Get Mystery Box with random crypto!

KONSTITUTSIYA — O'ZIMIZNIKI! Xabaringiz bor, 30-aprel kuni | Namangan davlat universiteti 🇺🇿

KONSTITUTSIYA — O'ZIMIZNIKI!

Xabaringiz bor, 30-aprel kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon referendum bo’lib o’tadi. Shu munosabat bilan joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, Namangan davlat universiteti Musiqa ta'limi va madaniyati va Pedagogika-psixologiya fakultetlarida ham "Konstitutsiya — o‘zimizniki!" mavzusi ostida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ma'ruzachilar tomonidan insonning qadr-qimmati, shaʼni va gʻururi ustuvor maqsad qilib olingan, izchil va puxta oʻylangan, bir necha bosqich davomida ishlab chiqilgan Bosh qomusimizning yangi tahrirdagi moddalar haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir so'ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube