Get Mystery Box with random crypto!

Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿 N
Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿
Kanal manzili: @namdu309
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.76K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.namdu.uz
Facebook: www.fb.com/namdu309uz
Instagram: www.instagram.com/namdu309uz
Youtube: www.youtube.com/namdu309uz
Email: info@namdu.uz
Murojaatlar uchun: t.me/Namdu309bot
© Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-04-21 17:20:48
NamDU va NamDPI bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan yoshlar sayli - konsert dasturiga taklif etamiz.

Yoshlar saylida estradamizning yorqin yulduzlari va san'atkorlar Jasur Umirov, Sevinch Ismoilova, Bahriddin Zuhriddinov, King Macarella, Bunyodbek Illuziya, Umid Umarov, Gulasal Abdullayeva va Elyor Meliboyevlar ishtirok etadilar.

Konsert dasturi 23-aprel soat 18:00da Afsonalar vodiysida bo'lib o'tadi. Konsertga kirish esa mutlaqo bepul.

Barcha talaba yoshlarni yoshlar saylida kutamiz!

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
4.4K viewsedited  14:20
Ochish/sharhlash
2023-04-21 12:21:41
#Respekt
Namangan davlat universiteti magistranti “Turkiston” sanʼat saroyida yakkaxon konsert beradi

Namangan davlat universiteti tarixida ilk bor magistrant Orifjon Ergashev Toshkent shahridagi muhtasham “Turkiston” sanʼat saroyida jonli ijroda “Shaydo denglar” deb nomlangan oʻzining yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.

Konsert dasturi 2023-yil 4-may kuni soat 19:00 da boshlanadi. Barcha universitet professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talaba yoshlarini konsert dasturiga taklif etamiz.

Maʼlumot o'rnida Orifjon Ergashev joriy yil Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Navroʻz bayrami tantanalarida ishtirok etib, barchaning olqishiga sazovor boʻlgan edi.

Konsertda ishtirok etish uchun yoshlar bilan ishlash boʻlimi +998942752726 yoki +998979004411, +998941757181 raqamlariga murojaat etish mumkin.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
4.5K views09:21
Ochish/sharhlash
2023-04-20 20:43:45 ​​Наманган давлат университети ректори Собитхон ТУРҒУНОВнинг Рамазон ҳайити муносабати билан
БАЙРАМ ТАБРИГИ


Азиз ҳамкасблар, профессор-ўқитувчилар, талаба-ёшлар!

Барчангизни ислом оламининг улуғ байрами - Ийд Рамазон билан табриклайман. Яхшилик, инсонийлик, меҳр-оқибат туйғулари қалбингизни ҳеч қачон  тарк этмасин!

Бугун ҳар биримизнинг дилимизда, тилимизда шукроналик. Юртимиздаги тинчлик, фаровонлик, бунёдкорлик, қўйингки, жамики эзгу жараёнларга гувоҳ бўлиб турибмиз. Айниқса,  таълим, хусусан, олий таълим тизимидаги ислоҳотлар самарасидан баҳраманд бўлишга ҳам улгуряпмиз. Мен барчангизнинг таълим сифати ва самарадорлигини ошириш йўлидаги сидқидил меҳнатларингизни юксак қадрлайман.

Бугун орамизда орзулари амалга ошмаётган педагог жуда кам топилса керак. Соҳада яратилаётган шарт-шароит, имконият ва имтиёзлар ҳар биримизни севимли касбимизда жонимизни фидо этиб фаолият юритишга ундамоқда.

Айни кунларнинг ҳаётимиздаги шукуҳи ҳам ўзгача. Халқимиз ҳаётида муҳим ижтимоий-сиёсий воқелик юз бермоқда. 30 апрель куни бўлиб ўтадиган умумхалқ референдумида мамлакатимизнинг янгиланаётган Конституцияси масаласида овоз берамиз. Юртдошларимизнинг, айниқса, талаба-ёшларимизнинг фаоллиги халқимиз қалбига янада жўшқинлик бахш этаётганини мамнуният билан таъкидлашни истардим.

Мен барчангизни фаолликка чорлаш баробарида,  Президентимизнинг Рамазон  ҳайитини нишонлаш тўғрисидаги қарорида, шунингдек, жазони ижро этиш муассасаларидаги бир гуруҳ шахсларни авф этиш тўғрисидаги фармонида назарда тутилган вазифалар ва уларнинг ижроси халқимиз қалбига чексиз қувонч ва шодлик бағишлаганини ҳам эътироф этиб ўтмоқчиман.
Ҳа,  биз мана шундай - инсон қадри ва манфаатлари улуғ Ватанда яшаймиз ва бу бизнинг энг буюк бахту саодатимиздир!

Азиз ҳамкасблар, ўғил-қизларим!
Сиз, азизларни муқаддас Рамазон ҳайити билан яна бир бор чин юракдан қутлайман. Қалбингиздаги гўзал ниятларнинг барчасини Аллоҳ ижобат айласин. Яратган ҳамиша хонадонингизни тинч, обод, фаровон қилсин. Сиҳат-саломатлик, узоқ умр, касбий муваффақиятлар, изланишлар мудом ҳамроҳингизга айлансин!

Рамазон ҳайити муборак бўлсин!
2.0K views17:43
Ochish/sharhlash
2023-04-20 20:38:07
SO’ROVNOMA YAKUNLANDI

Namangan davlat universitetida fakultetlar kesimida tyutorlar faoliyati yuzasidan o’tkazilgan so’rovnoma o’z nihoyasiga yetdi. Besh kun davomida o’tkazilgan so’rovnomada quyidagi fakultetlar yuqori o’rinlarni egalladilar:

1-o’rin Filologiya fakulteti (2166 ta)
2-o’rin Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti (2136 ta)
3-o’rin Ingliz filologiyasi fakulteti (885 ta)

G’olib Filologiya fakulteti tyutorlar jamoasiga kelgusi hafta statuetka, kitoblar jamlanmasi va universitetning esdalik sovg’alarini topshiramiz.

So’rovnomada faol ishtirok etgan barcha talabalarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
2.6K viewsedited  17:38
Ochish/sharhlash
2023-04-20 18:12:28

"Bugungi O'zbekiston"
gazetasining 2023-yil 18-apreldagi 7-soni nashrdan chiqdi.

Gazetaning 2-sahifasida Namangan davlat universiteti Yuridik fakulteti 3-bosqich talabasi Dilmurodov Abduqahhorning "Fuqarolik huquqida mulkiy munosabatlar dolzarbligi" sarlavhali maqolasi chop etildi.

O'qish tavsiya etiladi

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
3.7K views15:12
Ochish/sharhlash
2023-04-20 17:15:03
“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining respublika final bosqichi ishtirokchilari aniqlandi!

Xabar berganimizdek, joriy yilning 8-18-aprel kunlari “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining yarim final bellashuvlari respublikamizning Xorazm, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida tashkil etildi. Bu esa o‘z navbatida teatr bellashuvidan tashqari talaba-yoshlarning ichki turizm sayohatlariga ham imkon yaratdi.

Yarim final bellashuvlarida Hakamlar hay’atining yakuniy qaroriga ko‘ra talaba-yoshlarning teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini, ishtiyoqlarini inobatga olib, ularga o‘z iqtidorlarini ko‘rsatishga yanada ko‘proq imkoniyat yaratish maqsadida quyidagi 10 ta oliy ta’lim muassasalari teatr jamoalari final yo‘llanmasiga ega deb topildi:

Toshkent davlat agrar universiteti;
Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali;
Namangan davlat universiteti;
Samarqand davlat tibbiyot universiteti;
Toshkent davlat texnika universiteti;
Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
Xalqaro islom akademiyasi;
Farg‘ona politexnika instituti;
Toshkent tibbiyot akademiyasi;
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.

Barcha jamoalarga final bosqichi bellashuvida omad va zafarlar tilab qolamiz!

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
3.6K views14:15
Ochish/sharhlash
2023-04-20 14:29:02
Bugun Namangan davlat universitetida umumta'lim maktablari bitiruvchi sinf o'quvchilari o'rtasida biologiya va kimyo fanlari bo'yicha Namangan davlat universiteti fan olimpiadasining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

Ushbu olimpiadaning tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 60 dan ortiq o‘quvchilar ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan ishtirokchilar ro‘yxati:

Biologiya fanidan keyingi bosqichga chiqqan ishtirokchilar

Kimyo fanidan keyingi bosqichga chiqqan ishtirokchilar

Olimpiadani o'tkazishda biologiya va kimyo fanlaridan yuqori malaka va bilmga ega bo'lgan mutaxassislar taklif qilinib, ushbu tanlov shaffof va adolat me'zonlariga rioya qilingan holda o‘tkazildi.

Yuqorida nomlari keltirilgan o‘quvchilar oliy ta'lim bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
4.2K viewsedited  11:29
Ochish/sharhlash
2023-04-20 12:23:35
Ayni daqiqalarda Namangan davlat universitetida umumta'lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘rtasida kimyo va biologiya fanlaridan NamDU fan olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4805-son qarorining 11.2-bandi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2021-yil 8-sentabrdagi “Umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo va biologiya fan olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 383-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Namangan davlat universitetida NamDU fan olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu olimpiadada tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 60 dan ortiq o‘quvchilar ishtirok etmoqda.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
4.5K viewsedited  09:23
Ochish/sharhlash
2023-04-20 08:44:48
Oliy Majlis Senati aʼzosi Namangan davlat universitetida

Namangan davlat universitetida “Nuroniy” jamgʻarmasi Namangan viloyati kengashi raisi, Oliy Majlis Senati aʼzosi I.Najmiddinov va talaba yoshlar oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda I.Najmiddinov tomonidan mamlakatimizda, xususan viloyatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning asosiy jihatlari toʻgʻrisida fikr-mulohazalar bildirdi.

Talabalar ham hududlarda mahallalarda va yoshlar oʻrtasida targʻibot ishlarini olib borishda NamDU tajribasi toʻgʻrisidagi tashabbuslarni bildirib oʻtishdi. Tadbirda faollik koʻrsatgan talabalar kitoblar bilan taqdirlandi.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
1.3K views05:44
Ochish/sharhlash
2023-04-20 06:52:46

Namangan davlat universitetida oʻtkazilgan “Referendum va yoshlar” forumi toʻgʻrisidagi axborot Namangan telekanalining “Diyor yangiliklari” dasturida namoyish etildi

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
2.8K views03:52
Ochish/sharhlash