishlari so’raladi.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
3.9K viewsedited  14:26
Ochish/sharhlash
2023-05-12 16:59:32
Tibbiyot fakultetida talaba-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

Ochiq va samimiy ruhda o'tkazilgan suhbatda yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Sherali Jo‘rayev, profilaktika inspektori Zuxra Karimova, psixolog Zarifa Raximova va fakultet rahbariyati ishtirok etdi.

Ma'ruzachilar tomonidan "Erta turmush", "Ajrimni yuzaga keltiruvchi omillar" hamda "Yosh qizlar o'rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilik"larni oldini olish yuzasidan profilaktik suhbatlar olib borildi.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
3.6K views13:59
Ochish/sharhlash
2023-05-12 14:42:02
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETIDA KAMOLIDDIN BEHZOD NOMIDAGI DAVLAT STIPENDIYASIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONINING BIRINCHI BOSQICHI START OLGANLIGINI E'LON QILAMIZ!

2020-yil 6-noyabrdagi 691-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, ayni kunlarda Namangan davlat universitetida Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasiga saralash jarayonlari boshlandi.

Stipendiya nizomi va kerakli hujjatlar bilan tanishish uchun

Talabgorlar shu yilning 15-iyuniga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limiga o'z hujjatlarini bosma variantda taqdim etishlari so'raladi.

Murojaat uchun tel: +99899 512 58 72
Hujjatlar @Fazliddin_Mamasidiqov telegram manzili orqali qabul qilinadi.

@NamDU_iqtidor
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi
3.6K views11:42
Ochish/sharhlash
2023-05-12 12:12:38
Akademik litseylar bitiruvchilari uchun o‘tkazilgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

Test natijalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus platformasi orqali litsey ma’muriyatiga taqdim etilgan bo‘lib, talabgorlar o‘z natijalarini litsey ma’muriyatidan bilishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarning sertifikati ham mazkur platformaga elektron shaklda yuklangan.

O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida (13-15-may) litsey ma’muriyati orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, jami 4,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etgan mazkur imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4910-son qaroriga muvofiq akademik litsey bitiruvchilari uchun bepul tarzda o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4.1K views09:12
Ochish/sharhlash