Get Mystery Box with random crypto!

Namangan davlat universitetida bakalavr bosqichida tahsil olu | Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Namangan davlat universitetida bakalavr bosqichida tahsil oluvchi talabalar uchun "Yangilanayotgan Konstitutsiyada - korrupsiyaga o'rin yo'q" mavzusida “Eng yaxshi insho”, "Eng yaxshi videorolik" va "Eng yaxshi rasm" tanlovlari o'tkazildi

Tanlovlar 2 bosqichda tashkil etilib, dastlab fakultet bosqichi so'ng universitet bosqichi o'tkazildi. E'tiborli tomoni 3 turdagi o'tkazilgan tanlovlarda jami 1000dan ortiq talabalar ishtirok etdilar. Eslatib o'tamiz, tanlovning universitet bosqichi g'oliblari universitetning I, II, III darajali diplomlari hamda 500, 400 va 300 ming so'm pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Ma'lumot o'rnida hozirda hakamlar hay'ati tomonidan ijodiy ishlar tekshirilmoqda. Natijalar aniq bo'lgach @namdu_tanlov telegram kanalida e'lon qilinadi.

Shuningdek yana bir ma'lumot Musiqa ta'limi va madaniyati fakulteti 2-bosqich talabasi Qambarova Mahliyo Abdurahmon qizi "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti tanlovining Respublika bosqichida faol ishtiroki uchun universitet rahbariyatining faxriy yorliq va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube